Meʼmorlik (Arxitektura)



Download 89,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi89,5 Kb.
#340693
  1   2   3
Bog'liq
Meʼmorlik - Vikipediya



Meʼmorlik

Meʼmorlik (Arxitektura) — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik

imkoniyatlar va jamiyatning estetik qarashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va

qurish 

sanʼati


. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan

avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. Meʼmorlik

asarlari qatoriga turli-tuman 

binolar


uy-joylar

meʼmoriy majmualar



maydonlar

shaharlar



, ulardagi

monumentlar

, usti ochiq va yopiq 

inshootlar

 kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar

va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan meʼmorlikning jamlovchi, eng murakkab sohasi —

shaharsozlik

 shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish

sohasi 

bogʻsozlik

 (bogʻ-park) sanʼatidir.

Meʼmorlik asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum gʻoyaviy-badiiy mazmunni, oʻz davrini

ifodalovchi meʼmoriy qiyofa — 

obrazni


 mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng mahobatli va

eng koʻp harajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon

boʻladi. Meʼmorlik boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, oʻymakorlik, ganchkorlik

kabi) oʻzida mujassam etishi bilan sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar oʻzaro mutanosib,

hamohang boʻlishini nazarda tutib meʼmoriy qadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan

musiqaga oʻxshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va goʻzal boʻlishi meʼmorlikning

ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur

boʻlgan yetti moʻʼjizaning hammasi inson dahosi bilan yaratilgan meʼmoriy sanʼat asarlari boʻlgani

bejiz emas.

Oʻtmish davru-davronlar toʻfonida juda koʻp mahobatli binolar nom-nishonsiz toʻzib ketgan.

Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida meʼmorlikning

yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiy-texnika imkoniyatlari

kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida meʼmorlikning uslubiy oʻzgarishlari paydo boʻldi.

Qadimgi Sharq

 va 

Misrda


 meʼmorlikning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan

mahobatli ehrom (piramida), 

zikkurat

 kabi ilohiy mafkura bilan bogʻliq ulkan inshootlari qadimdan

boʻlardi. Hozir ham 

Misr ehromlarini

 hayrat bilan ziyorat etadilar. 

Yunonistonda

 bunyod etilgan



antik

klassik davrlar



 uslubida (miloddan avvalgi VII asr), oʻrta asrlar 

Yevropa meʼmorligidagi

roman

 (X—XII asrlar), 



gotika

 (XII—XV asrlar) uslublarida ulkan binolar, xususan, 

ibodatxonalar

bunyod etildi. 

Afina Akropoli

 tepasidagi mahobatli 

Parfenon

, doriy kolonnalari qatori, ajoyib

relyefli haykallari bilan hozirgacha klassik meʼmorlikning mashhur ramziga aylangan 

maktab


,

teatr


stadion


ibodatxona

 kabi yangi taqliddagi binolar qurildi. Gotika uslubiga xos choʻziq

ravoqlar, nayzasimon shakllardagi bezaklar 

Gʻarbiy Yevropa

 shaharlarining muqaddas

ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi 

Notr-Dam sobori

 (Fransiya, XIII—XIV asrlar) Uygʻonish

davri — 


Renessans

 (XV asr oxiri — XVI asr boshlari) uslubi asosini qadimgi davr klassik meʼmorligi

shaklu-shamoyilini yangi davr talab va imkoniyatlari zamini bilan bogʻlab qayta tiklash va

rivojlantirish mahsulidir.

Klassik orderlar

 — ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab 

meʼmoriy ansambllar

,

majmualar



, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik meʼmorlik qonun-qoidalari yangi zamon

sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish imkoniyatiga keng yoʻl ochib berdi.

Oʻrta asrlar meʼmorligida XVI asr oʻrtalaridan boshlab 

barokko


 uslubi keng tarqaldi. Binolar har

jihatdan bezakdor boʻlishiga alohida eʼtibor berildi. Keyinroq (XVII—XIX asrlar) hashamatli

bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va

Renessans meʼmorligi tamoyillari erishgan yutuqlaridan ijodiy foydalanish natijasida 

klassitsizm

uslubi paydo boʻldi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa shaharlarida klassitsizm ruhidagi ajoyib meʼmoriy

ansambllar yaratildi. XIX asrning 1-yarmi va XX asrning boshlarida sanoatning rivojlanishi yangi

tipdagi meʼmoriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fabrika, zavod, elektrostansiya, vokzal,

elevator kabi sanoat binolari paydo boʻldi. Ayniqsa, metall, temir-beton konstruksiyalari va

boshqa yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va boshqalar) meʼmorlik imkoniyati

ufqlarini baland koʻtardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda

qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmonoʻpar baland, koʻp qavatli binolar tiklash

imkonini yaratdi. Binolar standart va takrorlanuvchi (tipovoy) qismlar asosida yigʻilib, nihoyatda

tez fursatda qurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar meʼmorlikda

yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funksionistlar (AQSh da F. Rayt va boshqalar) binoning

goʻzalligi, uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis, materiallarini tabiiy

boʻlishiga bogʻliq deb taʼkidlasalar, boshqa bir guruh meʼmorlar (Germaniyada V. Gropius va

boshqa, „Bauxauz“ ijodiy markazi) umuman yangi zamon meʼmorligida bezakdorlikka oʻrin yoʻq,

deb eʼlon qilishdi. Qurilish texnikasi yutuq va imkoniyatlariga koʻproq eʼtibor berib, meʼmorlikning

gʻoyaviy-badiiy, hatto goʻzallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida 

konstruktivizm

 oqimi


paydo boʻldi. Ijodiy oqimning koʻpligi meʼmorlik obʼyektlari koʻrinishida oʻz ifodasini topdi. Keyingi

yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik sanʼati misli koʻrilmagan miqyosda

oʻsib ketdi, ajoyib, goʻzal, zamonaviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda.

Hozirgi zamon meʼmorlikgida ilgari tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, yaʼni meʼmoriy

sanʼatda chegara bilmas baynalmilal ruh va shaklu-shamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun



ham meʼmorlikda milliylik muammosi yana diqqat eʼtiborni tortmoqda. Binobarin meʼmorlik,

shaharsozlik, bogʻsozlik sanʼatlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo meʼmoriy merosini

oʻrganishga qaratilgan, ilgʻor meʼmorlik tajribalar ijodkor meʼmor, rassom, talabalar saviyasini

oshirish uchun xizmat qilmoqda. Meʼmorlik olamidagi odatga koʻra, tarixiy kitoblar, asosan,

qadimgi dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va oʻrta asrlardagi Yevropa davlatlari meʼmorligini

kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, 

Xitoy



Hindiston



Arabiston

 kabi qadimgi madaniyat

markazlari meʼmorligi nisbatan kam oʻrganilgani uchun, ularning xalqaro taʼsiri bir oz

cheklanganday koʻrinadi. Jumladan, 

Markaziy Osiyo meʼmorligi

, xususan, 

Oʻzbekiston meʼmorligi

ham mutaxassislar tadqiqotida endigina yuz ochmoqda.

Oʻzbekiston meʼmorligi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat

mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqat-eʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo

oraligʻidagi eng qadimgi madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yodgorliklar qaʼridan ajoyib

meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (

Sopollitepa

Qoʻyqirilgan qalʼa



Tuproqqalʼa

Afrosiyob



,

Varaxsha


Poykend


Qanqa


 kabi). 

Buxoro


Samarqand

Toshkent


Xiva


Shahrisabz

Termiz


,

Qoʻqon


 kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (

Somoniylar maqbarasi

Magʻoki


Attori

Chashmai Ayyub



Poyi Kalon

 majmui, 

Labi hovuz

 majmui, 

Samarqand Registoni

, undagi

Ulugʻbek madrasasi

Sherdor madrasasi



Tillakori

 masjid-madrasa va boshqalar) bilan dunyoga

tanilgan. Oʻzbekiston meʼmorligi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi 

Amir Temur

 va


Temuriylar

 davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — 

Sharq Renessansi

 sifatida taʼriflash

odat boʻlib qolgan, „yer yuzining sayqali“ Samarqand, „bilim va odob gumbazi“ Kesh —

Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼy-ehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi)

va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. 

Oqsaroy


Koʻksaroy

 koʻshklari, 

Dor us-Siyodat

madrasasi

Koʻk gumbaz



Jomeʼ masjid

 kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi.

Shohizinda

 kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy

bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo

boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — 

Ishratxona

Chilustun



 koʻshki, kichik

Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal 

Bogʻi Dilkusho

Bogʻi Naqshi Jahon



,

Bogʻi Shamol

Bogʻi Chinor



 kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos

soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda 

Zahiriddin Bobur

 bilan kirib kelganini

hind sanʼatshunoslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga temuriy

bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda meʼmorlik bilan bogʻliq ilm-fan risolalari

yaratilgani eʼtiborni tortadi. Agar 

Muhammad Xorazmiy

Abu Nasr Forobiy



Birjondiy

 kabi

allomalar asarlarida meʼmorlikdagi garmoniyaga oid jihatlar matn orqali asoslangan boʻlsa,



Ulugʻbek

 atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, meʼmorlikka

doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. XVI asrda Buxorodagi xalq

Oʻzbekiston meʼmorligi




meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida).

Hozirgi zamon meʼmorligida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos

nomi bilan qadimdan maʼlum.

Oʻzbekiston meʼmorligi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa,

meʼmorlik bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qadim zamonlardayoq unut

boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonun-qoidalar siru-asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramida ehromlar

loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq

meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.

Oʻzbekiston meʼmorligining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼanalari,

qonun-qoidalari XIX asr — XX asr boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi.

Meʼmorlik ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga majbur boʻldi. Meʼmorlikda baʼzi

yangiliklar qatori qorishiq (

eklektika

), turli uslublar (rus, yevropa va boshqalar) kirib kelayotgan

kapitalistik talablar bilan hamohang boʻldi.

Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga 

Sovet tuzumi

 davrida uchradi. Meʼmorlik davlat

monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida

joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq

meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. Meʼmorlik ijodi Moskva

normativlari asosida bajarilishi milliy meʼmorlikni soʻndirib qoʻydi. „Shaklan milliy, mazmunan




Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish