Men Samarqand viloyatida tug’ilganman.Har bir shahar yoki qishloqda yashovchi kishilar ozi tug’ilgan joy tarixi,ajdodlari,joy nomlarining kelib chiqish sababini,qadimiy nomlar mohiyatini izlashni va anglashni istaganidek yoshligimdan qishlog’imning nomlanishi meni ham qiziqtirib kelgan.Men tug’ilgan qishloq Erganakli deb nomlanadi.Erganakli nomining tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi.Eng avvalo,qishlog’imizdagi yoshi ulug’ kishilardan so’rab,bu nomning kelib chiqishi haqida bir necha nazariyalarni bilib oldim.Hozirgi kunda bizning qishloqda yashovchilarning asosiy qismi yuz urug’idandir.”Erganakli” katta el deganidir.
Bundan tashqari, “Erganakli” so’zining turli xil ma’nolari mavjuddir.Xususan,chayla,o’tov boshiga ilingan dubulg’a,o’g’uz lahjasida to’siq,panjara deb ham ataladi.Bunday deb atashga asos ham bor.Qadimda irgan dubulg’a daraxtlarini ham “Erganakli” deb atashgan.Bu daraxt novdalaridan qamchi,cho’ponlar cho’pon tayoqlarini yasashgan.Agar qamchi dastasidagi pindiqlar soni yettitadan ortiq bo’lsa bu yigitga baxt va omad olib keladi,deb hisoblashgan.”Erganak”-o’tovning eshigi ma’nosida ham qo’llanilgan.Bu eshik shaklan narvonga o’xshash,4-5 dastali,ikki tabaqali bo’lgan.Bundan ma’lumki,bu so’z kelib chiqishi jihatidan uzoq davrlarga borib taqaladi.
Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarai turk” asarida ham bir rivoyat keltirilgan bo’lib,u “Qayon birlan Nukuzning Arkanaqung’a borib yurt qilib o’lturg’anlari zikri” da keltirilgan.Bu rivoyatda Qayon va Nukuzning dushmanlardan qochib,yakka bir so’qmoqdan o’tib,to’rt tomoni tog’lar bilan o’ralgan daraga borib qo’nim topganligi va u yerda keyinchalik ularning avlodlaridan katta qabila paydo bo’lganligi,ularning bu tog’dan chiqishga uringanliklari va o’tin to’plab,tog’ni eritib bir yukli tuya sig’adidan g’or ochib chiqqanligi,aynan shu kun o’sha davrdan boshlab iyd hisoblanishi yoritilgan.Bu darani ular “ARKANAQUN” deb atashgan.Davrlar o’tishi bilan bu nom fonetik o’zgarishlarga uchrab, “ERGANAKON” holiga kelgan.Hozirda turkiy xalqlarda “ERGANAKLI” ya’ni “ERGANAKON” nomli tarixiy doston mavjud.Bu doston ko’pchiligimizga ma’lum emas.
Qishlog’imiz tarixi bilan izlanishim jarayonida mahallamiz raisi G.O’rolov bilan suhbatlashdim va “ERGANAKON” dostoni hozirda ham turkey xalqlarning eng qadimiy va sevimli dostonlaridan biri ekanligini,shu bilan birga Turkiyada “ERGANAKON” bayrami ham mavjud ekanligini bilib oldim va menda faxr tuyg’usi uyg’ondi.
“ERGANAKON” dostonida ajdodlarimizning 400 yil tog’lar orasida kechirgan hayoti,ular yashayotgan joydan chiqishning hech qanday iloji bo’lmaganligi,axiyri bir kuni bir ayol tog’ toshlaridan o’choq yasab olov yoqqanida tog’ toshlarining eruvchanligini aniqlagani,shu orqali ular tog’ning eruvchan toshlari mavjud bo’lgan tomoniga o’tin to’plashib tog’dan g’or hosil qilib tog’dan chiqishganlari haqidadir. Ajdodlarimizning tog’dan g’or orqali o’tgan vaqti 21-mart kuni hisoblanadi.Shu sababdan hozirda ha Turkiyada har yili 21-mart kuni “Navro’z” tantanalari bilan birgalikda “Erganakon” (“Erganak”-ajdodlarimizning tog’dan chiqish bayrami) bayrami ham nishonlanadi.Bu bayramda davlat raxbarlari avval olov ustidan sakrab o’tishadi,undan so’ng avvaldan tayyorlanib qo’yilgan bolg’a bilan tog’ toshiga uriladi.Bayramdan so’ng,”ERGANAKON” dostoniga bag’ishlangan ilmiy konferensiyalar bo’lib o’tadi.Shu tog’ orasidan chiqqan elning ilk urug’laridan tarqalgan xalqlar o’zlari borib o’rnashgan joyga “ERGANAKLI” deb nom berishgan.
“Erganak” hozirgi kunda ham o’g’uz lahjasida uy atrofini o’rab turuvchi to’siq ma’nosida ishlatiladi.
Men o’z qishlog’imning tarixiy nomidan bexabar vaqtim ko’pchilikka qishlog’imning nomini aytishga uyalar,aytsam ham qayta-qayta so’rashar va kulib qo’yishar edi.Bundan ranjir edim,albatta.Shunday vaqtlarda “Nega men bu qishloqda tug’ilganman?”,”Nega qishlog’imiz bunaqa nomlangan?”,-deb o’ylar edim.Hozir esa qishlog’imizning tarixiy nomini bilganimdan so’ng,uyalish hissini faxr tuyg’usi egalladi.
Onomastik tadqiqotlar shunisi bilan ahamiyatliki,biz joy nomlarini,ma’lum ma’noda vatanimiz tarixini o’rganish,tarixiy madaniy an’analarimizni e’zozlash kabi ulug’vor maqsadlarni anglab yetishimiz,ajdodlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.Shunday ekan,har bir inson o’z tug’ilgan joyi nomining qanday ma’no anglatishi,uning tarixiy kelib chiqishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |