Men sevgan asar Reja



Download 74,05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.01.2022
Hajmi74,05 Kb.
#401486
Bog'liq
BaymuratovD Akadnutq Men sevgan asar



Men sevgan asar 

Reja: 

Kirish 


Asosiy qism 

1.

 



Mening sevimli asarimning muallifi O’tkir Hoshimov haqida bir og’iz so’z. 

2.

 



“Ikki eshik orasi” romani o’zbek xalqining matonatini o’zida jamlagan bitik. 

3.

 



Roman qahramonlarining o’ziga xos fazilatlari. 

Xulosa 


 

O`zbekiston  xalq  yozuvchisi O`tkir  Hoshimovning "Ikki  eshik  orasi"  romani 

adibning  eng  salmoqli  asarlaridan  biri  hisoblanadi.  Romanda  o`zbek  xalqining 

fazilatlari  -  jumardligi,  har  qanday  vaziyatda  ham  imonini  yo`qotmasligi, 

mehridaryoligi, teran tuyg`ular, yorqin bo`yoqlarda tasvirlangan.Asarda adib qariyb 

qirq yillik davrni o`z ichiga olgan bir qancha murakkab taqdirlar misolida o`zbek 

xalqining  urush  davridagi  hayoti,  umr  yo`lidagi  chigalliklarni  mahorat  bilan 

qalamga  olgan.  Asarda  zamonning  tuganmas  azob  toshlariga  uchragan,  insoniy 

qadr-qimmatini  yo`qotmagan  insonlar,  o`z  taqdirini  Vatan  taqdiri  bilan  bog`lagan 

xalq  qismati  tasvirlangan.  Asarni  o`qigan  kitobxon  ijodkorning  o`sha  davr  ruhini 

asarda  to`liq  mujassam  ettira  olganligiga  guvoh  bo`ladi

.

  Avvalambor,  sevimli 



asarimning dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan inson haqida bir og’iz aytib o’tsam. 

Bu  asar,  ya’ni  “Iki  eshik  orasi’’da  asari.  Bu  asarni  1986-yilda  O’tkir  Hoshimov 

tomonidan yaratilgan. Ijodkor 1941-yilda 5-avgust kuni Toshkentning Do’mbrobod 

degan joyida tug’ilgan. O’quvchilik chog’laridayoq ijod bilan shug’ullangan. Adib 

–o’ndan ortiq roman va qissa, ko’plab ta’sirchan hikoyalar,bir necha sahna asarlari 

muallifi.U dastlabki yirik asari bilan ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga 

tushgan.  Biz  maktabda  bu  ijodkorning  “Bolaning  ko’ngli  podsho”  hikoyasini  va 

“Urushning so’ngi qurboni”hikoyalarini o’rganganmiz. Shu jarayonda ijodkorning 

asarlariga mehr qo’yganman. Keyinchalik uning ko’plab asarlarini o’qib chiqdim, 



jumladan, uning “Ikki eshik orasi” da romanini ham. Bu asar mamlakatimizda ham, 

chet ellarda ham sevib o’qilishiga ishonchim komil. 

Bu asar o’tgan davr mobaynida bir necha bor nashr etilgan. Roman nisbatan 

qisqa  fursatda  olti  marta  uch  yuz  mingdan  ortiq  nusxada  nashr  qilingan.  Ushbu 

roman  Toshkent  yaqinidagi  qishloqlarning  birining  chorak  asrlik  hayoti  haqida 

hikoya  qilinishi  asnosida  butun  o’zbek  xalqining  urush  yillaridagi  matonati  va 

jasorati tasvirlanadi. Undagi voqealar urush arafalarida boshlanadi, urush yillarida 

va  urushdan  keyingi  davrda  davom  etadi,  1966-yildagi  Toshkent  zilzilasi  bilan 

tugaydi. 

Bu  asar  bir  qator  o’ziga  xosliklarga  ham  ega.  Muallif,  birinchi 

navbatda, urushni  qoralaydi,  uning  insoniyat  boshiga  og’ir  kulfatlar  olib  kelishi 

mohiyatini  ochadi,  uning  jarohatlari  odamlarga  ozor  yetkazishini  ko’rsatadi.  Shu 

bilan  birga  muallif  oddiy  odamlarning,ayniqsa,  urush  yillarida  yorqin  bo’lgan 

fazilalatlarini, vatanparvarligi, bardoshi, matonatini ko’rsatadi. 

“Ikki  eshik  orasi’’  da  asaridagi  qahramonlar  ham  bir  birini  to’ldirib  asarga 

o’zgacha ko’rk bag’ishlagan. Asardagi Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabi 

qahramonlar  o’zining  yorqin  fe’l-atvori,  ajabtovur  qiliqlari  va  fazilatlari  bilan 

barchamizga  o’rnak  bo’la  oladi.  Muallif,  ayniqsa,  Orif  oqsoqol  obrazini  yoritib 

bergan.  U  ayni  chog’da,  haqiqatni  yuzga  aytishdan  cho’chimaydigan  shartaki, 

jasoratli  odam.  U  odamlarni  baholashda  o’z  me’yoriga  ega-  odamning  belida 

belbog’i  bo’lishi  kerak  degan  aqidaga  amal  qiladigan  mard  insonlardan  biridir. 

Belbog’ uning uchun huddi ota-bobolarimizdek mardlik, tantilik,odamlik belgisi. 

Romanda Kimsan Xusanov obrazi ham ajoyib. U ham mard,tanti,oriyatli yigit. 

Ammo  u  urushda  halok  bo’ladi.  Ammo  o’limi  oldidan  ham  jasorat  ko’rsatib  bir 

necha fashistlarning kapitanini o’zi bilan birga suv tubiga g’arq qilib olib ketadi. 

Asardagi  ayol  obrazlar  ham  bir-birini  to’ldirib  o’zbek  ayolining  matonatini 

yaqqol ochib bergan. Qora amma esa juda mehribon, farzandlari uchun jonini ham 



berishga  tayyor  ona  obrazini  yoritadi. Robiya  esa  soflikni,  halollikni,  ma’naviy 

barkamollikni juda yaxshi ochib bergan. 

Romanning  asosiy  qahramonlaridan  biri  bo’lmish  Muzaffar  Shomurodov  va 

Munavvar  Aliyevalar  o’sha  mashum  urushning  qaysidir  ma’noda  qurbonlari 

bo’lishdi. Urushdan keyin tug’ilgan bu ikki yosh bir-birini samimiy sevadi.Ammo 

ular keyinroq ko’kaldosh bo’lib chiqishadi. 

Romandagi yana bir asosiy qahramonlardan biri-Shomurodning xotini Ra’no 

edi. Xalqimizda kurmaksiz guruch bo’lmas deganlaridek Ra’no ham o’zining eriga 

xiyonat qiladi.Ya’ni u subutsiz,o’ylamay ish qiladigan, o’z baxtini avaylamaydigan 

ayol bo’ladi. 

Shuni xulosa qilish mumkinki,bu asar hayotiyligi bilan,tabiiyligi bilan ajralib 

turadi.Bu roman xalq hayotining muhim jihatlarini ochib berishi, odamlarimizning 

go’zal va barkamol ma’naviy qiyofalarini ko’rsatishi bilan katta badiiy qimmat kasb 

etadi. 


 

1003 guruhi talabasi 

Baymuratov Dastan 

 

 

 



Download 74,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish