Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat ishlab chiqarish omili sifatida



Download 0,55 Mb.
bet15/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Mehnat ishlab chiqarish omili sifatida


Mehnatning tovarlar qiymatini yaratishdagi ishtiroki darajasini o‘rganish mehnat nazariyasida markaziy o‘rin tutadi. Mehnat to‘g‘risidagi fanni rivojlantirish tarixi shuni ta’kidlaydiki, A. Smitdan keyin bu fanda ikki tarmoq – qiymatgaoid mehnat nazariyasi va ishlab chiqarish omillari nazariyasi yuzaga keldi. Qiymatga oid mehnat nazariyasiga ko‘ra tovarlarning barchasi mehnat mahsuli va ularning qiymati ulardagi inson mehnatining miqdori bilan belgilanadi. Lekin qo‘l mehnati ulushining qisqarishi va mashina hamda uskunalardan foydalanish ulushining ko‘payishi tovarlar narxining pasayishiga emas, balki oshishiga, aksincha esa pasayishiga olib kelgan amaliyot mazkur qoidani rad etadi.
Ishlab chiqarish omillari nazariyasi bo‘yicha tovarlar narxi er (tabiat), kapital (ishlab chiqarish vositalari), mehnat va tadbirkorlik kabi omillar ta’sirida shakllanadi. Bu nazariya, masalan, taxminan teng bo‘lgan malakadagi mehnatning (ish vaqtining) bir xil sarflari mehnatning texnik jihatdan turlicha jihozlanishi natijasida turlicha natijaga olib kelishini tushunishga asoslanadi. Bunday holda ishlab chiqarish natijasi sarflangan mehnatning miqdori bilangina emas, balki mehnatning texnikaviy jihozlanganlik darajasi bilan ham belgilanadi.
Ishlab chiqarishning turli omillari uning natijalariga qanday ta’sir etishini aniqroq tushunib olish uchun bir necha holatdan tarkib topgan shartli misolni ko‘rib chiqamiz.
Birinchi holat. Bir kishiga tegishli bo‘lgan erda daraxt – oddiy terak o‘ttiz yil o‘sgan. Bu kishi shu erning egasi va terak ham unikidir. U ana shu terakni qo‘l arrasida arralab, ulardan taxta tayyorlagan, bu ishga 10 soat vaqt sarflagan, keyin tayyor taxtalarni sotuvga olib chiqqan. Taxtalarni u bozorda 150 so‘mga sotgan. Arralangan daraxtning o‘zi bozorda 60 so‘m turgan. Xodim ishlashi uchun sotib olgan ikkita arra 1000 so‘m turgan. Har bir arraning ishlash muddati besh yildan bo‘lgan.
Ikkinchi holat. Birinchi holat bilan ayni bir paytda kishi xuddi shunday daraxtni motoarra yordamida arralagan, elektrga ulangan maxsus dastgohda taxta tayyorlagan, bu ishga 1 soat vaqt sarflagan. Taxtalarni 150 so‘mga sotgan. Motoarra va elektr dastgoh 100000 so‘m turgan har birining ishlash muddati - 5 yil.
Uchinchi holat. Kishiga tegishli er uchastkasida kattaligi birinchi holatdagi daraxtdagidek archa o‘sgan. Kishi xuddi birinchi holatdagidek asbob bilan uni
arralab, 15 soat davomida qo‘lda taxta tayyorlagan va taxtalarni bozorda 800 so‘mga sotgan. Bunday daraxtning o‘zi bozorda 650 so‘m turgan.
To‘rtinchi holat. Kishi archani mexanik asbob yordamida arralagan va undan taxta tayyorlagan. Bu ishga 1,5 soat sarflagan. Taxtalarni bozorda 800 so‘mga sotgan.
Beshinchi holat. Bunda to‘rtinchi holatdagi barcha shart-sharoitlar saqlanadi, lekin archa boshqa mulkdorning erida o‘sgan. Xodim undan daraxtni 650 so‘mga sotib olgan. Daraxtni arralab, tayyorlagan taxtalarini 800 so‘mga sotgan.
Omonatlar bo‘yicha bank foizlari yiliga 10 foizni tashkil etgan. Ana shu besh holatni ko‘rib chiqishda quyidagi savollar tug‘iladi:

  1. Taxtalarni tayyorlashda qanday omillar qatnashgan?

  2. Taxtalar narxining shakllanishida ishlab chiqarish har bir omili ulushi qanday va mazkur omillarning har biri qanday daromad olinishini ta’minlagan?

Qiymatga oid mehnat nazariyasi ushbu savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga qodir emas. Mahsulotlarning hammasi ham inson mehnati bilan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, nega dastlabki ikki holatda taxtalarning narxi 150 so‘mni, qolgan holatlarda esa 800 so‘mni tashkil etdi? Buning ustiga, birinchi holatda 10 soatga teng mehnat sarfi bo‘la turib, 150 so‘mlik mahsulot sotilganligi, to‘rtinchi holatda esa 1,5 soat ish vaqti sarflangan bo‘la turib, 800 so‘mlik mahsulot sotilganligini qanday izohlash mumkin?
Keltirilgan misollar shunga asoslanganki, omillarga bog‘liq daromadlarning o‘lchamlari mehnat, kapital, xomashyo, material kabilar bilan belgilanadi. Vaziyatni soddalashtirish uchun harakat sof raqobat bozorida ro‘y bermoqda, deb olamiz, ya’ni: a) mazkur tovarni taklif etuvchi sotuvchilar ko‘p; b) ushbu tovarning xaridorlari ko‘p; v) xaridorlar va sotuvchilar mazkur tovarning narxini nazorat qilmaydilar va uni belgilash yuzasidan hukm o‘tkazmaydilar.
Tabiat mahsullari – muayyan tayyorlik holatidagi daraxtlarning bozor narxi mazkur bozorda yuzaga kelgan talab va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida belgilangan. Terakni arralash va bozorga etkazishdagi mehnat sarflari archani arralash va bozorga etkazishdagi mehnat sarflariga amalda teng bo‘lgan. Unday bo‘lsa, nega ushbu daraxtlarning narxlari shunchalik farqli bo‘lgan? Buning sababi
– tabiiysifatlari bir-biridan farqli bo‘lgan ushbu daraxtlarning iste’mol xossalari har xilligidadir. Bunda mehnatning tahlili yo‘q. Archa ham terak singari tabiatning mahsulidir.
Ko‘rib chiqilgan bozorda daraxtlarni qo‘lda ishlash mehnatining narxi 10 so‘m/soat miqdorida, mexanizatsiya yordamida ishlash mehnatiniki - 15 so‘m/soat miqdorida belgilanadi. Bundan esa har bir hol bo‘yicha mehnatga haq to‘lash sarflari yoki xodimlarning omilga bog‘liq daromadini hisoblab chiqish osondir. Masalan,
birinchi hol bo‘yicha ish haqi 100 so‘mni (10·10) tashkil etdi.
Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq amortizatsiya ajratmalari ishlab chiqarish sarf-xarajatlariga kiritilishi kerak. Hisoblash quyidagicha olib boriladi: dastlab ishlab chiqarish vositalarining qiymati ulardan foydalanish yillari miqdori va yildagi ishlangan soatlar miqdoriga (misolimizda 1700 soat/yil) bo‘linadi. Keyin esa bo‘lishdan olingan sonni ishlab chiqarish vositalaridan foydalanilgan soatlar miqdoriga ko‘paytiramiz. CHunonchi, birinchi holda amortizatsiya ajratmalari 1,18 ni tashkil etadi (1000/5 ·1700·10).
Kapital omiliga bog‘liq daromad hisob-kitoblar o‘tkazish davrida amalda bo‘lgan muayyan bank foizlari bilan belgilanadi. Daromadlar bunday turining hisob- kitobi misolda quyidagi tarzda amalga oshirilgan. Ishlab chiqarish vositalarining dastlabki narxiga teng bo‘lgan bank qo‘yilmasining o‘lchamiga to‘g‘ri keladigan yillik daromad aniqlanadi. Keyin esa u ish bir smenada olib borilishi, smenada ish soatlari miqdori esa 8 soatni tashkil etishidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanilgan soatlarning real miqdoriga keltiriladi. Masalan, birinchi holatda kapitalga oid omilga bog‘liq daromad bir daraxt hisobiga 0,34 so‘mga teng bo‘lib chiqmoqda.
100010% 10
( 365 8 )
bunda, 1000 - mehnat vositalarining boshlang‘ich narxi, so‘m; 10
% - qo‘yilmalar bo‘yicha bank foizlarining miqdori; 10 - bir daraxtni arralashga mehnat sarflari, soat; 365 - yildagi kunlar soni; 8 - bir ish kunining davom etishi, soat.
Endi, sotilgan mahsulot narxi bilan ishlab chiqarish sarf-xarajatlari o‘rtasidagi farqdan er egasining omilga bog‘liq daromadi (er mahsulining qiymati) va kapitalga oid daromadni ayirsak, mablag‘larning qolgan summasi tadbirkorning omilga bog‘liq daromadi (yoki zarari) bo‘ladi. Birinchi holatdagi misolda tadbirkor taxta tayyorlashda arralangan har bir daraxtdan 11,52 so‘m miqdorida zarar ko‘rdi.
Ikkinchi holatda xodim qo‘l mehnatidan mexanizatsiyalashgan mehnatga o‘tgan va shu maqsadda daraxtdan taxta tayyorlash uchun 100000 so‘m turadigan motoarra va dastgoh sotib olgan. Ish kuni 8 soat bo‘lgan va bir smenada ish olib borilgan taqdirda yillik 10 foiz hisobida kapitalga oid daromad ishlab chiqarish vositalarining bir soatlik ishi uchun 3,42 so‘mni tashkil etadi.
Xodimning ish unumdorligi 20 baravar oshgan, lekin bu yuqori unumli ishlab chiqarish vositalari va tadbirkorning xizmatidir. Tadbirkorning omilga bog‘liq daromadi umumiy daromad, er egasining daromadi va kapitalga oid daromadning o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lgan. Ikkinchi holatda esa u taxta tayyorlangan har bir daraxt hisobiga 59,82 %ga teng bo‘lib chiqdi.
Archani arralab, undan taxta tayyorlab sotish holatlarida omilga bog‘liq daromadlar miqdorini aniq belgilash imkonini beradigan o‘sha bozor mexanizmining o‘zi yuzaga keladi. Tabiat shunday mahsul yaratganki, uning bozor narxi 650 so‘mni tashkil etgan. Uchinchi holatda xodimning ish haqi 150 so‘mni tashkil etgan (10·15). Kapitalga oid daromad bir daraxt hisobiga 0,51 so‘mni tashkil etdi, tadbirkor yana zarar ko‘rgan bo‘lib chiqdi, ushbu ko‘rilgan zarar har bir ishlangan daraxt hisobiga 0,15 so‘mni tashkil etdi.
To‘rtinchi holatda mehnatni mexanizatsiya vositalaridan foydalanish hisobiga ish haqi to‘lashga qilinadigan xarajatlar keskin qisqaradi va 32,5 so‘mni tashkil etadi. Kapitalga oid daromad 5,14 so‘mni, har bir daraxt hisobiga tadbirkorlik daromadi - 104,71 so‘mni tashkil etdi (759,85-650-5,14).
Beshinchi holatda tadbirkor bozorda daraxt sotib olib, xuddi to‘rtinchi holatdagidek daromadlarning barcha turlarini oladi, er egasining daromadi bundan mustasno, u ham 650 so‘m oladi.
Turli variantlar bo‘yicha tadbirkorlik daromadi o‘lchamlarining taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun uni ish vaqti birligiga nisbatan hisoblab chiqish kerak. Misolimizda bu daromad ish vaqtining bir soati hisobidan qayta hisoblab chiqilgan. Turli misollar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, archa yog‘ochini mexanikaviy tarzda qayta ishlash bilan shug‘ullangan tadbirkor eng yuqori o‘lchamdagi daromadni oladi.
SHunday qilib, sof raqobat bozorida xomashyo, kapitallar, mehnat, tovarlarga talab va taklifning o‘zaro ta’siri hamda eng yuqori foydaliligi va eng yuqori unumdorligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish har bir omilining muvozanatli narxi yuzaga kelishi bosh instrument bo‘ladi. Xuddi shu shart-sharoitlarning o‘zi xodimlar, er egalari, kapital egalari va tadbirkorlar omilga bog‘liq daromadlarining o‘lchamini belgilaydi.
Har qanday boshqa jarayonlar kabi mehnat jarayonlari ham vaqt orasida kechadi va shunga ko‘ra mehnat jarayonining davomliligi vaqt bilan o‘lchanadi. Xodim mehnat mahsulini yaratayotganidagi vaqt ish vaqti deyiladi. O‘z navbatida, ish vaqti soat, kun, hafta, yil kabi muayyan vaqt ulushlarida ifodalangan miqyosga ega bo‘ladi.
Mehnat iqtisodiyotida ikki tushuncha, ya’ni «mehnat jarayoni davomiyligining me’yori sifatidagi vaqt» va «mehnat miqdorining me’yori sifatidagi vaqt» tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. Ushbu tushunchalar turli mohiyatga ega. Birinchisi, mehnat jarayonlarining haqiqiy taqvimdagi davomiyligini aks ettiradi va bu jihatdan vaqt adekvat (mos), mutlaq, ya’ni oraliq o‘lchamlar qo‘llanmaydigan, birdan-bir, bevosita, insonga bog‘liq bo‘lmagan me’yor bo‘ladi. Ikkinchi tushuncha shartli davomiylikni anglatadi va bu holda vaqt nisbiy me’yor bo‘ladi. Vaqt mehnat
miqdorining me’yori sifatida qo‘llanilganda uning murakkabligi va intensivligi e’tiborga olinmaydi. CHunki ish vaqti mehnatning ekstensiv o‘lchamidir.
Ish vaqti ko‘rsatkichi bilan bir qatorda, mehnat sarflarining sifat tarkibini tavsiflaydigan ko‘rsatkichga bo‘lgan zarurat ham yuzaga keladi. Buning uchun
«mehnat sig‘imi» tushunchasidan foydalaniladi. Mehnat sig‘imi deganda mahsulot birligini ishlab chiqarishga jonli mehnat sarflari tushuniladi. Ushbu sarflar quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
t T
V
Bunda, t - mahsulot birligining mehnat sig‘imi; T - barcha mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt; V - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining natural ko‘rinishi.
Mehnat sig‘imi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish hajmi bilan mehnat sarflari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlab, barcha boshqa nomenklaturadagi va ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilmasidagi o‘zgarishlar kabi omillarning ta’sirini e’tiborga olmaydi. Mehnat sig‘imi ko‘rsatkichi mehnat unumdorligini o‘lchashni ushbu unumdorlik oshishi rezervlarini hisobga olish bilan uzviy bog‘lash imkonini beradi.
Mehnat sarflari tarkibiga qarab texnologik mehnat sig‘imi (asosiy ishchilarning mehnat sarflari), xizmat ko‘rsatish mehnat sig‘imi (yordamchi ishchilarning mehnat sarflari), ishlab chiqarish mehnat sig‘imi (barcha ishchilarning mehnat sarflari), boshqaruv mehnat sarfi (xizmatchilarning mehnat sarflari) va to‘liq mehnat sig‘imi (xodimlar barcha toifalarining mehnat sarflari) farqlanadi.
Mehnat reduksiyasi. Mehnat jarayonida turlicha murakkablikdagi mehnatdan foydalanish zarurati va ularning bevosita o‘lchovi yo‘qligi sababli mehnatni qiyoslab o‘lchash muammosi yuzaga keladi. Uni hal etish uchun mehnat reduksiyasidan foydalaniladi. Mehnat reduksiyasi deganda murakkab mehnatni oddiy mehnatga keltirish jarayoni tushuniladi. U narx hosil qilish, mehnatga haq to‘lash kabi bir qator muhim iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun zarurdir.
Mehnat reduksiyasi oddiy mehnat etalonini belgilab, murakkab mehnat sarflarini yagona o‘lchovga keltirish va xodimlarning turli kasb-lavozim guruhlari bo‘yicha mehnat murakkabligidagi farqlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari mehnat reduksiyasi tovar qiymatini aniqroq bilish imkonini beradi.
Qaysi yondashuvni afzal bilish va mehnat murakkabligi amaliyotida qanday o‘lchovdan foydalanish kerak degan haqli savol tug‘iladi. Narxlar shakllanishida mehnatning murakkabligi ish haqi asosida hisobga olinadi. Mehnatga haq to‘lash uchun uning murakkablik darajalari nisbati tahliliy usulda aniqlanadi. Mehnat
jarayonining asosiy mazmunini ifodalaydigan funksiyalarni tahlil qilish yo‘li bilan tarif koeffitsientlari aniqlanadi. SHunday qilib, hozircha O‘zbekistondagi oddiy va murakkab mehnatni taqqoslab o‘lchash tarif setkasi orqali amalga oshiriladi hamda ular tarif razryadlari va koeffitsientlaridan iboratdir. Unga ko‘ra yuqori tarif razryadi va koeffitsientlari quyi razryad toifalarining ishidan murakkabroq ekanligini ko‘rsatadi. SHu tariqa ishlarning murakkabligi va xodimlarning tayyorgarlik darajasi miqdoriy taqqoslanma o‘lchamga ega.
Lekin shuni e’tiborda tutish kerakki, mehnatning insonlar va jamiyatga real ta’sir etish jarayoni siyosat, davlatlararo munosabatlar, turli vaziyatlarning kuchli ta’siriga duch keladi. Dunyoda hamma narsa ham chizmadagidek silliq kechavermaydi. Urushlar, davlat to‘ntarishlari, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, xalqlar o‘rtasida nizo va to‘qnashuvlar, tabiiy ofatlar ro‘y berib turadi, ular jamiyat rivojlanishining tabiiy jarayonini qo‘pol ravishda buzishga qodirdir. SHunday bo‘lsa-da, kishilik jamiyati rivojlanishidagi umumiy tendensiya ishlab chiqarish taraqqiyoti, kishilarning moddiy farovonligi va madaniy darajasi oshishi, inson huquqlarini Er yuzidagi oliy qadriyat deb anglash tomon yo‘naltirilgan.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish