U davrlarda boshqaruvchilar harbiy intizomni o’rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruv mehnat resurslaridan foydalanish ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning paydo bo’lganiga ham sarkardamizning o’z qo’l ostidagilarni “qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash” tamoyili bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |