Menejment fakulteti menejment fanidan



Download 73,79 Kb.
bet2/15
Sana31.12.2021
Hajmi73,79 Kb.
#222931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
SM 50 Nosirova Maloxat G'ayratjon qizi

Menejment (ingl. management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. M. ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. M. dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham M. fani bilan chambarchas bogʻliqsir. Oʻzbekistonda M.ning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. M. fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida M. 19-asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. M. yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. M. bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. M.ning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.

Ayrim tadqiqotlar M.ni kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal M.ning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.

Firmalarning M. tizimi umumiy M., funksional M., moliyaviy M., marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish Menejment, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi. M. nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Mac, 20-asrning 50—60 yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi.20-asrning oʻrtalariga kelib M. Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966 yilda OʻzR FA Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy i.t. ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos boʻldi.20-asr oxiri — 21-asr boshlarida M. Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻqitila boshladi, M.ga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, darsliklar yozildi.



  1. Menejmentning funksiyasi

Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu boshqaruv aparatining mehnat jarayonidir. Menejment iqtisodiy nuqtayi nazardan -bu, avvalo, hamma iqtisodiy muamolarni, shu jumladan mehnat jarayoni kishilarni boshqarish sistemasidir. Menejment ijtimoiy nuqtaiy nazardan -bu avvalo mehnat jamolarida insonlarni tarbiyalsh, ish bilan taminlash umuman ijtimiy talablarni qondirishdir. Menjment jarayoni texnalogiyasi esa boshqaruv aparati hodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.

Shunday qilib menejment jarayoni qo’yilgan ma’sala yechimiga erishish uchun boshqaruv aparati rahbari va kishilarning kelishilgan holda hamohang faoliyat ko’rsatishdir.





Men ejment

Xolad

Muammo Yechim

Ko’rsatilgan ketma-ketlik bilan boshqaruv faoliyati bajariladi. Har qanday faoliyat maqsadliy boshqaruvga yo’naltirilgan bo’lishi kerak, zero boshqarish maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning navbatdagi bosqichi holatlarni tahlil etish deyiladi. Bu bosqichda ishlar majmuyi, sistema holatini boshqarish, uni takominlashtirish yo’lari, ishga halaqit beruvchi elementlardan qutilish choralari ko’riladi. Muamolar bosqichida sistemaning horijiy holatidagi asosiy qarama qarshiliklar, sistema ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi rahbarning amaliy ishlariga o’tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq boshqaruvchi sistemalarga aniq tasis ko’rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi.Menejment jarayoni uslugi quyidagilar: Axborot - analatik va tashkiliy ishlar.Axborot – analatik ishlar quydagilardan iborat: Axborotlar yig’ish, tahlil etish, axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari varyantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar.Tashkily ishlar quydagilardan iborat: Tushuntirish, ishontirish, rag’barlantirish topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, tasis etish vaboshqalar.Insonlar mehnat faoliyatini boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan balki uni bajarilishi suratini ham nazorat qilishni ham taqazo etadi. Afsuskiy pul holatlarda hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy mazmunan , texnik tomonlari o’zaro bog’lanmaydi.

Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko’rinadi. Menejment funksiyasi deganda boshqaruvga doir malum masalani yechishga yo’naltirilgan bir turliy ishlar yig’indisi tushiniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar masulyati boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo’lim to’g’risidagi nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko’rsatmalarda o’z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayoning funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarni tashkil etadi, boshqaruvchilar sononi belgilaydi va boshqaruv tizimini loyhalashtiradi.

Boshqaruv organlari asosiy va aniq funksiyalarga bo’linadi. Asosiy funksiya ham ishlab chiqarish jarayonida, ham muomila va noishlabchiqarishda amalga oshiriladi.

Ular quydagilar:

A)Marketing; G) Muvofiqlashtirish;

B)Rejalashtirish; D)Rag’barlantirish;

V) tashkil etish; E) Hisob va nazorat;

A) Marketing – bu inson ehtiyoji va talablarni taminlash va foyda olish maqsadida bozor bilan amalga oshiriladigan tovarlar sotilishini taminlash, ayriboshlashni tezlashtirishga qaratilgan faoliyat. Masalan, asosiy tovarni qayta ishlash, bozorni tahlil etish, komunikatsiyani yo’lga qo’yish, taqsimlashni tashkil etish, baholarni belgilash servis hizmatini rivojlantirish. Bular boshqaruv funksiyalariga tasir etadi.

B) Rejalashtirish –bu ijodiy loyhalashtirish istiqbolini, iqtisodiy sistemani belgilash. Rejalashtirish barcha ho’jalik subyektlari strategiyasida o’z aksini topadi.

V) Tashkil etish - bu tеxnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa boshqarish sistemalarini tartibga keltirish. Menejmentni tashkil etish, avvalo, eng maqbul tashkiliy tuzilmalar qurish, moddiy mehmat, molyaviy resurslardan samaraliy foyadalanish, boshqarish tizimlari orasidagi munosabatlarni yuritish.

G) Muvofiqlashtirish – texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishishi. Bunda o’zaro aloqa o’rnatiladi, amaldagi meyor va meyoriy hujjatlardan chetlanilsa, ogohlantiradi.

D) Rag’batlantirish - bu inson omilini -demokratiya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo’lida g’amho’rlik qilishni boshqarish.

E) Hisob va nazorat – bu boshqariluvchi sistema holatini nazorat va hisobga olish, ishini bir meyorda taminlashdi boshqarish.

Menejment bozor xujalik tizimining rivojlanish konunlari bilan tartibga solinadi va uzgaradigan bozor sharoitlariga korxonaning ishlab chikarish-sotish faoliyatining moslashishiga karatilgan. Boshkarishga jarayon sifatida yondashish uni bir tizim deb xisoblash kerakligini bildiradi. Unda korxona maksadlariga erishishga karatilgan ish, bir marotabalik xarakat emas, balki boshkarish funksiyalarini shakllantiradigan uzaro boglik uzluksiz ish xarakatlar seriyasi kabi karaladi. Bular – rejalashtirish, tashkil kilish, motivatsiya, raxbarlik, muvofiklashtirish, nazorat, kommunikatsiya, tadkikot, baxolash, karor kabul kilish, personalni tanlash, vakillik, kelishuvlar olib borish, shartnomalar tuzish. Bularning xammasini korxona raxbari tulik bajara bilishi kerak.

Boshkaruv funksiyalari kup sonli bulishiga karamay, ularni asosiy bir nechta guruxga tuplash mumkin. Ular rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat va muvofiklashtirish.

Rejalashtirish – bu istikbolni ijodiy belgilash bulib, unda faoliyat maksadlari, uni amalga oshirish uchun zarur bulgan vositalar aniklanadi, ma’lum sharoitlarda eng samarali xisoblangan uslublar ishlab chikiladi. Rejalashtirish barcha xujalik strukturalari strategiyasida uz aksini topadi va korxonaning butun ishi kelajakni bashorat etish va strategik rejalar asosida ta’minlanadi.

Tashkil etish – bu texnik, iktisodiy, ijtimoiy va shu kabi boshkarish tizimlarini tashkil etishni bildiradi. Uning vazifasi, avvalo, eng makbul tashkiliy tuzilma kurish, moddiy, mexnat, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, boshkarish tizimlari orasidagi munosabatlarni uyushtirishdir.

Motivatsiya – ishlovchilarni keng demokratik asosida faollashtirish, ularni kuzlangan maksadlarga erishish uchun samarali mexnat kilishga undash va jalb kilish maksadlariga ega. Buning uchun ishlovchilarni turli xil moddiy va ma’naviy ragbatlantirishlar joriy etiladi, ijodiy potensialni namoyon etish va ishlovchilarning saviyasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratiladi.

Nazorat funksiyasining vazifasi ish natijalarini mikdoriy va sifat jixatdan baxolash va xisobga olishdir. Uning asosiy dastaklari – kuzatish, firma xamma soxalarini tekshirish, xisob va taxlil. Nazorat teskari aloka elementi sifatida

namoyon buladi. Nazorat ma’lumotlari asosida kabul kilingan karorlarga, rejalarga, norma va normativlarga tuzatishlar kiritiladi.

Muvofiklashtirish – xarakatlarning uzluksizligini ta’minlovchi menejmentning muxim funksiyasi. Muvofiklashtirishning maksadi – tashkilotning xamma pogonalari urtasida optimal alokalarni (kommunikatsiya) urnatish vositasida xamma bulimlarning muvofik ishlashini ta’minlash. Bunda intervyu, xisobotlar, majlislar, kompyuter alokalari, radio va televideniye vositalari keng mikyosda foydalaniladi. Turli aloka shakllari yordamida bulinmalar urtasida xamkorlik ta’minlanadi, resurslarni manyovrlash amalga oshiriladi, menejmentning xamma funksiyalarining, xamda raxbarlar xarakatining birligi va muvofiqligi erishiladi.

Boshqarishni uzluksiz uzaro bogliq boshqarish funksiyalari to’plami sifatida qarash jarayonli yondashishga taaluqli.




  1. Menejmentning tamoyillari

Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xalqning asosiy koidasi, yetakchi g’oyadir. Ilmiy adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga raxbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy koida, yo’l-yurik, xulk meyorlari tushuniladi. Boshqaruv tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bog’liq xodisalar moxiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:

qonunlar tamoyillar usullar uslublar.

Boshqaruv tamoyillari o’zaro bog’liq va birgalikda qo’llanilishi lozim.

Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi:

1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona raxbar buyruqlariga kat’iy buysunushini talab kiladi. Yuqori darajadagi raxbar quyi bo’g’in raxbari vakolatiga kiruvchi masalalarni xal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti xar bir ijrochining xuquq, burch, majburiyatlarini kat’iy belgilab quyishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshqaraligi bilan kushib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, raxbar, yagona shaxs irodasigaso’zsiz buysunush bilan birga amalga oshishi kerak. Demoqratiya, oshqoralik xar bir kishiga o’z fukarolik karashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol katnashish uchun imkon yaratadi.

2. Ilmiylik tamoyili.Boshqaruv tamoyillari orasida valyutarizmni inkor qiluvchi xar bir raxbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obyektiv yunalishlari, bu soxada milliy va chet el tajribasini qo’llashini takozo qiluvchi o’rin egallaydi.

3. Rejalilik tamoyili.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish - biznes va trategik rejasini to’zish - iqtisodiy siyosatlarni amalga

oshirishning muxim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining o’zok muddatga muljallangan yunalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning xozirgi xolatini ilmiy taxlil etish, extiyojlarni istikbolini aniqlash texnikaviy va tashkiliy qarorlarni zabul qilish asosida amlaga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish - u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muximi resurslardan samarali foydalanish yo’llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muxim ahamiyatiiyatga ega bo’ladi.

4. Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi qaror qabul kiladi va butun ish uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o’zi tulik nazorat qilish imkoniyatiga egaligi kamchiligini esasarsoyaning uncha katta bulmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga majburlidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, ragbatlantirish, yukatosh zarar va boshqalarga shaxsan bo’lishdadir. Kuchli rakobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o’z bilimlarini ko’paytirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo’llarini bozorda mavjud xolatga mos ravishda o’zgartirib borishi kerak.

Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko’p jismoniy va xuquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul kiladilar va korxona yoki aksionerlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo’li bilan qo’shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa shakli direqtorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va boshqaruvning majud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, xuquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda katnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - korporasiya, aksionerlar jamiyati yoki korxona aksionerlaridan «ikki yoklama» solik olinishidir, chunki korxona foydadan. Aksionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan solik tulaydilar.

Davlat boshqaruv shakli davlat yoki maxalliy mulk bo’lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun tulik javob beradi.

5. Qadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qadrlarni tanlash va joy-jiyiga quyish tamoyili maxim ahamiyatiiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv qadrlariga kat’iy talablar kuyadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi.

6. Agentlar mustaqillik va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi kerak.

7. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun xarakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak.

8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik xam xisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o’z xuquq va majburiyatlari bo’lishi kerak.



  1. Boshqaruv tamoyili

Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi qaror qabul kiladi va butun ish uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o’zi tulik nazorat qilish imkoniyatiga egaligi kamchiligini esasarsoyaning uncha katta bulmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga majburlidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, ragbatlantirish, yukatosh zarar va boshqalarga shaxsan bo’lishdadir. Kuchli rakobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o’z bilimlarini ko’paytirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo’llarini bozorda mavjud xolatga mos ravishda o’zgartirib borishi kerak.

Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko’p jismoniy va xuquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul kiladilar va korxona yoki aksionerlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo’li bilan qo’shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa shakli direqtorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va boshqaruvning majud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, xuquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda katnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - korporasiya, aksionerlar jamiyati yoki korxona aksionerlaridan «ikki yoklama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan. Aksionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan soliq to’laydilar.

Davlat boshqaruv shakli davlat yoki maxalliy mulk bo’lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to’liq javob beradi.

4. Menejmentning boshqaruv maktablari nomoyandalarining boshqarish tamoyillari.




Download 73,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish