KIRISH.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon boshqa sohalar qatori qishloq xo’jaligida ham ijobiy siljishga erishildi. Ayniqsa paxtachilikda yangi texnika va texnologiyalarni keng qo’llash birmuncha yutuqlarni amalga oshirishga sabab bo’ldi. O’tgan qisqa davr mobaynida Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qancha qonun hamda qarorlar qabul qilindiki, bularning barchasi mamlakatimizda paxtachilikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor berish bilan birga, agrar soha va qayta ishlash sanoatining taraqqiyoti uchun etarli imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Engil sanoat uchun kanop, pilla, jun va ayniqsa, ximiyaviy tolalar ko’plab ishlab chiqarilishiga qaramasdan, paxta tolasi hajmi to’qimachilik sanoati uchun asosiy mahsulot bo’lib qolmoqda. O’zbekistonda paxta etishtirish yil sayin ortib borishi munosabati bilan paxta sanoatida paxtani dastlabki ishlash texnologiyasini mukammallashtirish va yangi texnika-texnologiya bilan qurollantirish, ko’p mehnat talab qiladigan og’ir ishlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xom ashyo bazasi o’sishi bilan bir qatorda ko’pgina yangi paxta zavodlari va paxta tayyorlash punktlari qayta qurilib, paxtani qayta ishlash mexanizmlari yangi zamonaviy asbob-usukunalar bilan jihozlandi. Bu esa tayyorlanadigan paxta mahsulotlarining sifatini yanada yaxshilash imkonini bermoqda. Ma’lumki, respublikamizda har yili 3 million 400 ming tonnadan oshirib paxta etishtirilmoqda. Shuncha paxtadan 1 million tonnadan oshiq paxta tolasi olinadi. Bu olinayotgan tolalarning asosiy qismi horijiy davlatlarga shartnoma asosida sotilmoqda. O’zbekiston paxta tolasi jahon bozorida ham birmuncha raqobatbardosh bo’lib, bu sohada nufuzli o’rinlarni egallab kelmoqda. Ayniqsa, g’o’zaning Buxoro-6, Buxoro-8, Buxoro-102, S-6527, Namangan-77 kabi navlari paxtasining tola sifati yuqori ko’rsatkichni berib, maxsus sifat yorliqlari olishga erishilmoqda. Har yili Toshkentda o’tkazilayotgan Xalqaro «Paxta» yarmarkasining o’tkazilishidan asosiy maqsad, kelgusida rivojlangan mamlakatlar paxta sanoati Bajardi Rahbar Tulaev A Shatbaev F 001.429.053.BMI. 2015 y. texnologiyalarini olib kirish, ularning tajribalaridan keng foydalanish, bu sohada O’zbekistonni jahon miqyosiga ko’tarish va etishtirilayotgan paxtaning asisiy qismini o’zimizda qayta ishlab, paxta tolasini sotishda barcha ishlarni vositachilarsiz amalga oshirishni tashkil qilish ko’zda tutilgan. «Paxta» yarmarkasida jahonning 35 dan oshiq davlatlaridan vakillar va eng yirik mutaxassislar tashrif buyurishadi. Ular o’z bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashadilar, sohada bajariladigan kelgusi ishlar rejasi kelishib olinadi. Ma’lumki, respublikamizda etishtirilayotgan paxta tolasining 80-85 foizi horijiy davlatlarga eksport qilinadi. Etishtirilayotgan paxta mahsulotining qariyb 30 % o’zimizda qayta ishlanadi. Kelgusida bu ko’rsatkichni 40 % ga etkazish va uni yanada oshirib borish ko’zda tutilmoqda. Dunyo bozorida tolaning oqligi, ifloslanish darajasi va ayniqsa, mikroneyr ko’rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,8-4,9 dan yuqori bo’lsa tola dag’al hisoblanadi va dunyo bozorida raqobat qila olmaydi. Dag’al tolaning xarid narxi ham past bo’ladi. Paxta tolasiga narx belgilashda asosiy va maqbul ko’rsatkich – 23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi. Xo’jalikda g’o’zaning tezpisharligi, hosildorligi, paxta tolasining sifati, kasalliklarga, tuproq-iqlim sharoitiga va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligi- bularning hammasi g’o’zaning eng maqbul seleksion navlarini tanlash va ularni oqilona joylashtirishga bog’liq
Do'stlaringiz bilan baham: |