gorizontal o‘xshashlik kuchli ifodalangan, degan xulosa kelib chiqadi.
7-davrda tartib raqamlari 90—103 bolgan 14 element aktinoidlar oilasini hosil qiladi. Ular ham alohida — lantanoidlar ostiga
joylashtirilgan, tegishli katakchada esa ularning sistemada joyla
shish ketma-ketligi ikkita yulduzcha bilan ko‘rsatilgan: Ac — Lr Lekin lantanoidlardan farq qilib, aktinoidlarda gorizontal analo
giya bo'sh ifodalangan. Ular birikmalarida ko‘pincha turli xil oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Masalan, aktiniyning oksid
lanish darajasi +3, uranniki +3, +4, +5 va +6. Aktinoidlarning
yadrolari beqaror bolganligi sababli ularning kimyoviy xossala
rini o‘rganish juda murakkab ishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |