«menejment» kafedrasi «IQTISODIYOT VA menejment» fanidan k u r s I s h I



Download 193,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana31.03.2023
Hajmi193,24 Kb.
#923385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 



KIRISH 
Bugun mamlakatimizda to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoati 
korxonalarining aksariyati «O‘zto‘qimachiliksanoat» aksiyadorlik jamiyati 
tarkibiga kiradi va ushbu uyushma birinchi marta Toshkentda Global Textile 
kunlarida bo‘lib o‘tdi, mahsulot eksporti 2.0 milliard dollarni tashkil etdi.
Sohada sport mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bugun 20ta korxona ayollar kiyimlari, jumladan ko’ylak, palto, jaket va boshqa 
kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Milliy liboslar yaratish va ishlab 
chiqarish ham muhim yo‘nalishga aylangan. Mamlakatimiz hududlari va 
poytaxtimizda «O‘zto‘qimachiliksanoat» korxonalariga qarashli do‘konlarda 
kundalik kiyimlar, sport formasi, ro‘zg‘orga kerakli to‘qimachilik buyumlari, 
paypoq va boshqa turli mahsulotlarni arzon narxlarda xarid qilish mumkin. 
Zamonaviy liboslar yaratish uchun xorijlik dizaynerlarni jalb qilish va 
keyinchalik ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 
borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu 
maqsadda 
«O‘zto‘qimachiliksanoat» 
aksiyadorlik 
jamiyatida 
O‘zbekiston dizaynerlari va xorijiy davlatlardagi yetakchi moda hamda dizayn 
maktablari vakillari ishtirokida «Moda va dizayn – 2015» xalqaro festivali tashkil 
etildi. Unda Italiya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa 
mamlakatlardan jahon moda sanoati vakillari qatnashdi.
Festival doirasida «O‘zto‘qimachilisanoat» korxonalarining 160 dan ortiq 
dizaynerlari va mamlakatimizning taniqli dizaynerlik guruhlari tomonidan 
yaratilgan liboslar namoyish etildi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi 
zamonaviy korxonalar tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirish mamlakatimizda yengil sanoat sohasini yanada 
rivojlantirish imkonini bermoqda 
O‘tgan yilning oxirida Toshkent viloyatidagi «Maksim Gold» mas’uliyati 
cheklangan jamiyati bazasida qiymati 7 million dollar bo‘lgan investitsiya ishi 
hayotga tatbiq etildi. Bu yerda yiliga 3,5 ming tonna kalava ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yildi. Andijon viloyatida ham qiymati 2,44 million dollarga teng loyiha amalga 



oshirildi. Jizzax viloyatidagi «Do‘stlik» mashina-traktor parki bazasida esa yiliga 
3,5 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan yili soha 
korxonalarida energiya sarfini kamaytirish va energiya tejaydigan texnologiyalarni 
joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi.
Yengil sanoat korxonalari o‘z faoliyatida mahsulotlarni eksport qilishni 
kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Buning samarasida sohada eksport 
hajmining ortib borayotgani va ichki bozorlarimiz mamlakatimizda ishlab 
chiqarilayotgan sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanayotgani kuzatilmoqda. 
Jumladan, o‘tgan yili qiymati 1 milliard dollardan ziyod yengil sanoat mahsulotlari 
eksport qilindi. O‘tgan davrda eksportchi korxonalar soni 254 taga yetdi va bu
«O‘zto‘qimachiliksanoat » korxonalari umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 
Bugungi kunda kompaniya korxonalari eksportga yetkazib berilayotgan 
tayyor buyumlar turini kengaytirish borasida ham samarali ishlarni amalga 
oshirayotir. Misol uchun, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida soha korxonalari 
eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibiga bambukli, modal va aralash kalava, 
jakkard va ringel mato, yangi tur va modeldagi, turli rasmlar solingan tayyor 
tikuvchilik-trikotaj buyumlari kiritildi. Ayni paytda umumiy eksport hajmida 
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tovarlar ulushi 40 foizga yetdi. 
«O‘zto‘qimachiliksanoat» korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo 
kompaniyalari bilan yaqin hamkorligi samarasida jahon bozorida to‘qimachilik 
hamda tikuvchilik-trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talab inobatga olingan holda, 
eksport ko‘lamini kengaytirish ishlari amalga oshirilayotir. Tashqi savdo 
bozorlarini diversifikatsiya qilish, eksport qilinadigan tovarlar turini kengaytirish 
maqsadida soha korxonalari Xitoy, Rossiya, Belarus, Latviya, Koreya 
Respublikasi, 
Germaniya 
va 
boshqa 
davlatlarda 
o‘tkazilgan xalqaro 
ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etdi.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan
bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan
avvalgi ko’p funksiyalardan voz kechish va bu funksiyalarni kichik



korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra yirik
sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu 
jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob 
tarzda o’sishiga tez moslashuvchan bo’lishni ta’minlaydi. Shunga muvofiq, 
O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan raqobatbardoshlik
darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik
korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan
shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi
raqobatdoshli bozor muhitini yaratishga imkon beradi.
Tikuvchilik sanoati oldiga qo`yiladigan masalalarni yechishda kiyimni 
amaliy va ilmiy jihatdan konstruktsiyalash ishlari yetakchi o`rin egallaydi, chunki 
loyihalashning ayni shu bosqichida kiyim va uning sifatiga qo`yiladigan barcha 
ijtimoiy va texnik-iqtisodiy talablar to`liq hisobga olinishi kerak. 




Download 193,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish