Менежмент асослари


Turmush darajasi tushunchasi va uni belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi



Download 6,77 Mb.
bet19/139
Sana31.12.2021
Hajmi6,77 Mb.
#225865
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyti-2019,

9.2. Turmush darajasi tushunchasi va uni belgilovchi
ko‘rsatkichlar tizimi

Keyinchalik inson erkinligi, uning qobiliyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish hisobiga moddiy mustaqillik muammolari birinchi o‘ringa chiqdi. Bu hol ishchilar va boshqa aholi qatlamlari borgan sari ko‘proq davlatga qaram bo‘lib qolayotganligi bilan bog‘liq edi. Mehnat qobiliyatini yo‘qotish, keksalik va ishdan mahrum bo‘lish hollarida ta’minlash yetarli emas edi. Iqtisodiy erkinlikni ta’minlash – daromadlarni shakllantirishning iqtisodiy mustaqilligiga erishish va ish haqini yo‘qotgan hollarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hozirgi kunda ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, turmush darajasi ko‘plab omillar yig‘indisi ta’sirida bo‘lgan o‘zgaruvchan jarayondir. Bir tomondan, turmush darajasi muntazam o‘zgarib turadigan turli ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, u ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligining ko‘lami, ijtimoiy infratuzilmalarining holati ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT) darajasi va aholining madaniy-ma’rifiy saviyasiga bog‘liq.

O‘tgan asrning 70-80 yillarida «turmush tarzi» tushunchasi ilmiy-iqtisodiy va hayotiy muammolari keng qo‘llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari «turmush tarzi», miqdor ko‘rsatkichlari esa «turmush darajasi» bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi – jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini yanada to‘liqroq ifodalashga imkon yaratadi.

Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyalariga muvofiq har bir inson o‘zi va oilasining salomatligi, farovonligini ta’minlovchi turmush darajasiga (oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy, tibbiy parvarish, ijtimoiy xizmatlar), shuningdek, ishsizlik, nogironlik, bevalik holatlarida ta’minot olish huquqiga ega. Barcha huquqlar ko‘pchilik mamlakatlarda milliy kontseptsiyalar asosida amalga oshiriladi.

Turmush darajasi kontseptsiyasi tamoyillar va ko‘rsatkichlar tizimiga asoslanuvchi hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan g‘oyani ifodalaydi. Turmush darajasining kontseptsiyasi ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish strategiyasi, yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab beradi.

Sobiq Ittifoq davrida kommunizm qurish va «har kimda qobiliyatiga yarasha, har kimning ehtiyojiga yarasha» tamoyilini amalga oshirish asosiy maqsad sanalar edi. Bu aslida sho‘ro jamiyatining turmush darajasi kontseptsiyasi vazifasini o‘tagan. Mazkur kontseptsiya mehnatkashlarning muntazam o‘sib borayotgan ehtiyojlarini imkon qadar qondirishni ko‘zda tutgan.

Umuman olganda, sho‘rolar davrida mehnatkashlar ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Ularning daromadlari, ish haqlari o‘sib bordi, ammo bu daromadlar salmog‘i, ehtiyojlar tarkibi va hajmi xalqaro o‘lchovlar bilan taqqoslaganda juda past edi. Shu bilan birga amal qilgan turmush darajasi kontseptsiyasi real bo‘lmasdan, ko‘proq ideal turmush modelini eslatardi.

Turmush darajasini baholash uchun jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar:

- darajaga oid ko‘rsatkichlar (mutlaq qiymatlar);

- tarkibiy ko‘rsatkichlar (darajaga oid ko‘rsatkichlarning tarkibiy qismlari);

- dinamik (darajaga oid ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini tavsiflaydigan, nisbiy) ko‘rsatkichlar sifatida hisoblab chiqilishi mumkin.

Nisbiy turmush darajasini quyidagi uch jihat bo‘yicha aniqlash mumkin:

a) uni avvalgi yillardagi turmush darajasi bilan taqqoslash;

b) bir mintaqadagi turmush darajasini boshqa mintaqalardagi (mamlakatlardagi) turmush darajasi bilan taqqoslash;

v) amaldagi turmush darajasini kishilarning minimal va oqilona talablarini ifodalovchi ehtiyojlarning rivojlanganlik darajasi bilan taqqoslash orqali.

Ta’kidlab o‘tilganidek, barcha klassifikatsiyalar o‘rtasida o‘zaro uzviy aloqa mavjud. Ular bir-birini to‘ldiradi, ammo kompleks baholash uchun integral ko‘rsatkichlar tizimi zarur. Hozirda asosi turlicha bo‘lgan turmush darajasi kontseptsiyalarini aholining turmush darajasini (sifatini) har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko‘rsatkichga keltirish bo‘yicha samarali usul yo‘q, biroq shunday usullarni ishlab chiqish bo‘yicha olimlar jiddiy ish olib bormoqdalar.

Sho‘rolar davri amaliyotida integral o‘lchov sifatida jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha haqiqiy daromad ko‘rsatkichidan foydalanilardi. Uni oshirishning asosiy shakllari quyidagilar: haqiqiy ish haqining o‘sishi (pul shaklidagi ish haqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshirish, narxlarni tushirish, soliqlar, majburiy ajratmalarni kamaytirish), ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lanadigan to‘lovlarni (ijtimoiy transfertlarni) oshirish va bosh­qalar. «Haqiqiy daromadlar» ko‘rsatkichida pul daromadlaridan tashqari natural daromadlarning qiymati, muassasalarning ijtimoiy soha uchun moddiy xarajatlari ko‘rinishidagi daromadlar, aholining qimmatbaho qog‘ozlari, jamg‘armalari ham hisobga olinadi. Aholining haqiqiy daromadlari indeksi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar dinamikasi, moddiy ne’matlar, xizmatlar, tariflar baholarining, soliqlar va majburiy ajratmalarning o‘zgarishini hisobga olgan holda ifodalaydi.

Aholi turmush darajasini ifodalash uchun turli mamlakatlarda turlicha mezonlar qo‘llaniladi. Ular orasida minimal iste’mol byudjeti, kambag‘alchilik, mutlaq va nisbiy kambag‘alchilik ko‘rsatkichlari keng foydalaniladi.

Minimal iste’mol byudjeti – shaxsning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar iste’molining minimal darajasini ta’minlaydigan iste’mol tovarlari va xizmatlari turlarining umumiy qiymati.

Kambag‘allik ko‘rsatkichi aholining turmush darajasini baholash uchun foydalaniladigan mezonlardan biridir. Jahon amaliyotida kambag‘allik darajasini ta’riflashga yondashishda uchta asosiy kontseptsiya: mutlaq, nisbiy va sub’ektiv kambag‘allik kontseptsiyasidan foydalaniladi.

Kontseptsiyalardagi farqlardan tashqari, kambag‘allik darajalarini ta’riflashga uy xo‘jaliklari tavsifini tanlash ham ta’sir etadi. U kambag‘allikni baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkich bilan taqqoslanadi. Amaliyotda uy xo‘jaliklarining quyidagi tavsiflaridan foydalaniladi:

- uy xo‘jaliklarining pul daromadlari;

- uy xo‘jaliklarining pul sarf-xarajatlari;

- uy xo‘jaliklarining tasarrufdagi moddiy resurslari ko‘rsatkichlari.

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini baholash iqtisodiyotda deyarli foydalanilmaydi. Lekin o‘rta hisobda bir oydagi pul daromadlari ko‘rsatkichidan foydalaniladigan tarzda tirikchilik minimumi darajasini belgilaydigan mutlaq kontseptsiyaga asoslanadi. Unga muvofiq kam ta’minlanganlik ko‘rsatkichi amaliyotga joriy etilgan O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich muntazam monitoring va nazorat qilib boriladi hamda uning darajasini kamaytirishga qaratilgan faol ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yuritiladi.

O‘zbekistonda insonning minimal ehtiyojlarini ta’riflash uchun shunday tirikchilik minimumi belgilanganki, uni hisoblab chiqishda kalloriyalar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar zaruriy iste’molining fiziologik me’yorlaridan foydalaniladi.

Tirikchilik minimumi inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’molining minimal darajasi ko‘rsatkichidir.

Tirikchilik minimumi o‘rta hisobda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qiymat tarzida va umuman respublika bo‘yicha, asosiy ijtimoiy demografik guruhlar bo‘yicha belgilanishi mumkin.

Hozirgi vaqtda qonunchilikdagi tirikchilik minimumiga doir talablarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari uchun iste’mol savatini belgilash bo‘yicha yangi Uslubiy tavsiyalar loyihasi ishlab chiqilmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslanib, uslubiy tavsiyalarga quyidagilar kirishi kerak:

1) asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar uchun, inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulot-


lari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar minimal turlarini shakllantirish tamoyillari va tartibi;

2) iste’mol savatini belgilashda tabiiy-iqlim sharoitlari, aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar iste’mol qilishidagi milliy an’analar va viloyatlardagi mahalliy xususiyatlarni hisobga olishga asoslanadi;

3) asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar uchun, inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarning namunaviy minimal turlari va boshqalar.

Insonning Rivojlanish Indeksi integral ko‘rsatkich bo‘lib, unda quyidagi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi:

1) kutilayotgan umr uzoqligi;

2) aholining savodliligi foizi bo‘yicha hamda 25 va undan yuqori yoshdagilar-


ning o‘qiganlik yillari o‘rtacha miqdori bo‘yicha aniqlanadigan aholining ma’lumot darajasi;

3) muayyan yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 117-sonli «Iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlari va me’yorlari to‘g‘risida»gi Konventsiyasiga muvofiq, maqbul turmush darajasini saqlab borish maqsadida davlatlar oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, salomatlik, uy-joy qurish, mehnat sharoitlari, yollanma xodimlar va mus­taqil ishlab chiqaruvchilarni taqdirlash, ijtimoiy ta’minot kabi sohalarda taraqqiyotga ko‘maklashish uchun iloji boricha chora-tadbirlar ko‘rishlari lozim10.

Aholining turmush darajasini quyidagi to‘rt ko‘rsatkich bilan ajratish mumkin:

- to‘q turmush darajasi - insonning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydigan ne’matlardan foydalanish;

- normal daraja - insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to‘la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydigan ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha oqilona iste’mol qilish;

- kambag‘allik - mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne’matlarni iste’mol qilish;

- qashshoqlik - iste’mol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan ne’matlar va xizmatlarning biologik mezonlar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan minimal turlarini iste’mol qilish.



Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish