Менежмент асослари



Download 6,77 Mb.
bet14/139
Sana31.12.2021
Hajmi6,77 Mb.
#225865
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyti-2019,

6-MAVZU. ISHCHI KUCHI MIGRASIYASI VA UNING MEHNAT BOZORIGA TA’SIRI

reja

(ma’ruza mashg‘uloti)

1 Aholining ish bilan bandligini ta’minlash borasida davlat siyosatining amalga oshirilishi

2. Mehnat migratsiyasining davlat tomonidan tartibga solinishi va uning asosiy ko‘rinishlari

3.Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatidagi mehnat migratsiyasining ko‘lami
va geografiyasi

4. O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi bo‘yicha davlat siyosatining amalga
oshirilishi

Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari.

Tayanch so`zlar : Xalqaro Mehnat Tashkiloti,Xalqaro Migratsiya Tashkiloti, yollanma xodimlar, ish beruvchilar,munosabatlar, mehnat bozori sub’ektlari


6.1.Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy

mazmuni va mohiyati

XXI asrda jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi va liberallashuvi jarayonida ishchi kuchi migratsiyasining ahamiyati muntazam oshib bormoqda. Aynan shu bois, ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmun va mohiyatini ochib berish uning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Migratsiya – aholining, shu jumladan ishchi kuchining bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chib o‘tish harakati bo‘lib, uning miqyosi va sur’ati mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat hamda mehnat bozori sig‘imini ham belgilab beradi. Ijtimoiy jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, ishchi kuchi migratsiyasi deganda mamlakat mehnat resurslarining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib yurishi tushunilsa, iqtisodiy nuqtai-nazardan esa, ijtimoiy mazmuni bilan bog‘langan holda, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholining mintaqa va hududlararo ko‘chib yurishi tushuniladi.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti va Xalqaro Migratsiya bo‘yicha Tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan ta’rifga ko‘ra, mehnat-migrantlari deganda insonlarning biror bir hududdan u o‘zi istiqomat qiladigan mamlakat miqyosida yoki ruxsat etiladigan mamlakatga ko‘chib borib, u yerda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan qismi tushuniladi.

Ishchi kuchi migratsiyasi deganda, odatda, mehnatga qobiliyatli aholining ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq makoniy ko‘chib yurishi tushuniladi. Aholining mazkur qismining ko‘chib yurishini talqin qilishda ikkita yondashuvdan foydalaniladi. Birinchi yondashuv ancha keng va umumiy bo‘lib, unda migratsiya aslida ishchi kuchining makonda harakat qilishga mos keladi, ikkinchi yondashuv ancha tor va maxsus yondashuv bo‘lib, bunda migratsiya makonda xarakat qilishning muayyan turlari bilan cheklanadi. Ikkinchi yondashuv migratio (lotincha «ko‘chib yurish», «joyini o‘zgartirish») so‘zining dastlabki ma’nosiga mos keladi.

Ishchi kuchi migratsiyasining, butun aholi migratsiyasi kabi, makonda xilma-xil ko‘chib yurish turlaridan ajratishning umumiy qabul qilingan mezonlari mavjud. Ularga doimiy yashash joyini o‘zgartirish, hududining majburiy chegaralarini kesib o‘tish, migrantning yangi yashash joyida uzoq muddat yoki doimiy turishi kiradi. Mehnat migratsiyasi vujudga kelishining asosiy motivlaridan biri bo‘lib, mehnatga yaroqli aholining yuqori ish haqi olish maqsadida o‘zi uchun qulay sharoitli ish joyiga ega bo‘lishi hamda o‘zining eng yaxshi mehnat faoliyatiga erishish istagi hisoblanadi.

Har bir xududda emigratsiya va immigratsiya tomonlari mavjud bo‘ladi. Emigratsiya – chegara ortiga chiqib ketish bo‘lsa, immigratsiya – chegara ortidan kirib kelish demak. Immigratsiya va emigratsiya o‘rtasidagi farq migratsiya saldosini beradi. Shu yerda yana shuni ta’kidlash kerakki, «remigratsiya» atamasi ham bo‘lib, emmigrantlarni qaytadan o‘z makoniga qaytishini anglatadi. Qonuniy migrantlarning yana bir alohida turi mavjudki, bu chegara ortida ishlovchilardir. Buni shunday izohlash mumkin, ya’ni har kuni doimiy ravishda qo‘shni davlat chegarasini kesib o‘tib u yerda ishlashdir. Bunga yaqqol misol qilib meksikalik ishchilarning har kuni AQSh hududiga o‘tib ishlashini yoki Belgiyaliklarni Frantsiya hududiga o‘tib ishlashini aytishimiz mumkin.

Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish