Kirish Bugun mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha olib borilayotgan keng islohotlar natijasida budjet jarayonining shaffofligini hamda budjet jarayonida fuqarolar ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bois, mamlakatimizda budjet mablag‘larining sarflanishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda fuqarolarni budjet jarayoniga keng jalb qilish maqsadida joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Davlat budjeti ma'lumotlarining ochiqligini ta'minlash hamda byudjet jarayonlariga fuqarolarni keng jalb qilish Moliya vazirligining ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib, mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik tomonidan – “Ochiq budjet” axborot portali yangi tahrirda ishga tushirildi.
Men Umarov Navro’zbek Bo’ron o’g’li Samarqand viloyat tumani Moliya bo'limida amaliyot o'tadim.
Amaliyot davrida moliya bo‘limi faoliyati va xodimlarining xizmat vazifalari bilan tanishish, kasbiy-amaliy bilimlarini o‘rganish kabi malaka va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Shuningdek, moliya bo‘limining tashkiliy tuzilishi, funksiyasi va vazifalari bilan tanishib chiqdim. Shu bilan birga, amaliyot davrida amaliyot obyektining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib bordim.
Ishlab chiqarish amaliyotining dastlabki kuni tuman moliya bo’limining tashkiliy tuzilishi, bo’limlari va sho’balari ish faoliyati bilan tanishib chiqdim. Amaliyot joyidan biriktirilgan mas’ul xodim menga amaliyot obyektining ichki intizomi, bo’limlarning ish faoliyati to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi. Amaliyot tuman moliya bo’limining barcha bo’lim va sho’balari (ikkita bo’lim va beshta sho’ba) da o’tkazildi. Talabadan amaliyot o’tash davomida amaliyot o’tiladigan har bir ish o’rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari, “UzASBO” DM, “DMBAT”, 1C zamonaviy vebtexnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari bilan tanishib chiqish kabi jarayonlarda bevosita ishtirok etdim.
Bo‘limning asosiy vazifalari :
- byudjet va byudjetdan tashqari harakat smetasini tuzish;
- byudjet va byudjetdan smetasini va shtat jadvalini yuqori tegishli moliya organlardan ro’yxatdan o‘tkazish;
- zarur hollarda o‘rnatilgan tartibda xarajat smetasi va shtat jadvaliga o‘zgartirishni kiritish;
- rahbariyatga bayram munosobatlari bilan va xodimlarning ish samarasiga ko‘ra (imkoniyat doirasida) xodimlarni mukofotlash bo‘yicha takliflar kiritish ;