Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlari.
Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati koʻproq menejerlarning san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bogʻliq. Biznesning murakkab dunyosida bunday oʻzini oʻzi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning koʻzlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni oʻzi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida soʻz yotadi. Muvaf- faqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar va h.k. koʻrinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy koʻrinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali boʻladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yigʻma daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy toʻlovlar toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar, sugʻurta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qoʻllanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar, sugʻurta va tavakkalchilik fondlari);
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy toʻlovlar toʻlanganidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qoʻshilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, toʻlovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yoʻqotishlar va h.k.) koʻrinishida undirib olinadigan daromadlarga boʻlinadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablagʻlar, avans qilib berilgan yoki qoʻllanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sigʻimining oʻzlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yoʻli bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator koʻrsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh boʻladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari gʻoyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga boʻlinadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha koʻp yoki nisbatan kam boʻlishi mumkin. Bu oʻtkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bogʻliqdir. Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi.
Har bir korxona tavakkalchilikning oʻzi engib oʻtishi mumkin boʻlgan “planka”sini tanlaydi. Biznesda ham jizzakilik va ham ortiqcha kamtarlik qarama qarshidir. Korxona rezervlarining bir qismini safarbar qilishga harakat qilib, “oʻrtacha” holatga da’vogarlik qilishi mumkin. Faraz qilamizki, K3int > Kint > K2int > K4 int> K1int. Bunda . – jadvalnig – ustunidagi raqamlash korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirishning silliqlanishi ( navbatiyligi)ni beradi. Dastavval KD, keyin KU va keyin esa KE va h.k. indikatorining darajasini oshirish boʻyicha ishni oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Agar barchasiga birdaniga kirishilsa, unda u yoki bu darajadagi raqobat kurashida mutahkam oʻrinni egallashga kuch va vaqt etmay qolishi mumkin. Nimanidir belgilangan narsani tanlab olib, korxona sinergetik samarani, ya’ni qoʻshimcha foydani olishi mumkin, chunki yaxshi oʻylab koʻrilgan tadbirlar majmuasi barcha qolgan indikatorlarga ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bu raqobatbardoshlik matritsasi elementlarini bundan keyingi yangitdan koʻrib chiqish va hisoblashlar va baholashlarning butun majmuasini yangilashni taqazo qiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan tahlilni rezervlar, yoʻqotishlar va samaradorlik- ning integral koeffitsienti dinamikasini oʻrganish bilan toʻldirish darkor( 6 - jadval).
Korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi muvaffaqiyatning koeffitsienti (Kus) deb quyidagi formulani hisoblash mumkin:
Kus = TKint – TP max TR
– jadval. Korxona salohiyati samaradorligi rezervlari, yoʻqotishlari va integral koeffitsienti balli baholarining
dinamikasi
Eng yaxshisi yoʻqotishlar dinamikasi nolga qadar keskin pasayishi, samaradorlikning integral koeffitsienti oʻzgarishlar sur’atlari toʻgʻri chizigʻi (TKint) esa ular bir birlariga nisbatan etarlicha yaqinroq joylashishlaridagi rezervlar oʻzgarishlari sur’atlari toʻgʻri chiziqlaridan yuqoriroqdaligidir. Ya’ni eng katta muvaffaqiyatga TP= 0, TKint> TR boʻlgan holda erishiladi. Bu shuni bildiradiki, korxona agar raqobatning u yoki bu darajasidagi etakchilariga emas, tenglar oʻrtasidagi eng yaxshilarga qarab shiddat bilan harakatlanadi. Buni quyidagicha namoyish qilish mumkin:
vaqt (t)
1 – rasm. Raqobat muvaffaqiyatining “oʻqlari”.
Korxona salohiyati raqobatbardoshligi va bozor foydaliligini baholashning biz tomonimizdan taklif qilingan metodikasi yagona va universal emas. Bunday metodikalarning eng turli tuman variantlari boʻlishi mumkin. U aniq detallarni, korxona iqtisodiyotining nozik tomonlarini hisobga olishi, ammo shuning bilan bir vaqtda oʻz ichiga umumiy qabul qilingan indikatorlarni, salohiyatning koʻrsatkichlarini va bozor jarayonlarini olishi kerak.
1. Korxona qudratini belgilovchi omillar:
Korxona qudratini belgilovchi omillar:
Mahsulot sifati;
Korxona imidji;
Raqobatbardoshlik;
Hamkorlar bilan aloqadagi mavqening yuqoriligi;
Innovatsion texnologiya va texnika bilan ta’minlanganlik darajasi.
Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatkichlari tahliliga asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi boshqa muhim tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar R. Kaplan va D. Norton 1990-yillarda 12 ta yirik kompaniya xoʻjalik faoliyatining pul bilan bogʻliq boʻlmagan koʻrsatkichlarini ham hisobga oladigan natijalarni baholash tizimini oʻrgandilar va koʻrsatkichlarning muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuvni nafaqat korxonalarning koʻrsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar boshqaruvining hamma tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qaralishi lozim. P. Xorvatning fikricha, axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va baholash, koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan tizimida katta rol oʻynaydi, hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini yaratish boʻyicha ish olib borishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |