Men Bobosherov Akmal Sobir o’g’li.
Bir ming to’qqiz yuz to’qson to’rtinchi yil, o’ninchi yanvar kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida tug’ilganman.
Biz oilada olti kishimiz, ota-onam, xotinim va o’g’lim ham ukam bor.
Ikki ming birinchi yilda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi o’ttiz uchunchi maktabni birinchi sinfiga qabul qilinganman. Men ushbu maktabni ikki ming o’ninchi yilda tugatib Samarqand viloyati Narpay tumanidagi kasb-hunar kollejiga o’qishga kirganman va kollejni ikki ming o’n uchunchi yilda tugatganman.
Men ikki ming o’n uchunchi yildan to ikki ming yigirmanchi yilgacha turli sohalarda ishladim, ikki ming yigirmanchi yilda Uylandim va usha yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga o’qishga kirdim. Hozirda birinchi kurs talabasiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |