Bog'liq Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchas
Birinchidan,tartibga soluvchi vazifalarni yechishda turli darajadagi hisoblash qurilmalari ishtirok etadi.
Ikkinchidan, AEICHning faoliyat yuritish texnologiyasi statistik hisobotlar quyi darajadagi korxonalar va tashkilotlardan birlamchi hisobotlarni kelib tushishidan boshlab, yuqori darajada yig‘ma hisobotlarni (jadvallarni) ishlab chiqishiga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarini qamrab oladi. Bunda har bir keyingi darajadagi texnologiya oldingi darajadagi texnologiyaning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Pochta hisoboti uchun tizimli AEICHdan foydalanishning namunaviy texnologik tadbirlari misolida tartibga soluvchi statistik vazifalarni yechish texnologiyasini namoyish qilamiz.
tadbir. AEICHni ishlashgatayyorlash
Magnitli diskka (MK) dasturlar va AEICH axborot fondining barcha elementlari (kategoriyalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar va boshqalar) bilan kutubxona to‘plamini kiritish yuz beradi. Zarur paytda axborot fondining ayrim elementlariga tuzatishlar kiritish tadbiri bajariladi.
tadbir. Dastlabki axborotni ishlab chiqishgatayyorlash
Birlamchi statistik hisobotlarni ko‘zdan kechirish va shakllarini tayyorlash, bu hisobotlarning dastlabki ma’lumotlarini magnitli manbalarga ko‘chirish amalga oshiriladi.
tadbir. Dastlabki axborotlarni kiritish vayozish
Birlamchi statistik hisobotlar ma’lumotlari kompyuterga kiritiladi, xatolar bayonnomasi tuziladi va kiritilgan axborotlarga tuzatishlar kiritish bilan nazoratning barcha turlari amalga oshiriladi. Keyin u katalog ma’lumotlari bilan yagona massivga birlashtiriladi va arxivni tashkil qilish uchun nusxalar ko‘chiriladi.
tadbir. Yig‘ma jadvallarni ishlab chiqish, nazorat qilish, tuzatish kiritish va chopetish
Magnitli diskda oraliq yakuniy raqamli matritsalarni shakllantirish va yig‘ma jadvallarni dastlabki chop etish yuz beradi. Jadvallar nazorati o‘tkaziladi, birlamchi ma’lumotlarga tuzatishlar kiritilgan hollarda ayrim jadvallarni qaytadan hisoblash, nazorat qilish va chop etish bajariladi. Keyin yig‘ma jadval chop etiladi.
tadbir . Materiallarni yuqori darajaga uzatish uchuntayyorlash
Oraliq yakuniy raqamli matritsalar ko‘rinishidagi yoki 3- va 4- tadbirlarni amalga oshirish jarayonida olingan yig‘ma jadvallar ko‘rinishidagi yuqori darajaga uzatiladigan to‘plamlarni magnitli manbalarga kiritish hamda uzatilayotgan axborotlar haqidagi ma’lumotnomalarni chop etish amalga oshiriladi. Keyin, chiquvchi to‘plamlarga ega magnitli manbalar, chiquvchi jadvallarning yakuniy chop etilishi hamda topshirilayotgan axborotlar haqidagi nazorat va ma’lumotnomali xabarlar yuqori darajaga pochta orqali jo‘natiladi. Bir qator AEICHlar uchun, yana hisobot beruvchi obyektlarning belgilangan doirasi bo‘yicha birlamchi hujjatlar shakllari ham jo‘natiladi.
tadbir. Past darajada olingan yig‘ma ma’lumotlar massivlarini birlashtirishgatayyorlash
Olingan magnitli manbalarning har biri uchun navbati bilan kelib tushgan axborotlar haqidagi ma’lumotnomali xabarlar beriladi. Jadvallarning balansli hamda mantiqiy bog‘lanishi nazorati va zarur paytda har bir birlashtirilgan hudud bo‘yicha tuzatishlar kiritish hamda ularni qayta yozish amalga oshiriladi.
tadbir. Ma’lumotlarni jamlamagan holda manbalarni birlashtirishorqalijadvallarningdastlabkijamlanishi
Bunda bir qator AEICH uchun kataloglarni ishlab chiqish qismlari (vazirliklar, muassasalar, sohalar va boshqalar) bo‘yicha shakllantirish, ishlab chiqishning barcha qismlari bo‘yicha yig‘ma jadvallarni hisoblash va chop etish, bu jadvallarning balansli va mantiqiy bog‘lanishini nazorat qilish yuz beradi. Zarur paytda ularga tuzatishlar kiritish va qayta
chop etish, umuman, hududlar bo‘yicha yig‘ma jadvallarni shakllantirish va chop etish, mashina manbalaridagi yig‘ma axborotlar tuzilishi haqida axborot beruvchi ma’lumotlarni berish amalda bajariladi.
tadbir. Yig‘ma jadvallar, markazlashtirilmagan hisobotlarni ishlab chiqish vaolish
Bu tadbir respublika darajasidagi ko‘pgina AEICHda bajariladi va hisobotlari statistika idoralarida markazlashtirilmagan bir qator vazirliklardan yig‘ma jadvallar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Bu holda quyidagilar amalga oshiriladi: vazirliklar bo‘yicha yig‘ma yakunlarni qabul qilish, ularni kompyuterga kiritishga tayyorlash, nazorat qilish va tuzatish kiritish bilan yozish hamda yig‘ma jadvallarni mashinada bosib chiqarish. Markazlashtirilmagan vazirliklar bo‘yicha bu tadbirlar natijasida olingan axborotlar mashina manbalariga kiritiladi, ulardan yuqorida bayon qilingan 7-tadbirni bajarishda pastki darajada olingan manbalar bilan bir qatorda foydalaniladi.
tadbir. Mahalliy rahbarlik idoralari uchun jadvallarniolish
Operatsiya viloyat, tuman yoki birlashma darajasida bajariladi. Birlashma darajasi axborotlarni tizimli ishlab chiqish talablarini qondiruvchi hisoblash texnikasining zarur vositalari bo‘lmagan bir qator statistika hududiy (tuman) idoralar uchun tashkil qilinishi mumkin. Bu darajada mahalliy rahbar idoralar uchun maxsus (markazlashtirilgan ishlab chiqarish kirmaydigan) jadvallarning ma’lumotlarga ega oraliq raqamli matritsalari shakllantiriladi va ularni chop qilish amalga oshiriladi. Ko‘pgina AEICHda yig‘ma jadvallarni olish (masalan, ma’muriy tumanlar bo‘yicha) va bosib chiqarish maqsadida 3-tadbirni amalga oshirish jarayonida dastlabki ma’lumotlar massivi ko‘rinishida tayyorlangan birlamchi hisobotlarni qo‘shimcha ishlab chiqarish o‘tkaziladi. Maxsus yig‘ma jadvallar, qo‘shimcha ishlab chiqish natijasida olingan yig‘ma jadvallar mahalliy rahbar idoralariga beriladi.