Men O’zbekiston farzandiman



Download 453,61 Kb.
Sana07.03.2022
Hajmi453,61 Kb.
#485985
Bog'liq
men O\'zbekiston farzandiman

Men O’zbekiston farzandiman .

Tayyorladi: 14-20 guruh talabalari :Yusupova Ziyoda, Agzamova Zarina , Xolxo’jayeva Madina .

MEN ISTIQLOL FARZANDIMAN

 Insoniyat paydo bo‘libdiki, erkka intilib yashaydi. Ozodlik eng muqaddas tushuncha. Zero, erkinlik va ozodlik ta’minlangan joyda inson o‘zligini namoyon qila oladi, shundagina bunyodkorlik, obodlik, taraqqiyot, farovonlik va komillikka erishishi mumkin.


Yurtboshimiz aytganlaridek, men uchun O‘zbekiston deya atalmish go‘zal va betakror o‘lkada tug‘ilib, uning bag‘rida kamol topayotganligim, mustaqil mamlakatning hur farzandi ekanligim katta baxt. Xalqimizga erkinlik va ozodlik, baxtu saodat, umid va ishonch sururini baxsh etgan eng ulug‘, eng muqaddas ayyom — istiqlol sanasi bilan tengdosh ekanligim qalbimda faxr va g‘urur uyg‘otadi. Zero, mustaqillik — yorug‘ istiqbolimiz, kelajagimiz kafolatidir.
Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek obod, xonadonlari fayzli va farovon, odamlari baxt­li, farzandlari esa bilimdon va zukko bo‘ladi. Shuning uchun Vatan ozodligi va mustaqilligi har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir.
Vatan ozodligi ajdodlarimizning buyuk armoni va muqaddas e’tiqodi bo‘lib, ular bu yo‘lda jonlarini fido qilishdan ham qaytmaganlar. Shiroq matonati, To‘maris jasorati, Najmiddin Kubro, Jalolliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz, shuningdek, o‘tgan asr boshlarida yashab o‘tgan ma’rifatparvar bobolarimizning ozodlik yo‘lidagi kurashlari vatanparvarlikning yuksak namunasidir. Ularning qahramonlik va fidoyiliklari, hayot yo‘llari biz yoshlarga hamisha ibrat bo‘lib qoladi. Mamlakatimizda biz yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik eng yuksak darajaga ko‘tarilgan. O‘z navbatida yurtimiz farzandlari o‘z bilim va iqtidorlarini butun dunyoga namoyish etib, Vatan sha’nini yanada yuksaklarga ko‘tarmoqda. Mustaqil O‘zbekiston yoshlari xalqaro sport va fan olimpiadalarining yuqori shohsupalarini egallab, vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqdalar. Iste’dodli tengdoshlarimiz milliy hunarmandchilikning mo‘‘jizaviy bezak va buyumlari bilan jahonni lol qoldirmoqda.
Ha, davlatimizda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq, faqat undan unumli va samarali foydalana bilsak bas. Bu borada Prezidentimizning qu­yidagi so‘zlari barchamizni yangidan-yangi marralarga undaydi: “O‘zbek millatining, o‘zbek farzandlarining qobiliyat, zehn-zakovat, tirish­qoqlik borasida boshqa hech bir millat yoki xalqdan qolishadigan joyi yo‘q. Faqat mavjud intellektual imkoniyatlarimizni to‘liq ishga solishimiz, ulardan mukammal tarzda foydalana bilish zarur...”
Bizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar zamiridagi ulkan ishonchni bir zum ham unutishga haqqimiz yo‘q. Vatanimizni, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash biz yoshlarning muqaddas burchimizdir. Zero Mustaqillik timsolida biz o‘zimizni, yorug‘ kelajagimizni, baxtu iqbolimizni ko‘ramiz.
Men O'zbek farzandiman
Allalari yupanchiq olamga,
Dunyo tiz cho'kkan soyamga,
Quloq tut mening nolamga- Ey dunyo,
Men o'zbek farzandiman.
Buxoriyu Farg'oniylar makonim,
Yoshlarim qalbimda qalqonim,
Bugun keldi mening zamonim- Ey dunyo,
Men o'zbek farzandiman.
Tingla jaxon so'zlarim isbotiman,
Men buyuk ajdodlar avlodiman,
Alisheru Boburiylar bayotiman- Ey dunyo,
Men o'zbek farzandiman.
Qaylardayding Temuriydan cho'chganda,
Alpomishim kamonlari uchganda,
Beruniy yuldizlarin quchganda- Ey dunyo,
Men o'zbek farzandiman.
Ko'zlaring kuymasin aytsam,
Mardu-maydonlarim mujassam
Sening qarshingda ichgayman qasam- Ey dunyo,
Men o'zbek farzandiman.
Ko'z toymas ko'zlar xumoriman,
Ey dunyo, men dunyo gulzoriman,
Ko'z tegmas gulzor tumoriman- Ey dunyo,
Men o'zbek farzandiman.
Xilpiragan bayroqlarim go'zal,
Xar yozgan so'zlarim g'azal,
O'zbek bugun dunyoni ko'zlar- Ey dunyo,
Men o'zbek farzandiman.
Muallif: D. Isroilov.
Download 453,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish