Меҳнат иқтисодиёти



Download 0,55 Mb.
bet60/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Ishsizlik tasnifi


Ishsizlik – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa bo‘lib, ishchi kuchini taklif etish bilan unga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham nomuvofiqlikni (ortiqchalikni) aks ettiradi.

Paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra, ishsizlik friksion, tarkibiy, mavsumiy, davriyga va h.k. turlarga bo‘linadi.

Birinchi tur friksion ishsizlik bo‘lib, uni odamlarning xususiy jihatlari va qiziqishlari belgilaydi. Friksion ishsizlik – ishchilarning hududiy, kasbiy yoki yosh jihatidan o‘zgarishlar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tishlari, yangi malaka yoki mutaxassislikka ega bo‘lishlari, o‘qish, ayollarning bolaga qarashlari va h.k.) sababli eski ish joylaridan bo‘shab, to yangisiga joylashgunga qadar oraliq vaqtdagi ishsizlikdir. U o‘z mazmuniga ko‘ra ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi va barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi.

Friksion ishsizlik jamiyatdagi mavjud ishchi kuchlarining ma’lum qismini ish joylari bo‘yicha qayta taqsimlab, ulardan samarali foydalanishga shart-sharoit yaratadi, ya’ni eski ish sharoitlaridan (ish joyining uzoqligi, ish haqining pastligi, ish kuni davomiyligining nisbatan uzunligi va boshqalar) qoniqmagan ishchilar yangi ish joylarini qidiradilar. Ularga ega bo‘lgach, bu mehnatdan nisbatan ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishadilar. Friksion ishsizlikning bo‘lishi ma’lum darajada iqtisodiy jihatdan zaruriy va tabiiy holdir.

Ishsizlikning ikkinchi turi tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik bo‘lib, u iqtisodiyotning ba’zi tarkibiy tuzilma va sohalaridagi o‘zgarishlar natijasida vujudga keladi. Ba’zi bir mahsulot yoki xizmat turlariga bo‘lgan ehtiyojning qisqarib, hatto umuman yo‘qolib borishi bu mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishni qisqartirilishga yoki umuman to‘xtalishiga natijada uni ishlab chiqaruvchilarning ishsiz qolishiga olib keladi.

Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikda ma’lum o‘xshashliklar va farqli jihatlar mavjud. O‘xshashligi shundaki, har ikkala ishsizlik har qanday iqtisodiyot uchun, xatto barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyot uchun ham xos bo‘lib, ularni umuman bartaraf etib bo‘lmaydi. Asosiy farqi shundaki, friksion ishsizlikda xodimlarda ma’lum tajriba mavjud bo‘ladi va ular bu tajribadan foydalanib, qisqa vaqt ichida o‘z ishchi kuchini sotishi yoki ish topishi mumkin. Tarkibiy ishsizlikda ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddat ichida ish topa olmaydi. U malakasini o‘zgartirishi, qayta malaka oshrishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim. Ayrim hollarda xatto yashash joyini o‘zgartirishga ham to‘g‘ri keladi. Friksion ishsizlikda ishchi kuchi qisqa vaqtda ish bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lsa, tarkibiy ishsizlikda ishchi kuchi uzoq davr mobaynida qayta ma’lumot oladi va jiddiyroq qayta tayyorlanadi.

Tarkibiy ishsizlikka yaqin o‘n yil ichida guvohi bo‘layotgan jarayonni oddiy misol sifatida keltirish mumkin: kompyuter texnikasining keng yoyilishi bugungi kunda yozuv mashinalarida ishlovchi texnik xodimlarni, bosmaxonalardagi harf teruvchilarni ishsiz qoldirmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’ati sharoitida bunday misollarni yana juda ko‘plab keltirish mumkin.

Uchinchi tur davriy (siklik) ishsizlik – ishlab chiqarish hajmining pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishi oqibatidagi ishsizlikdir. Sobiq Ittifoq davrida xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasidagi nomutanosiblikning kuchayishi oqibatida iqtisodiy aloqalarning uzilishi ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishiga olib keldi. O‘zbekistonda ham bozor tuzilmasining yaratilmagan ligi, xom ashyoni qayta ishlash sanoatining past rivojlanganligi, tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlar to‘liq yaratilmaganligi va boshqalar sababli ishsizlar soni ko‘paydi. Rivojlangan mamlakatlardagi ishlab chiqarishning pasayishi iste’mol bozorining to‘yinishi va natijada talabning pasayishi bilan bog‘liqdir. Davriy ishsizlikda ishsizlar soni keskin ko‘payadi. Masalan, AQSHda 1933 yildagi “Buyuk depressiya” davrida ishsizlik taxminan 25,0 %ga teng bo‘lgan edi.

YAshirin ishsizlik ishsizlikning alohida shaklidir. Uning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, ishsizliklari yashirin tusda bo‘lgan, aslida bankrotlikka uchragan korxonalar sun’iy madad oladilar. YAshirin ishsizlik ishlab chiqarishning nihoyat darajadagi pasayishi sharoitida korxonalarda keragidan ortiq miqdordagi ish bilan bandlik saqlanishi tufayli ham yuzaga kelgan. Aslida yashirin ishsizlik aniqlangan ekan, u stixiyali tarzda yuzaga keltirilgan, foydalanilmay qolayotgan ishchi kuchi zaxirasi bo‘ladi. Korxonalarda ana shunday ishchi kuchi zaxirasi mavjud bo‘lib turishining maqsadga muvofiqligi zaxira tayyorlab borish zarurligi bilan belgilanadi. YA’ni bo‘sh o‘rinlarga va yangi ish o‘rinlariga qo‘yib borish uchun yo bor xodimlar orasidan ularni kasb-malaka va lavozim borasida yuqori ko‘tarish yo‘sinida, yo stajirovka (amaliyotdan o‘tish) shartlari asosida yangi xodimlarni ishga qabul qilish yo‘sinida zaxira tayyorlab borish zarurligi bilan belgilanadi. Ushbu ishchi kuchi zaxirasini (gap ayrim xodimlar, bo‘linma yoki korxona personali haqida boradimi) muayyan vaqt mobaynida saqlab borish, basharti, ushbu davr tugaganidan keyin xodimlarning samarali ish bilan bandliklarini ta’minlashning etarlicha kafolatlari (korxonani rivojlantirish dasturiga muvofiq yangi ish o‘rinlari yoki ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi) mavjud bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi mumkin.

Ichki mehnat bozori mexanizmi ishga solinganida ish beruvchining yashirin ishsizlikka nisbatan tutgan pozitsiyasi uning ushbu ishsizlikni yashirishga intilishi bilan belgilanmaydi. Ushbu pozitsiya korxonaga kerak bo‘lmagan xodimlarni saqlashga sarf-xarajat qilinmaydigan bo‘lishidan va buning uchun zaruriy shart-

sharoit yaratilishidan iborat yaxlit bir butun vazifani hal qilish maqsadida uni mumkin qadar to‘liq aniqlash zarurligi bilan belgilanadi. Aniq qilib aytadigan bo‘lsak, yashirin ishsizlik tushunchasining o‘zi bozor mexanizmi me’yoriy ishlashi bilanoq o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. SHunisi ham borki, xodimning yashirin ishsizlikka va bunday ishsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy tarzdagi vaqtinchalik ishlamaslikka nisbatan tutgan pozitsiyasi turli yo‘sinda yuzaga keladi. Korxonadagi o‘z ish o‘rnini qadrlaydigan ko‘pchilik xodimlar kelishilgan muddatda qaytadan ishga tushish kafolatlari bor bo‘lgan taqdirda ma’muriyat tomonidan taklif etilgan ta’tilga rozi bo‘ladi. Xodimlarning bir qismi (ayniqsa yozgi davrda) ushbu vaqtdan bog‘-poliz uchastkalarida ishlash uchun foydalanadi, ko‘plar tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadi, buning ustiga, bunday xodimlar ko‘pincha tijorat faoliyatlarini korxonada qaytadan ishga tushganlarida ham davom ettiradilar.

Deyarli barcha Hamdo‘stlik mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda ham XXI asrning birinchi besh yilida ish bilan bandlik xizmatlarida hisobda turgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar soni oshishi va pasayishi sur’atlari bir-biriga mos kelmaydigan bo‘lib, mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish tendensiyalariga to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu esa ish bilan bandlik va ishsizlikning shakllanishi jarayonlari barcha mamlakatlarda iqtisodiy tizimlar dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishini yana bir bor tasdiqladi.




    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish