Меҳнат иқтисодиёти


Insonning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holati



Download 0,55 Mb.
bet23/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

4. Insonning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holati


Ijtimoiy holat – inson yoki ijtimoiy guruhning jamiyatdagi o‘zaro barqaror ijtimoiy munosabatlari majmui bo‘lib, uning natijasi va ifodasi yashash hamda rivojlanish shart-sharoitlari va vositalarini qayta shakllantirish hisoblanadi.

Bunday yondashuv va tasavvurlar ijtimoiy uyushgan mehnatga tegishli va ular quyidagilardan iborat:



  1. Ijtimoiy uyushgan mehnat sohasi insonning o‘z jamiyatidagi ijtimoiy holati uchun qanchalik zarur va asosiy ekanligini aniqlash.

  2. Inson mehnat qilishiga to‘g‘ri keladigan asosiy ijtimoiy shakllarni aniqlash lozim bo‘ladi. Bunda aynan ijtimoiy uyushgan mehnatning asosiy tarkibi ta’riflarini anglab olish yordam beradi.

  3. Mehnat faoliyati qanday qadriyatlarga yo‘llanganligi va qaysi sabablar ishchi uchun hal qiluvchi ekanligini aniqlash kerak. Jamiyatda bu qadriyatlarga izchil amal qilish va bu sabablarga asoslanish uchun zarur va etarli shart-sharoitlar bor-

yo‘qligini baholash muhimdir.

  1. Kishining mehnat faoliyati sohasida uning normal ish holatini buzadigan xavflar bo‘lsa, bu xavflar kishining o‘z xatti-harakatlari va yaratadigan vaziyatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ular kishiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy shart-sharoitlar, jarayon va holatlarga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Ularni kishining ijtimoiy ishlab chiqarish va mehnat faoliyati sohasidagi holati tavsifiga taqsimlash kerak.

Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson holatining o‘zgarib borishiga ta’sir etuvchi omillar, biror jarayon ta’sirida ba’zi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ta’sirida yangilanadigan yoki o‘zgaradigan sabab va holatlarga omillar deyiladi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishi holatini o‘zgartiruvchi omillar kishilar taqdirlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi masaladir. CHunki tegishli sabab va vaziyatlar ta’sirining aniq natijalari aynan inson taqdiri, ya’ni uning hayot yo‘li bo‘ladi.

Kishining hayotiy vaziyati uni ijtimoiy ishlab chiqarishdagi holatini o‘zgartiruvchi jiddiy omildir.

Ishlab chiqarishning ilmiy-texnik va texnologik taraqqiyot omili. Bu ishlab chiqarishda kishi holatini o‘zgartirishning doimiy ta’sir qiluvchi sababidir. Texnika

– texnologiyaga bog‘liq tarzda mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni ham uzluksiz o‘zgarib boradi.

Ijtimoiy faollikning ijtimoiy-guruhiy va sinfiy uyushganlik omili. Ijtimoiy guruhlar xatti-harakatidagi sub’ektiv omillar bilan o‘z huquq, erkinliklari, manfaatlarini anglash, ijtimoiy-guruhiy manfaatlarini shakllantirish, ularning qoniqtirilishini talab qilish bilan bog‘liqdir.

Ijtimoiy-guruhiy uyushganlikning eng keng tarqalgan shakli – mehnat jamoalari va kasaba uyushmalaridir. Qonunchilik mehnatkashlarning uyushganlik va o‘z manfaatlarini himoya qilishning bu shakllaridan foydalanish huquqlarini mustahkamlaydi. Bu munosabatda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, ushbu yo‘nalishdagi qonun, farmon va qarorlar asosiy me’yoriy-huquqiy asos hisoblanadi. Konstitutsiyaga ko‘ra, xalqaro xuquqning umuman olingan tamoyil va me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mazkur huquqiy tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu ijtimoiy-mehnat sohasida BMTning inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948), Sotsial rivojlantirish to‘g‘risida Kopengagen deklaratsiyasi (1995) va O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalaridir.


  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish