mavzu. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishi va uning jamiyat rivojlanishidagi roli.
Reja:
Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A.Smitgacha bo‘lgan davr
Qiymatga oid mehnat nazariyasining rivojlanishida D.Rikardo ta’limoti
Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B.Sey, marjinalchilar va yangi klassiklarning roli
Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish nazariyasini yaratishda I.SHumpeter, J.M.Keyns va yangi klassik sintezlarning qarashlari
Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida islom iqtisodiyoti mafkurachilari va SHarq iqtisodiy tafakkurining o‘rni
Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A. Smitgacha
bo‘lgan davr
Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi insoniyat tarixiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan nazariyalar bilan bog‘langan. Zero ular insonning eng muhim, uni boshqa jonzodlardan farqlaydigan mohiyati – mehnat qilish qobiliyati, ya’ni tabiat ashyolarini ongli ravishda o‘zgartira borib, ularni o‘z talab-ehtiyojlariga moslashtira olishiga taalluqlidir.
Mutafakkirlar, iqtisodchi-olimlar, amaliyotchi arboblar e’tiborini band qilgan va natijada jamiyatning rivojlanish sur’atlarini ko‘p darajada belgilagan mehnat to‘g‘risidagi masala ko‘p qirrali bo‘lib, u uzoq tarixga ega.
Avseto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug‘ jamoasi emirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo‘lganligi ayondir, ular qohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Aholi ko‘proq yarim ko‘chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.
Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo‘nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. “Nikomaxov axloqi” asarida u shunday fikr yuritadi: “Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo‘lmaydi, balki vrach va dehqondan,
umuman bir xil va teng bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir- biriga tenglashtirish zarur. SHuning uchun almashuvga uchraydigan barcha narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan o‘lchanishi kerak. Etikdo‘z mahsulotining behqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo‘z mahsulotiga bo‘lgan to‘g‘ri munosabati, to‘g‘ri tenglamasi topilishi kerak”. Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u o‘z fikrini shunday davom ettiradi: “biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak”, degan oddiy xulosaga keladi.
Platon (Aflotun) “Davlat” va “Qonunlar” asarlarida ideal davlat qanday bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. Uningcha, bu davrda xususiy mulk va erkin xo‘jalik tashabbusiga o‘rin yo‘q. U aholini uch toifaga ajratgan:
Faylasuflar – davlatni boshqaruvchilar.
Harbiylar – davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib, ular biror mulk egasi bo‘lish huquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
“Qora” toifa – dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk egasi bo‘lishi kerak.
Platon (Aflotun)(miloddan avvalgi 428-348 yillar). Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrini o‘sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo‘jalikni himoya qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi. SHunday qilib, Aflotun o‘zining ideal, ya’ni bekamu ko‘st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi.
SHarq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu erlarda pul, mehnat munosabatlari biroz engillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun er ajrata boshladi. Xususiy er egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor erning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo‘jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, er solig‘ini yig‘ish huquqini yo‘qotgan emas. SHu sababli SHarqda “davlat feodalizmi”ning turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o‘z aksini topdi.
SHarq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug‘ilgan, Fes sultonida xattot-kotib bo‘lgan). 1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo‘lgan. Asosiy asari “Kitob-ul-ibar” (“Ibratli misollar kitobi”, 1370 y.). U birinchilardan bo‘lib, tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, G‘arb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta’sir ko‘rsatdi.
Olimning konsepsiyasi “ijtimoiy tabiat”ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyusiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir.
Mehnat to‘g‘risidagi fanning rivojlanishida asosiy bosqich rolini o‘ynagan, iqtisodiy nazariya fan sifatida shakllangan va klassik deb nomlanadigan siyosiy iqtisodni boshlab bergan, uning asoschilari bo‘lgan ingliz olimi Uilyam Petti va fransiyalik sudya Per Buagilberdir.
Uilyam Petti (1623-1687) – ingliz iqtisodchisi va statistikachisi. 1623 yilning 26 mayida Ramsida yashaydigan, uncha boy bo‘lmagan movut tayyorlab chiqaruvchi hunarmand oilasida tug‘ilgan. Petti iqtisodiy fan tarixida sezilarli iz qoldirdi. Ba’zi mualliflar uni merkantilizmning atoqli vakili deb biladilar, boshqa mualliflar uning asosiy xizmatini tadqiqotlar statistik-iqtisodiy usulining asoslari yaratganligidan iborat deb biladilar. Petti aholi, uning ko‘payishi, joylashishi, ish bilan bandligi masalalari bilan shug‘ullanar edi va uni Jon Graunt bilan bir qatorda demografik statistikaning asoschilari sirasiga kiritish mumkin.
Tashqi savdo hisobiga oltin va kumush pul olinishini mamlakat boyishining manbai deb bilgan merkantilistlarga qarshi o‘laroq, U. Petti xalq boyligi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida yaratiladi va «mehnat boylikning otasi, er esa uning onasidir»1qoidasini birinchi bor ta’rifladi. U. Petti tovarning narxi uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdori yoki muayyan er miqdorining qiymati bilan hisoblanadi, degan edi. Bu uni narxning shakllanish mexanizmiga sarf nuqtai nazaridan yondashganligidan dalolat beradi. Mehnatning unumli va unumsiz mehnatga ajratilishi ham shu olimning qarashlari bilan bog‘liq.
XVIII asrda Fransiyada klassik yo‘nalish doirasida fiziokratlar maktabi shakllandi va bu maktab vakillari fermerlarni himoya qilish asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish mamlakatni og‘ir ahvoldan chiqarishning bosh yo‘lidir deb bilganlar. Ushbu maktabning asoschisi Fransua Kene mehnat sof mahsulot manbai ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi.
Fransua Kene(1694-1774 yy.) Versal yaqinida dunyoga keldi. U yoshligidan tabobatga havas qo‘ydi, tibbiy amaliyot unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Lyudovik XVsaroyiga) o‘tdi. 1744 yilda tibbiyot doktori ilmiy darajasiga erishdi. Tabobat va biologiyaga oid ko‘pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullana boshladi.
Kenening iqtisodiy g‘oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu erda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi.
1Петти У. Экономические и статистические работы. Пер. с англ. -М., 1940,55-б.
U iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko‘rsatishga birinchi bo‘lib urindi. U o‘sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo‘ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko‘rsatilgan.
Kene jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya’ni mahsulot va pul holidagi moddiy ne’matlarning makroiqtisodiy zanjiridir.
Fiziokratlar ham mehnatni unumli va unumsiz mehnatga bo‘lib, faqat qishloq xo‘jaligida mehnat unumli mehnatga aylanadi, deb hisoblashgan.
Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo‘lgan mehnat to‘g‘risidagi fanni rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit nihoyatda katta hissa qo‘shdi.
Adam Smit (1723 SHotlandiyaning Kerkoldi shaharchasida tug‘ilgan, - 17.1790, Edinburg shahrida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi va faylasuf, klassik burjua siyosiy iqtisodining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi. Bojxona amaldorining o‘g‘li bo‘lib, u Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim olgan. 1764- 66 yillarda Fransiyada yashagan, u erda fiziokratlar bilan tanishgan. 1759 yilda uning “Axloqiy hissiyot nazariyasi” deb nomlangan kitobi yaratildi. 1776 yilda A. Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” deb nomlangan asosiy asari nashr qilindi.
A. Smitning xizmati mehnat qiymati nazariyasining eng muhim kategoriyalarini ishlab chiqqanligidan iborat. Smitning ilmiy g‘oyalari klassik burjua siyosiy iqtisodining poydevori bo‘ldi.
Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» deb nomlangan asosiy asari 1776 yil mart oyi Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.
A. Smitning unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi qoidalariga qaytadigan bo‘lsak, uning ushbu masalalarga doir fikr-mulohazalari nazariy jihatdan qiziqishga arziydi. Sotishga mo‘ljallangan buyumlarda mustahkamlanib va ro‘yobga chiqib, qayta ishlanayotgan materiallar qiymatini oshiradigan mehnatni A. Smit unumli mehnat deb hisoblaydi. Unumsiz mehnat tovarlar ko‘rsatiladigan paytida ko‘rinmay ketadigan xizmatlar sohasi bilan bog‘liq bo‘lib, A. Smitning fikricha, bunday mehnat qiymatga hech narsa qo‘shmaydi, u ayrim narsalarda mustahkamlanmaydi va ro‘yobga chiqmaydi, lekin o‘z qiymatiga ega bo‘ladi va taqdirlashga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |