Menejer va uning vazifalari Menejer


Menejerlarning ishbilarmonligini baholash



Download 54,32 Kb.
bet2/6
Sana23.06.2022
Hajmi54,32 Kb.
#694316
1   2   3   4   5   6
Menejerlarning ishbilarmonligini baholash
Boshqaruv lavozimida ishlayotgan xodimning insoniy xususiyatlari, intellektual salohiyati, ishbilarmonlik va professional qobili- yatlarini adolatli baholash bugungi kunning eng dolzarb va asosiy talablaridan biridir. Baholashning belgilab qo‘yilgan tartibi «at- testatsiya» deb ataladi. U mutaxassislarning lavoziinga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlashga va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berishga, shuningdek, ishdan chetlatish- ga xizmat qiladi. Attestatsiya jarayonida xodimlaming malakasiga, bajarayotgan ishiga yoki lavozimiga loyiqligigaxolisona baho berilishi kerak.
Attestatsiya qilinayotgan xodimning ishiga baho berishda uning reja topshiriqlarini bajarishdagi shaxsiy xizmati, mehnat intizomi, o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi kabilar inobatga olinishi zarur. Bunda asosan, menejerning intellekti, bilimdonligi, kasbiy bilimi va tajribasi, tashkilotchilik qobiliyati va tajribasi, kirishimliligi, shaxsiy xislatlari va qobiliyati, sogMigM va ish qobiliyati, tashqi ko‘rinishi va o‘zini tuta bilishi kabi xususiyatlariga baho beriladi. Ana shular asosida attestatsiya o‘tkazuvchilar ochiq ovoz berish yoMi bilan quyidagi baholami berishi mumkin: - bajarayotgan lavozimiga loyiq; -xodim ko‘rsatilgan nuqsonlami keyingi o‘tkaziladigan attestatsiyagacha yo‘qotsa, bajarayotgan lavozimiga loyiq; -egallab turgan lavozimiga loyiq emas. Attestatsiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususi- yatlarini baholash usuli boMishi bilan birga ularni qayta tayyorlash bilan ham chambarchas bogMiqdir.
Menejerlar ishbilarmonligini nafaqat attestatsiya orqali balki reyting orqali ham baholash mumkin. «Reyting» so‘zi ingliz tilida «baho» ma’nosini anglatadi. Uni qo‘llash zamirida xodimlarni ularning malakasi, bilim darajasi, ish tajribasi, xulq-atvori va xislatlari darajalariga qarab reyting ballarini aniqlash va ularga baho berish g‘oyasi turadi. Reyting usuli orqali menejerlaming ijtimoiy va ishchanlik, kasbiy mahorati va bilimi, shaxsiy sifatlari va obro‘si kabi xususiyatlariga baho berish mumkin. Ijtimoiy va ishchanlik sifatlari: prinsipialligi; burchini bilishi; ishga prinsipial yondashuvi; uddaburonligi; ishbilarmonligi; irodasi; matonati; ishni qiyomiga yetkazish qobiliyati; o‘ziga nisbatan talabchanligi; qo‘l ostidagilarga nisbatan talabchanligi; mas’uliyatni sezish darajasi; mehnat unumdorligi; mehnat sifati; dadillik, qat’iylik darajasi; g‘ayratliligi; mehnatsevarligi; jamoani jipslashtirish qobiliyati; vijdonliligi; intizomliligi; jamoada yuqori darajada intizomni saqlay olish qobiliyati; qaror qabul qilishdagi mustaqilligi; kishilar tashvishi haqida o‘ylashi; tashabbuskorligi. Kasbiy mahorati va bilimi: novatorligi; ish tajribasi; texnika va texnologiya sohasini bilish darajasi; iqtisodiyot sohasini bilish darajasi; boshqarish sohasini bilish darajasi; psixologiyani bilish darajasi; sotsiologiyani bilish darajasi; pedagogikani bilish darajasi; lavozimiga oid bilimlami bilish darajasi; umumiy ma’lumoti; madaniyatliligi; o‘z mahoratini oshirishga bo‘lgan intilishi; qo‘l ostidagi xodimlar malakasini oshirishga munosabati. Shaxsiy sifatlari: sog‘lig‘i; ish qobiliyati; o‘z qadrini bilishi; adolatliligi; halolligi; o‘zini tuta bilishi; sabrliligi; murakkab, og‘ir vaziyatdan chiqa olish qobiliyati; kirishimliligi; axloqiy barqarorligi; kamtarinligi; hazilkashligi.
Obro‘si: mutaxassis sifatida; rahbar sifatida; tarbiyachi sifatida- inson sifatida. Menejerlaming ishbilarmonligi va shaxsiy xususiyatlarini yana ham obyektiv baholash uchun attestatsiya va reyting usulidan tashqari boshqamv amaliyotida uch guruhga boMinadigan turli xil usullar qo’llaniladi:
1-guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholaydigan, obyektiv xususiyatga ega bo'lgan ta’rif beruvchi yoki sifat usullarini o‘z ichiga oladi. Ularga «Xodimlar shaxsiy varag‘i» va «Tarjimai hol»dagi boshqaruvchi lavozim iga da’vogarlik qiluvchi nomzodning tarjimai holini o‘rganish yoki rahbarlardan o‘sha odam haqida ma’lumot yig‘ish kiradi.
2-guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli darajadagi obyektivlikdan miqdoriy bahosi aniqlanadi. eng ko‘p tarqalgan usul ball bo‘yicha baholash usulidir. Bu usul bo‘yicha xodimning har bir bajargan vazifasi va erishgan yutuqlariga qarab ballar qo‘yib boriladi va o‘rtacha ball chiqarib aniqlanadi.
3-guruh. Yuqoridagi 2 ta guruhni, ya’ni ta’rif beruvchi va miqdoriy usullami o‘z ichiga oladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani test usuli boiib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan masalalar natijalariga qarab baho beriladi. Ishbilarmonlik o‘yinlari usuli — qo‘yilgan ishlab chiqarish masalasi yoki nizoli vaziyatga berilgan to‘g‘ri javobga qarab baho qo‘yiladi. Rahbarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholash uchun kamida 2 ta qo‘l ostida ishlovchi xodim, 2 ta yuqori turuvchi rahbar va 2 ta hamkasbining bergan bahosi hisobga olinadi. Oxirgi natijaviy bahoni komissiya beradi. Umuman olganda, har bir rahbar, menejer yoki xodim ish jarayonida doimo bilimini kengaytirib, tajribasini oshirib, yangilikka intilib, ish uslubini doimo takomillashtirib borishi lozim.

16. XODIMLARNING O’ZINI TUTISH MADANIYATI.




Download 54,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish