Men1 : - Diplom siz uchun qanchalik muhim ?
Men2 : - Men bu gapimni o’qishga kirishdan oldin ham ko’p aytganman va hozir ham aytaman. “ Men universitetga diplom uchun kirmaganman. Men universitetga ilm olish uchun kirganman”.
Men1 : - Unda qanday qlib ish topmoqchisiz ?
Men2 : - IT sohasining eng zo’r tomoni shundaki, hech bir ish beruvchi sizdan diplom so’ramaydi. Siz ishga kirmoqchi bo’lgan paytingiz seni diploming bormi deb savol berishmaydi, seni qo’lingdan nima keladi deb savol berishadi. Umumiy qilib aytganda : “Oliy ta’lim kerak, lekin diplom kerak emas.” 1
Men1 : - Men2 ajoyib suhbat uchun tashakkur, kelgusi ishlaringizda omad tilayman.
Men2 : - Sizga ham rahmat, ajoyib suhbat bo’ldi.
1. Ushbu jumla IT tadbirkor : Abdusattor Abdurahimovga tegishli.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, yuqoridaga barcha fikrlarim mening shaxsiy fikrlarim. Ushbu fikrlarni kimdir qoralash yoki oqlash uchun bildirmadim. Iloji boricha holisona fikr bildirishga harakat qildim. O’zimning shaxsiy qarashlarimni Men2 obrazida yoritib berishga harakat qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |