1. Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari:
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni o’rganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari vaqonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;
tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishga ko’maklashish;
tadbirkorlik sub’ektlariga o’z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko’maklashish;
tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli xabarlarni yetkazish va tushintirish ishlarini, konsalting, lizing, sug’o’rta va boshqa xil xizmatlar tizimini rivojlantirishni tashkil etish;
tadbirkorlik sub’ektlariga kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashish;
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari:
tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini himoya qilishning qo’shimcha kafolatlari va choralarini belgilash;
tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha imtiyozlar belgilash;
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag’batlantirilishi:
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan, chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb qilish uchun, shuningdek, bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
eksport-import operatsiyalari. Xalqaro ko’rgazmalar va yarmarkalarda. tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko’rish;
tadbirkorlik sub’ektlari samarali faoliyat yuritishlari uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash;
zooveterinariya xizmati ko’rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
soliqlar, yig’imlar va tariflar bo’yicha imtiyozlar belgilash va boshqalar.
Tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va himoya qilishda davlat siyosati ustuvordir. Xo’sh, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni kim nazorat qila oladi hamda kim tadbirkorlar huquqiga amal qilinishining huquqiy asoslarini to’liq xajmda amalga oshira oladi?
Davlat oldinga qarab qadam tashlashga shay. Bunga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda e’lon qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-son Farmoni7 yaqqol dalil. Ushbu hujjat butun mamlakat bo’ylab xususiy tashshabbuslarni rivojlantirish va biznesni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xorijiy davlatlarning tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish sohasidagi tajribasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularda biznes hamjamiyatlar huquqlari himoyasi uchun javobgar - ombudsmanlar ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi.
Tadbirkorlar huquqlarini himoyalashga ixtisoslashgan ombudsmanlar o’tgan asrning 90-yillaridan boshlab Yevropa, AQSH, Avstraliyada faollik bilan ta’sis etila boshlangan. Bu esa o’z navbatida korporativ boshqaruvning ommaviy tus olishi hamda milliy iqtisodiyotlarda biznes ulushining ortishiga olib keldi.
Masalan, AQSHda Milliy ombudsman davlat organlari (agentliklar) tomonidan kichik biznes egalariga nisbatan adolatsizlik qilinganda yoki keraksiz bo’lgan harakatlar amalga oshirilgan taqdirda ularga ko’mak ko’rsatadi. Qayta-qayta auditorlik tekshiruvlari o’tkazish, asossiz jarimalar solish, federal agentliklar tomonidan tahdid qilinishi shunday harakatlar qatoriga qiradi.
SHunisi e’tiborga molikki, AQSHdagi ombudsmanlar:
- ijro organlari tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi;
- qaysi idoraning qoshida ochilgan bo’lsa, asosan o’sha idora tomonidan ta’minlanadi;
- ijrochi organlarga hisobot beradi va ular bilan chambarchas muloqotda faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, AQSHdagi biznes-ombudsmanlar qaysi idora qoshida tashkil etilgan bo’lsa, o’sha idoraning “ichki nazorati”ni olib boradi. Bu bilan idoralar faoliyati xolisligini ta’minlashning qo’shimcha mexanizmlari ishlaydi hamda muayyan idoraning qoshida tashkil etilganiga qaramasdan, ombudsmanning undan mustaqilligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |