Tadbirkorlikning me’yoriy-huquqiy asoslarini qonunlar va qonunosti hujjatlar tashkil qiladi.Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va maxsus.
Umumiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmuyini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. O’zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so’zsiz tan olinadi.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular qonun hujjatlari majmuyini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Qonunlar hisoblanadi. Qolganlari qonunosti hujjatlardir. O’zbekistonda uning Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so’zsiz tan olinadi.
Maxsus me’yoriy-huquqiy hujjatlar bevosita tadbirkorlik sohasiga tegishli bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rasmiylashtirish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash va boshqa masalalarni tartibga soladi. Ularga tadbirkorlikka oid qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar. davlat qo’mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
Tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini shakllantirish va tizimli ravishda takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlik sohasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi hamda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun asosida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan, Qonunlar, Prezident Farmoni, Qarori va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, turli vazirlik va idoralarning normativ-huquqiyhujjatlari tashkil etadi.
Aynan shu maqsadlardan kelib chiqadigan va zifalarni yanada chuqurlashtirish va jadallashtirish maqsadida 2017 yil 5 oktyabr kuni qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Prezident Farmoni5 tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Farmon asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo’naltirilgan davlat nazoratining printsipial jihatdan yangi qator mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida qayd etildi.
Farmon ayniqsa, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari uchun alohida dastak va qo’shimcha imkoniyat bo’lib xizmat qiladi, chunki ularga barpo etilgandan boshlab besh yil mobaynida ular ro’yxatdan o’tkazilgan sanada amalda bo’lgan soliq stavkalari va boshqa majburiy to’lovlarni qo’llash huquqi beriladi.
Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari toonidan xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha bo’yicha 42 ta aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi, xususan, “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”, “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”, “Davlat xaridlari to’g’risida” va “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonunlarni qabul qilish nazarda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |