92
Amaliy vazifalarni bajarishda quydagi bosqichlarni amalga oshirish lozim
bo‘ladi:
1.Bajariladigan vazifani idrok etishi, tushunishi va asoslashi lozim;
2.Topshiriqlarni eskizini yoki chizmasini ishlab chiqishi;
3.Topshiriqni (mehnat ob’ekti) ustida asboblarni tanlab o‘z o‘rnida
foydalanib, amaliy ishlarni bajarishi;
4.Ishlarni bosqichlar asosida bajarilishi;
5.Tayyor bo‘lgan buyumlarni ijodiy yechimlarini to‘g‘ri baholashi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishda har bir bosqichning natijaviyligini
o‘quvchilarda mexanik fikrlash, o‘lchov va ish asboblaridan o‘z o‘rnida unumli
foydalanishi va ko‘nikma malakalarini rivojlanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.
Yog‘och o‘ymakorligi yoki boshqa xalq hunarmandchiligi ishlarida amaliy
vazifalarni bajarishda zagatovkalarni to‘g‘ri tanlashi, ishni bajarishga tayyorlab
olinishi va undan so‘ng unga moslab andozasi (ulgi, nusxa)ni va asboblarni
tayyorlab olishi yaxshi natija beradi.
Naqqoshlik, o‘ymakorlik ganchkorlik turlarida islimiy pargori ustasi Qodirali
Haydarov ish tajribasidan ham bosqich ketma-ketligining elementlarini o‘z ichiga
oladi.
Xalq hunarmandchiligini naqsh bilan bog‘liq jihatlarini tanlashda har bir
elementni qismini, turini, guruhini to‘g‘ri bajarishda “oddiydan-murakkabga”,
“osondan-qiyinga” mosligiga rioya qilib borish ham yaxshi natija beradi.
O‘ymakorlik, naqqoshlik va ganchkorlik ishlarida tanlanadigan narsalarni
qanday buyumga hamda katta-kichikligiga qarab, dastlab naqshning yarim gajak,
gajak navdalarini chiziqlarini, bandlari chizib olinib, shunga mos iskanalar
tanlanadi, ya’ni baliq sirtni (nov) iskanalar bilan o‘yilsa o‘yma chiroyli chiqadi,
jozibadorligi oshadi. Naqshlar atrofi to‘liq kesilib, bo‘lingach, maxsus uchi egik
iskana bilan naqshlarning zamini o‘yilib, chuqurlashitiriladi.
Tekislash ishlarida esa to‘g‘ri iskanalardan foydalanish yaxshi natija beradi.
O‘ymalarni bajarishda har bir iskanalarni ehtiyotkorlik bilan aniq holda, o‘z
o‘rnida foydalanilsa, o‘yilayotgan naqsh sifatli va ko‘rkam chiqadi.
Xalq hunarmandchiligi yo‘anlishalarining amaliy jihatlarini o‘rganishda
amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, suxbatlarni tashkil etish, ilmiy maqolalarni
o‘qish, milliy urf-odatlarni o‘rganish, so‘rab-surishtirish,ustoz-shogird tizimi
asosida amaliy ishlarni bajarishda ishtirok etish, uchraydigan muammoli
vazifalarni jamoa bo‘lib bartaraf etish, o‘zaro axbarotlarni almashish muhim ijobiy
natijalarga erishishga amaliy yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: