Oygul Suyundiqova tarjimasi
Tez yordam - yordamga shay
Zuhra Roziyeva
Oqshom. Boburjonga oyisi yana yangi ertak aytib berarkan, uning qongiroq sochlarini silab-silab qoyardi. Xonada oyisining mayin ovozi eshitilar, ertakning qiziqligidan hatto tunchiroq ham uni berilib tinglayotganga oxshardi. Shu payt tosatdan kochadan allaqanday mashinaning baland hushtagi eishitildi-yu, hammani chochitib yubordi.
- Oyijon, bu nimaning ovozi?
- Hozir, oppogim, - oyisi ornidan turib derazadan qaradi-yu, - tinchlik bolsin-da, - deb qoydi.
Bu tez tibbiy yordam mashinasining hushtak ovozi edi. U bemorlarga tez tibbiy xizmat korsatish uchun ketayotganida hushtak chalar, atrofdagi mashinalar esa unga yon berishlari kerak edi. Kim bilsin, balki bu mashina ichida hozir bemor qariya yoki kasal bola bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |