5
KIRISH
Bugun mamlakatimizda to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoati
korxonalarining aksariyati «O‘zto‘qimachiliksanoat» aksiyadorlik jamiyati
tarkibiga kiradi va ushbu uyushma birinchi marta Toshkentda Global Textile
kunlarida bo‘lib o‘tdi, mahsulot eksporti 2.0 milliard dollarni tashkil etdi.
Sohada sport mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun 20ta korxona ayollar kiyimlari, jumladan ko’ylak, palto, jaket va boshqa
kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Milliy liboslar yaratish va ishlab
chiqarish ham muhim yo‘nalishga aylangan. Mamlakatimiz hududlari va
poytaxtimizda «O‘zto‘qimachiliksanoat» korxonalariga qarashli do‘konlarda
kundalik kiyimlar, sport formasi, ro‘zg‘orga kerakli to‘qimachilik buyumlari,
paypoq va boshqa turli mahsulotlarni arzon narxlarda xarid qilish mumkin.
Zamonaviy liboslar yaratish uchun xorijlik dizaynerlarni jalb qilish va
keyinchalik ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish
borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu
maqsadda
«O‘zto‘qimachiliksanoat»
aksiyadorlik
jamiyatida
O‘zbekiston dizaynerlari va xorijiy davlatlardagi yetakchi moda hamda dizayn
maktablari vakillari ishtirokida «Moda va dizayn – 2015» xalqaro festivali tashkil
etildi. Unda Italiya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa
mamlakatlardan jahon moda sanoati vakillari qatnashdi.
Festival doirasida «O‘zto‘qimachilisanoat» korxonalarining 160 dan ortiq
dizaynerlari va mamlakatimizning taniqli dizaynerlik guruhlari tomonidan
yaratilgan liboslar namoyish etildi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi
zamonaviy korxonalar tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish
quvvatlarini kengaytirish mamlakatimizda yengil sanoat sohasini yanada
rivojlantirish imkonini bermoqda
O‘tgan yilning oxirida Toshkent viloyatidagi «Maksim Gold» mas’uliyati
cheklangan jamiyati bazasida qiymati 7 million dollar bo‘lgan investitsiya ishi
hayotga tatbiq etildi. Bu yerda yiliga 3,5 ming tonna kalava ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yildi. Andijon viloyatida ham qiymati 2,44 million dollarga teng loyiha amalga
6
oshirildi. Jizzax viloyatidagi «Do‘stlik» mashina-traktor parki bazasida esa yiliga
3,5 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan yili soha
korxonalarida energiya sarfini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni
joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi.
Yengil sanoat korxonalari o‘z faoliyatida mahsulotlarni eksport qilishni
kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning samarasida sohada eksport
hajmining ortib borayotgani va ichki bozorlarimiz mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanayotgani kuzatilmoqda.
Jumladan, o‘tgan yili qiymati 1 milliard dollardan ziyod yengil sanoat mahsulotlari
eksport qilindi. O‘tgan davrda eksportchi korxonalar soni 254 taga yetdi va bu
«O‘zto‘qimachiliksanoat » korxonalari umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi.
Bugungi kunda kompaniya korxonalari eksportga yetkazib berilayotgan
tayyor buyumlar turini kengaytirish borasida ham samarali ishlarni amalga
oshirayotir. Misol uchun, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida soha korxonalari
eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibiga bambukli, modal va aralash kalava,
jakkard va ringel mato, yangi tur va modeldagi, turli rasmlar solingan tayyor
tikuvchilik-trikotaj buyumlari kiritildi. Ayni paytda umumiy eksport hajmida
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tovarlar ulushi 40 foizga yetdi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo
kompaniyalari bilan yaqin hamkorligi samarasida jahon bozorida to‘qimachilik
hamda tikuvchilik-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talab inobatga olingan holda,
eksport ko‘lamini kengaytirish ishlari amalga oshirilayotir. Tashqi savdo
bozorlarini diversifikatsiya qilish, eksport qilinadigan tovarlar turini kengaytirish
maqsadida soha korxonalari Xitoy, Rossiya, Belarus, Latviya, Koreya
Respublikasi,
Germaniya
va
boshqa
davlatlarda
o‘tkazilgan xalqaro
ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etdi.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan
bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan
avvalgi ko’p funksiyalardan voz kechish va bu funksiyalarni kichik
7
korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra yirik
sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu
jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob
tarzda o’sishiga tez moslashuvchan bo’lishni ta’minlaydi. Shunga muvofiq,
O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan raqobatbardoshlik
darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik
korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan
shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi
raqobatdoshli bozor muhitini yaratishga imkon beradi.
Tikuvchilik sanoati oldiga qo`yiladigan masalalarni yechishda kiyimni
amaliy va ilmiy jihatdan konstruktsiyalash ishlari yetakchi o`rin egallaydi, chunki
loyihalashning ayni shu bosqichida kiyim va uning sifatiga qo`yiladigan barcha
ijtimoiy va texnik-iqtisodiy talablar to`liq hisobga olinishi kerak.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |