Men Jonibekov Abdurahmon Ruslanbekovich 11.01.1998 yilda Xiva tumani Sayot qishlog’i Sayot mahallasida tug’ulganman. Men tug’ulgan vaqtlarda otam ustachilik va dehqonchilik ishlari bilan shug’ullangan onam uy bekasi. Ijtimoiy va moddiy o’rtacha sharoitda yashaganmiz oilaviy tarkibi otam, onam, akam, men va ukam 5 kishidan iborat. Oilamizda maishiy sharoitlar bo’lmagan shu paytlarda ota onam akam va otam onamning va qarindoshlarim bilan juda ahil inoq bo’lib yashaganmiz. Osha paytlarda hayotimning asosiy hodisasi otam onamning menga bo’lgan e’tibori va ukamning dunyoga kelishi bo’lgan. Oila azolarimning sog’liqlari ancha yaxshi bo’lgan lekin akamning boshiga yiqilib zarba olishi tufali ko’z zrenyasi ketishi va ko’z oldiga parda kelgan. Menda qattiq jarohatlanishlar bo’lmagan oddiy tana shilinishlari bo’lgan va sovuq suv ichishim tufayli istmam oshishi bazi bazida bo’lib turgan. Mening tarbiyamga otam onam birday ma’sul bolishgan. Bolalik davrimda otam menga qo’rqmaslikni chaqqonlikni va turli xil jismoniy mashqlarni o’rgatganlar. Onam o’qishimda yozishimda va shaxsiy gigiyenalarni o’rgatgan. 5 yoshimda Lola nomli maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilinganman. U yerda sevimli o’yinlarim quvnoq startler, oq terakmi ko’k terak oyinlarini o’ynardim va eng yoqtirib o’ynaydigan o’yinchoqlarim top, mashina, pistolet o’yinchoqlari bo’lgan. Meni kattalar tomonidan maqullanadigan qobilyatlarim o’qish, yozish, chaqqonlikim va boshqalarga nisbatan ko’rib o’rganish qobilyatim yuqoriligini gapirib turishardi. Men maktabgacha ta’lim muassasida o’zimning tengdoshlarimdan oldin yurushni va hamma narsada ulardan birinchi bo’lishni ulardan ortda yoki teng bo’lishni hohlamasdim. Men maktabgacha ta’lim muassasida tengdoshlarimga nisbatan epchilligim yaxshi o’qishim va yozishim fikrlash qobilyatim yaxshiligi inobatga olinib 6 yoshimda 2004-yil sentabr oyida 16-son umum o’rta ta’lim maktabiga o’qishga qabul qilindim. Bu davrda oilaviy moddiy va ijtimoiy o’rtacha bo’lib oilamizdagi munosabatlar ancha yaxshi menga o’qishda yozishda onam yordam berardi. Maktabda o’qishimning birinchi yillardagi ta’surotlarim ko’pchilikka qo’shilish ular bilan do’stlashish menda oson bo’lgan. Ustozlarimning menga bo’lgan munosabatlari va rag’batlari so’zlarini eshitish uchun maktabda yaxshi o’qishga harakat qilardim. Maktabda menga yoqadigan fanlar jismoniy tarbiya, matematika, ona tili, adabiyot va rus tili fanlarini yoqtirardim. Ona tili va adabiyot fanlari tadbirlarida boshqa sinflar bilan bellashuvlarda faol qatnashib guruh sardori bo’lib ishtirok etar edim. Menga bo’lgan topshiriqlarni be hato bajarish uchun tengdoshlarimdan oldinda bolishda yaxshi o’zlashtirishga harakat qilardim. Bu davrda sinf rahbarim ustozlarim tomonidan rag’batlanishimni hohlaganim tufayli deyarli ko’chaga o’ynash be sabab yurushdan voz kechganman va yaxshi o’qishga harakat qilganman. Shu paytlarda do’stlarim ko’p bo’lgan tengdoshlarim va sinfda ham yetakchi o’rinda turganman va futbol o’yinida quvnoq startlarda estafeta o’yinlarida sardor bo’lib ishtirok etar edim. Tengdoshlarim bilan kelishmovchilik bo’lmagan bazi bazida musobaqa va tadbirlarda yutqazib qo’ysak janjallashib turar edik. Men kattalardan eng ko’p ota onam va akamga ishonardim chunki ular menga qo’lidan kelgancha yordam berishardi va himoya qilishardi. Uydan be so’roq ko’chaga o’ynashga chiqsam onam bazi bazida jazolab turardi. Maktab davrimdagi yoqimli hotiralar do’stlarimning ko’pligi va jamoaviy musobaqalarda boshqa sinflarni yutishimiz g’olib bolishimiz darslarda ham matematika fanidan olimpiyadalarga borishim o’qituvchilar tomonidan tez tez rag’batlanib turishim. Jamoaviy tashkilotlarda har doimgiday faol ishtirok etib turli xil tadbirlar hasharlar va sport musobaqalarda ishtirok etib topshiriqlarni odatdagiday qabul qilardim bu menga qiyinchiliq tug’dirmagan. Oqishlarimda qiyinchiliklar bo’lmagan maktabda ustozlarim uyda onam yordam berib turishardi. Maktabda 1-chi sinfdan 5-chi sinfimgacha faqat o’qish bilan shug’ullanganman. 5-chi sinfimdan sportning stol tennis va kurash mashg’ulotlariga ham bora boshlaganman. Ota onam bilan munosabatlarimiz juda yaxshi bo’lgan. Ota onam menga ko’p etibor berishardi qiynalsam yordamlashishardi va o’z vaqtida qattiq qo’llik qilishardi. Ular bilan ziddiyatlikga bormaganmiz ota aytgan gaplarni buyurgan ishlarni so’zsiz bajarardim chunki yosh paytimdan buyon menga qattiq qo’l bo’lganlar. Men maktabdagi o’rtoqlarim bilan munosabatlarim juda yaxshi bo’lgan maktabdan tashqaridagi o’rtoqlarim bilan unchalik emas chunki ota onam be sabab ko’chada yurishimga qarshi bo’lishgan. Ozimga yaqin olgan do’stlarim orasida har doimgiday yetakchi bo’lganman. Ular bilan ziddiyatchilikga bormaganmiz chunki ular meni hurmat qilishardi. Umumiy ta’lim bilan bir qatorda sportni stol tennis va kurash bilan muntazam shug’ullanib boshladim. Stol tennis sportidan yaxshi natijalariga erishib boshlaganim tufayli faqat stol tennis sportini tanladim va maktab birinchiligi tuman birinchilikgi birichiliklarida faxrli o’rinlarni egallab boshladim va asta sekin bu sportga qiziqishim ortib tuman birinchiliklarida faxrli 1-o’rinni viloyat bosqichlarida 2 - 3 – o’rinlarini egallay boshladim. 2012-yil 8-sinfimda O’zbekiston umid nihollari musobaqalari boshlandi va men viloyat birinchiligida faxrli 1-o’rinni egallab Respublika bosqichiga yo’llanma oldim. Respublikada ham yaxshi natijaga erishish maqsadida sport mashg’ulot yig’inlariga qatnay boshladim. Xorazm terma jamoasi qatorida mashg’ulotlarni davom ettirdim va umid nihollari o’yinlariga yo’l oldim musobaqada ishtirokimni boshladim. Sportchilarni yaxshi tayyorgarligi va ularga nisbatan mening tajribam pasligi tufayli faxrli o’rinlarni egallay olmadim. 2013-yil 9-sinfimda bitiruv imtihonlarimni a’lo va yaxshi baxolarga topshirib maktabni bitirdim va sport faoliyatimdagi natijalarimni yanada yaxshilash maqsadida Urganch olimpiya zahiralari ko’llejining stol tennis sport yo’nalishiga o’qishga topshirdim. 2013-yil kirish imtihonlarini a’lo darajada topshirib sentabr oyida Urganch olimpiya zahiralari ko’llejiga qabul qilindim. O’qishga kirganimdan keyin Xorazm terma jamoasi azosiga aylandim. Yangi jamoaga qo’shilishimda ozgina qiyinchilik bo’ldi chunki bu yerda hamma narsa o’z vaqtida va qattiq tartib qoidalar asosida o’qish va mashg’ulot jarayoni olib borilar ekan. 2014-yil Respblika musoboqalarida yaxshi ishtirokchi sifatida tanildim. 2015 – yil O’zbekiston kubogi musoboqasida Xorazm terma jamoasida ishtirok etib 3-o’rinni egalladik. Meni musobaqalarda yaxshi ishtirok etib boryotganim tufayli shu yili O’zbekiston terma jamoasi safiga qabul qilindim va Respublika mashg’ulotlar yig’inlarida ishtirok eta boshladim. 2016-yil Respublika birinchiligida faxrli 1-chi o’rinni egallab oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz byudjet asosida o’qishga qabul qilinish imtiyozini qo’lga kiritdim. Shu yilni o’zida yaxshi ishtirokim va natijalarim inobatga olinib O’zbekiston sport ustasi unvoni bilan taqdirlandim. 2016 – yil iyun oyida Urganch olimpiya zahiralari ko’llejining yaxshi va qoniqarli baholariga tugatdim. 2016 – yil yo’llanmani qo’lga kiritib Urganch Davlat Universitetiga jismoniy madaniyat yo’nalishiga topshirdim vas hu yili sentabr oyidan Urganch Davlat Universitetiga o’qishga qabul qilindim. Universitetga sentabr oyidan o’qishga qatnay boshladim u yerda o’qish va mashg’ulotlar qilish uchun hamma sharoitlar yaratilgan va men juda hursand bo’ldim. Kursdoshlarim bilan tanishib o’qish va mashg’ulotlar jarayonida yaxshi o’zlashtirishga va yaxshi qatnashishga harakat qildim. O’qituvchilarim bilan yaxshi munosabatda bo’lganman chunki ularni hurmat qilardim va buyurgan topshiriqlarini iloji boricha hatosiz bajarishga harakat qilardim. Qursdoshlarim bilan ham yaxshi munosabatda bo’lganmiz menga hurmat va havas bilan qarashardi chunki o’qishga byudjet asosida va erishgan yutuqlarimni hammasi ham bajarib ulgurishmagan edi. Bizni gruppada ayollar bo’lmagan ayollar alohida o’qitilgan ayollarga munosabatim unchalik etibor bo’lmagan chunki o’qishda mendan o’zib ketgan o’qish va sport sohasidagi yigitlar ham bor edi. Men ulardan ortda qolmaslik uchun ham undan yaxshi natijalarga erishish maqsadida bor etiborimni mashg’ulotlarga qaratganman. 2017 – yilda 1998-1997 yillar o’rtasida O’zbekiston birinchiligi musobaqasi bo’lib o’tdi va bu musobaqada yaxshi ishtirok etib faxrli 2-o’rinni egalladim. Ota onam ikkalasi ham belda grija bo’lganligi va ishga layoqatsizligi sababli moddiy tarafdan ozgina qiynalib qoldik. Men darslarimni tugatib qurilish ishlarida ishlay boshladm va mashg’ulotlarga bormay qo’ydim. 2018 – yil oilaviy sharoitimiz to’g’ri kelmaganligi va mashg’ulotlarga bormay qo’yganim sababli meni O’zbekiston terma jamoasidan chetlashtirishdi. 2019 – yil sport faoliyatimga qaytdim va mashg’ulotlarimni davom ettirdim shu yili O’zbekiston chempionatlari kuboglarida qatnashdim va yaxshi natijalarga erisha olmadim. 2020 – yil universitetlar o’rtasida O’zbekiston universiada bo’lib o’tdi va unda men qatnashdim faxrli 2-o’rinni egalladim. 2020 – yil iyun oyida yakuniy imtihonlar bo’lib o’tdi yaxshi va qoniqarli baholarga topshirib universitetni tugatdim. 2020 – yil sentabr oyida bir oylik harbiy xizmatni o’tashga ketdim harbiy xizamatni shovot 49093 harbiy qismda o’tadim. Harbiy xizmatga qiziqishim va shu sohani yoqtirganim sababli menga qiyinchilik bo’lmadi. Harbiy xizmatda esda qolarli va eng qiziqarli hotiralar jinoyatchiga qarshi kurashish va uni havfsiz va tez qurolsizlantirish harbiy jang san’atlari bo’ldi.