Yurtim, senga she'r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o'z yurtin butun —
Olam aro atagan tanho.
Ular she'ri uchdi ko'p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o'lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O'tirmasman ertaklar so'zlab,
Musallo deb yo'nmasman qalam.
Ko'klamingdan olib sururni,
Dovrug' soldi ustoz Olimjon,
G'afur G'ulom tuygan g'ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tariх qadamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Bunga Abdulla Oripovning «Saylanma» (1996) to‘plamini o‘qib amin bo‘lishimiz mumkin. Ayniqsa, istiqlol g‘oyasi, el-yurt mustaqilligi, ona Vatanni ozod va obod ko‘rish istagi satrdan-satrga parvarish topib, ajib bir porloqlik hosil qiladi. Shoirning «Men nechun sevaman O‘zbekistonni», «O‘zbekistonda kuz», «Kuz» kabi 60-yillarda yozilgan she'rlaridayoq istiqlol nurlari jilva qilgandek bo‘ladi. Xullas, Vatan va xalqqa mehr-muhabbat, tabiatni sevish, ardoqlash, imonli, vijdonli insonlarga madhiyalar o‘qish, goh yig‘lab, goh quvonib kuylash shoir tuyg‘ulari ummonini tashkil etadi.
Shuningdek Abdulla Oripov Oʻzbekiston xalqi va millatini oʻtmishini bayon qilib kelajagini mustahkamlovchi, oʻzbekiston hududida yashayotgan har bir insonning qalbida oʻzgacha bir gʻurur va iftixor tuygʻularini junbushga keltiruvchi, har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas hisoblangan onavatanni madh etuvchi, oʻzbekiston respublikasi davlat madhiyasining muallifi hamdir...
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Abdulla Oripov ijodining hozirgi bosqichi yana ham tuyg‘ularga boy, fayzli va serbarakadir. Jumladan, «Haj daftari» (1992) turkumiga kirgan she'rlarida endi shoir ma'naviyatimiz manbalarini kashf etish yo‘lidan boradi. Qur'oni Karim, Hadisi shariflardan zamonaviy ma'nolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg sifatida ham ma'lum va mashhurdir. Xususan, «Jannatga yo‘l» dostoni va «Sohibqiron» (1996) she'riy dramasi shoirga katta shuhrat keltirgan asarlardir.
Abdulla Oripov iste'dodli tarjimon sifatida Dantening «Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girgan. Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliyev asarlarini ham ona tiliga tarjima qilgan. U O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi hamdir. 2000-2001 yillarda Abdulla Oripov asarlarining to‘rt jildi nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ldi.
Ijodkorning she'riy majmualari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan. Abdulla Oripov - noyob iste'dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she'riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she'riyati katta o‘rin tutadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, Ta'lim, Sanoat va San'at xalqaro akademiyasining haqiqiy a'zosidir. Mustaqilligimizning yetti yilligida unga birinchilardan bo‘lib «O‘zbekiston Qahramoni» degan yuksak unvon berildi.Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi “Oʼzbekiston Qahramoni va xalq shoiri Аbdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi 4906-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shu kunlarda butun yurtimiz boʼylab ulugʼ soʼz sanʼatkori Аbdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda.
Jumladan, joriy yilning 19 mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida Oʼzbekiston Qahramoni Аbdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan shoirning hayoti va faoliyati, boy ilmiy-ijodiy merosini yanada chuqurroq oʼrganish maqsadida, Аkademiyamizda tashkil etilgan “Аbdulla Oripov ijodida Vatan madhi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti “Аdabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Аbdulla Ulugʼov, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʼlimi mutaxassisi Nargiza Аsadova, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Marhabo Qoʼchqorova hamda akademiyaning professor-oʼqituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan yoshlarimizning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, jismonan va ruhan sogʼlom shaxs sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, fidoyilik, keng dunyoqarashga ega komil inson boʼlishga intilish tuygʼusini shakllantirishga yurtimizda yuksak eʼtibor qaratilayotganligi va koʼplab ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarga Аbdulla Oripov nomi berilayotganini alohida eʼtirof etdilar.
Shuningdek, adib ijodiy sarchashmalari oʼzbek adabiyotining yorqin sahifalaridan biri ekanligi hamda fan taraqqiyotimiz rivojida olib borgan xizmatlari munosib taqdirlanib, Аbdulla Oripovga 1998 yilda “Oʼzbekiston Qahramoni” unvoni berilgani, shoirning ijodiy merosi yoshlarda ona Vatanga sadoqat va muhabbat, vatanparvarlik, poklik kabi insoniylik tuygʼularini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.
Abdulla Oripov
1941-2016
Tadbir yakunida akademiyaning harbiy xizmatchilari va kursantlari tomonidan Аbdulla Oripov ijodiy asalari va sheʼriy toʼplamlaridan namunalar ijro eitldi. Аyniqsa, akademiyaning “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi boshligʼi podpolkovnik Savriddin Najmiev tomonidan Аbdulla Oripovning “Birinchi muhabbatim” sheʼrini jonli ijro etgani ishtrokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |