«Birja» so’zi lotincha bo’lib, lugaviy ma’nosi «sumka» deganidir. Bryugge shahridagi Frantsiya savdo markazida (Van der Bursega qarashli) mehmonxona oldida savdogarlar tez-tez yig’ilib turgan. Van der Burse gerbida 3 ta sumka tasviri bo’lib, hozirgi Yevropa tillaridagi «Birja» nomi shundan kelib chiqqan. Rossiyada birinchi birja 1703 yilda Pyotr I buyrug’i bilan Sankt-Peterburgda tashkil etilgan bo’lib, XIX asrdan boshlab sezilarli rivojlana boshlagan. Dastlab birjalarda mavjud tovarlar asosida savdo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik tovarlarning namunalari asosida savdo qilish keng tarqalgan. So’ngra birja muomalasi doirasidagi tovarlar kengaydi, dastlab alohida tovar sifatida veksel, so’ngra qimmatli qogozlar oldi-sottisi ham yuzaga keldi.
Birjalar mohiyatiga ko’ra tovar (tovar xom ashyolari bilan savdo qiluvchi), fond (qimmatbaho qog’ozlar bilan savdo qiluvchi) va valyutasavdosini amalga oshiruvchi birjalarga bo’linadi.
Birjalarni yo ochiq aktsiyadorlik jamiyati yoki ommaviy-xuquqiy davlat instituti sifatida tashkil etish mumkin. Birinchi holatda (xususiy aktsiyadorlik jamiyati) savdoda faqat aktsiyadorlik jamiyati ahzolari ishtiroq etsa, ikkinchi holatda savdoga faqat ro’yxatdan o’tgan birja aozolari (tashkilotlar) yoki biletni sotib olgan tadbirkorlar qatnashishi mumkin.
Birjada savdo turlari xilma-xildir. CHunonchi, ma’lum tovarni yetkazib berish shartnomasi, forvard shartnoma, f’yuchers va auktsion orqali amalga oshiriladi:
ma’lum tovarni yetkazish shartnomasi bo’yicha, mavjud talab va taklif asosida yuzaga kelgan tovarning narxi joriy bozor narxi asosida aniqlanadi. SHartnoma to’lovi uni tuzish vaqtida yoki kelishilgan vaqt to’lanadi;
forvard bitim tuzilgan vaqtda tovar bo’lmasa-da, u, albatta, yetkazib beriladigan bitimdir. Tovarning qathiy bahosi bitim tuzilgan vaqtdagi asosida aniqlanadi va keyinchalik o’zgarishi ham mumkin. Forvard bitim, bir tomondan, o’zgarmas narxlar asosida tovarlarni yetkazib berishni taminlasa, ikkinchi tomondan, sotuvchi va sotib oluvchilarga narxlar o’zgarsa shartnomalarni bekor qilish imkoniyatini bermaydi. Forvard bitimlari birja bitimlari uchun uncha to’g’ri kelmaydi;
f’yuchers bitim ham kelajak uchun tuzilgan bitim bo’lib, forvard bitimidan farqli ravishda andozalashgan bitimdir (tovarlar hajmi bo’yicha, realizatsiya qilish vaqti, narxlarning o’zgarishi). Fhyuchers bitim tugagunga qadar tovar istalgan vaqtda sotilishi mumkin bo’lib, bunda shartnomadagi dastlabki baho bilan joriy baho o’rtasidagi farq to’lanishi lozim.
Optsionlar ham shartnoma bo’lib, tovarni sotish yoki sotib olish emas, balki tovarni sotish yoki sotib olish xuquqidir. Sotib olish xuquqini beruvchi optsion "koll" deb yuritilsa, sotish xuquqini beruvchi optsion "yo’l" deb nomlanadi.
Ko’rinib turibdiki, ulgurji savdo va uning xilma-xil shakllari ishlab chiqaruvchidan tovarning bozorga harakatini boshlanьich bosqichidan to yana savdo korxonalarigacha bo’lgan jarayonini ifoda etadi va ishlab chiqarish hamda iste’molchilik, bog’lovchi vositachilik harakteriga egadir.
CHakana savdo ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yo’naltirilgan tovar munosabatidagi oxirgi bosqichdir. CHakana savdo iste’molchiga tovarni bevosita ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni bildiradi. CHakana savdoga do’konlardan tashqari umumiy ovqatlanish korxonalari va servis xizmati hamkiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |