MENEGMENTDA AKTNING O’RNI
Hududlarda yaratilgan sharoitlar raqamli iqtisodiyotning inklyuzivligini taʼminlash uchun juda muhim. “Raqamli imkoniyatlar” nafaqat markazda, balki viloyatlarda ham mavjud boʻlishini taʼminlash uchun ushbu imkoniyatlar koʻlami va dinamikasini koʻrib chiqish muhim ahamiyatga ega.
Raqamlashtirish odamlar va tovarlarning bir joydan ikkinchi joyga yetkazilishi uchun ketadagan xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Bu esa ishchilar va korxonalar uchun joylashuvning ahamiyatini kamaytiradi. Natijada, mintaqalardagi texnologik taraqqiyot xizmatlardan foydalanish sifati va imkoniyatlarini yaxshilashi, fuqarolarning mamlakat hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini faollashtirishi, tadbirkorlik va mahalliy mehnat bozorlarini rivojlantirishi mumkin.
AKT kompaniyalar ichida axborotni boshqarishni yaxshilashda koʻmak beradi. Ular tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishi va biznesdan biznesga (B2B) va biznesdan isteʼmolchiga (B2C) operatsiyalari uchun tranzaksiyalarning tezligi va ishonchliligini oshirishi mumkin.
Yaponiya qishloq joylarda iqtisodiyotni rivojlantirishning muqobil siyosati sifatida masofadan turib ishlashni tatbiq etgan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Agar 2017-yilda Yaponiya kompaniyalarining 13,9 foizi oʻz xodimlariga masofadan ishlashga ruxsat bergan boʻlsa, 2021-yilda bu koʻrsatkich 51,9 foizga yetdi.
Prognozlashtirish va makro iqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari Oʻzbekiston hududlarida AKTning rivojlanganlik holatini baholash maqsadida ITU metodologiyasiga muvofiq AKTning rivojlanish indeksi asosida mintaqalar reytingini tuzdi. Hisoblash uchun asos sifatida AKTning rivojlanish indeksi tanlandi. IDI 3 guruhga ajratilgan (AKTga ulanish imkoniyati, AKTdan foydalanish darajasi va AKTdan foydalanish uchun koʻnikmalar) 11 koʻrsatkichni jamlagan holda hisoblanadi. Indeks 2015-2021-yillar uchun hisoblangan.
Asosiy natijalar:
1. Oʻzbekiston boʻyicha indeksning oʻrtacha qiymati 2015-yildagi 6,04 dan 2021-yilda 6,96 ga koʻtarildi.
2. 2021-yilda kuchli uchlikka Toshkent shahri (indeks qiymati 9,28), Navoiy (7,41) va Buxoro (7,06) viloyatlari kirdi.
3. Oʻrganish davrida indeksning eng katta oʻsishi Xorazm (+1,20), Qashqadaryo (+1,18), Namangan (+1,15) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (+1,12) qayd etildi.
Eʼtiborli jihati shundaki, oʻrganilayotgan davrda Oʻzbekistonning barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) indeks mutlaq koʻrsatkichining oʻsishi kuzatilgan. Toshkent shahri indeksining pasayishi boshqa hududlarga nisbatan dastlabki davrdagi yuqori koʻrsatkichlar bilan izohlanishi mumkin. Shunga qaramay, Toshkent shahri 2021-yilda ham reyting boʻyicha sezilarli ustunlikni saqlab qoldi.
v
Do'stlaringiz bilan baham: |