MENEJMENT
Amaliy mashg`ulot topshirig’i
Menejment — inglizcha so‘z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan tavsifga binoan u:
• Boshqaruv hokimiyati va san’ati;
• Resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar,
degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Menejment — bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to’liq javob beradigan boshqarishning bir turidir. Boshqarish ishlab chiqarish va jamiyat rivojlanishidagi murakkab tadbiri sifatida ko‘p omillar bilan xarakterlanadi.
Xarajat — mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va uni sotish hamda ish haqi tolashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘ indisidir. Xarajat tarkibiga: mahsulot (xizmat) tannarxi; ma’muriy xarajatlar; ijara va foiz to‘lovlari; ish haqi; soliqlar kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlash qoidasi yanada jiddiyroq tus oladi. Chunki, ishlab chiqarish uchun resurslar to‘g‘ri tanlansa va ulardan samarali foydalanilsagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. Naf — bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli tovami tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqish hosil qiladi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori boMsa, uning narxi ham shuncha qimmat boMadi. Bu esa, xaridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. Baho — bu tovar va xizmatlaming pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi
«Menejment» termini turlicha talqin qilinadi. Uning quyidagicha umumiy ta’rifini keltirish mumkin: menejment — bu xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish, bozor ehtiyojlari hamda umuman, jamiyat ehtiyojlarini qondirish, foydani oshirish maqsadida dasturli maqsadli, ilmiy-texnik ishlanmalarni prognozlash hamda joriy va istiqbolli rejalashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot va xizmatlarni sotish tizimi hisoblanadi. Menejmentda ikki muhim soha mavjud — marketing va innovatsiya. Innovatsiya — bu yangi tovarlarni, xizmatlarni, texnologiyalarni va jarayonlarini yuqoriroq sifatda ishlab chiqishdir.
Test
B 6. E
B 7. V
B 8. V
D 9. B
B 10. B
Do'stlaringiz bilan baham: |