Меҳнат иқтисодиёти


Mehnatni boshqarish turlari va usullari



Download 0,55 Mb.
bet80/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Mehnatni boshqarish turlari va usullari


Mehnatni boshqarish turlari jamiyatdagi boshqaruv xarakteri mezoni, ya’ni pirovard natijada ijtimoiy tuzum xarakteridan aniqlash mumkin. Mehnatni boshqarish barqaror rivojlanayotgan jamiyatda ishlab chiqarishni boshqarish va butun jamiyatni boshqarish bilan bir xildagi xarakterga ega bo‘ladi. Davlatning ijtimoiy barqarorligi va mustahkamligining kafolati mana shu muvofiqlikdadir.
Boshqaruv xarakterini belgilaydigan jamiyatdagi hokimiyat demokratik yoki diktatura bo‘lishi mumkin. Boshqaruvning demokratik turi ko‘pchilikning to‘la qimmatli fuqarolik sub’ektligi, mustabid turi esa ozchilik tomonidan sub’ektlik huquqlarining o‘zlashtirilishini anglatadi.
Mehnatni boshqarishning eng so‘nggi aniq turlaridan tashqari oraliq turlari ham mavjud. Mehnatni boshqarishning oraliq turini avtoritar, ya’ni o‘zini-o‘zi boshqaradigan deb qaraladi.
Ijtimoiy mehnat jarayonlari va uning ishtirokchilariga boshqaruv ta’sirini o‘tkazishning prinsipial usullari mehnatni boshqarish usullari deyiladi. Mehnat jarayonlari uchta asosiy usul bilan boshqariladi:

  1. boshqaruvchining boshqariluvchilar va ular orqali boshqarilayotgan jarayonga bevosita ko‘rsatmalar asosida ta’sir etish usuli;

  2. boshqaruvchining boshqariluvchilari va ular orqali boshqarilayotgan jarayonga bilvosita manfaatlar orqali ta’sir etish usuli;

  3. jarayon ishtirokchilarining o‘zlari qaror qabul qilib, o‘zlari ijro etadigan o‘z- o‘zini boshqarish usuli.

Mehnatni boshqarish turi bilan mehnatni boshqarish usullari o‘rtasida aloqa mavjud. Bu boshqaruvning diktatura turi faqat direktiv usullari, demokratiya turi esa faqat bilvosita usullaridan foydalanishida ifodalanmaydi. Boshqaruvchining har qanday turida turli usullardan foydalaniladi. Faqat ularning nisbati va ommaviy kombinatsiyasi boshqaruv va hokimiyat turlarida turlicha bo‘ladi.
Mehnatni boshqarishning direktiv usullariga misol qilib, mehnatga oid qonunlarda aks ettirilgan har qanday ta’qiqlovchi normalarni ko‘rsatish mumkin. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qonun yo‘li bilan ish kuni, ish haftasi, ish yilining davomiyligini belgilash, ishdan tashqari ishlar davomiyligining yig‘indisi, mehnat shart-sharoitlari standartlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Bilvosita usullar ishlovchiga turli variantlardan tanlash biroz tezroq yoki biroz sekinroq ishlash, ko‘proq yoki kamroq hafsala bilan ishlash, ilg‘or tajribani o‘rganish yoki o‘rganmaslik va boshqa hollarda qo‘llaniladi.
Mehnatni boshqarish shakllariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:

  • mehnatni boshqarishning davlat shakllari;

  • mehnatni boshqarishning shartnoma shakllari;

  • ijtimoiy mehnat munosabatlari u yoki bu sub’ektining ijtimoiy faollik shakllari.

Mehnatni boshqarishning davlat shakllari. Davlat mehnatni boshqarish sub’ekti sifatida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari ko‘rinishida chiqadi. Bu shakllarga ko‘ra davlatning ijtimoiy mehnat sohasidagi boshqaruvchilik ta’siri qonunlar, Prezident Qarorlari, Farmonlari va Farmoyishlari hamda hukumat qarorlari orqali hal qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida maxsus mehnat sudi yo‘q bo‘lganligi sababli mehnatni boshqarish sohasida konstitutsiyaviy, fuqaro, ma’muriy va jinoiy sud ishidan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan mamlakatda xalqaro huquq normalari tomonidan tan olingan tamoyillar va shartnomalarni respublikada tan olinishi hamda ularga huquqiy tizimning tarkibiy qismi maqomini berishi keng amalga oshirilmoqda. SHu orqali insonning ijtimoiy mehnat sohasidagi huquq va erkinliklari eng katta huquqiy himoyaga ega bo‘ldi.
Mehnatni boshqarish me’yoriy-huquqiy normalarni konkret muammolar va ularning hal etilish bosqichlari bilan muvofiqlashtirib, zarur va kerakli darajada aniqlashtirishni nazarda tutadi.
Mehnatni boshqarishning shartnomali shakllari. Ijtimoiy-mehnat masalalariga oid boshqaruv qarorlari bir necha teng huquqli sub’ektlarning birgalikdagi harakatlari va kelishuvlari asosida qabul qilinganda mehnatni boshqarishning shartnomali shakli yuzaga keladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida
shartnomali shakllarning bir necha turlariga amal qilinadi. Ulardan quyidagilarni keltirib o‘tamiz:

  • kasaba uyushmalari birlashmalari, ish beruvchilar birlashmalari bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi bosh bitim;

  • kasaba uyushmalari birlashmalari, ish beruvchilar birlashmalari bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘rtasida tarmoq (tarmoqlararo) tarif, kasbiy tarif bitimlari;

  • mehnat jamoalari (ishlovchilar) vakillari bilan korxona ma’muriyati (ish beruvchilar) o‘rtasidagi jamoa shartnomalari;

  • ishlovchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnat shartnoma (kontrakt)lari.

Korxonalar ma’muriyati yoki mahalliy ma’muriyat, bir tomondan, mehnatkashlar turli tashkilotlarining birgalikdagi yoki muvofiqlashtirilgan (kelishilgan) harakatlarini mehnatni boshqarish shartnomasi shaklining turlaridan biri deb qarash kerak. Bunday shakllar kasaba uyushmalari faol bo‘lgan korxonalarda doimo bo‘ladi.



    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish