Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuning



Download 0,72 Mb.
bet18/23
Sana20.03.2022
Hajmi0,72 Mb.
#502752
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2 5325838435783545110

Yong‘in xavfsizligi
Dala sharoitida ham meliorativ texnikalarni ta’mirlashga to‘g‘ri keladi. Bunday holatlarda mahsus tayyorlangan maydonchalarda va hududdagi mavjud binolar va bostirmalardan foydalaniladi. Bunda joy avvalo tayyorlanadi, begona predmetlardan tozalanadi. Yong‘in xavfi bor predmetlar yo‘qotiladi, tozalanadi va boshqalar.
Ekskavatorni ta’mirlashda uning strelkasi tushiriladi, kovshi yerga qo‘yiladi. Bunda shpal, yog‘och kartonlar va boshqa shunga o‘xshash jihoz va materiallardan foydalaniladi. Barcha mexanizmlarni yukni ko‘tarib turgan holatida ta’mirlash mumkin emas.
Mexanizmlarni ta’mirlash joylarida metallga ishlov berish, qirqish, payvandlash ishlari bajarilsa oldin metallni yaxshilab moy qotmalari, kraskadan tozalanadi. Moy yuqi metall va idishlarni 15...20% li kaustik tuzning suvdagi eritmasi yordamida yuvish lozim.
Mexanizm shinalarini montaj va demontaj qilishda maxsus maydonchadan foydalanish kerak. Poli toza yoki qoplamali holda bo‘lgan joyda ishni bajarish kerak. Ustaxonalarda barcha talablarga javob bera oladigan ballon yamash joylari tashkil etilishi lozim. U joylardan shinalorni montaj va demontaj qilish moslamalari bilan jihozlanadi. Zamonaviy tashkil etilgan ustaxonalarda kompyuter tashxis, balansirovka qiladigan texnika va vositalar bilan jihozlanadi.
Shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Meliorativ texnikalar bilan ishlashda 1-tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladigan quyidagicha shikastlanishlar va zararlanishlar bo‘ladi:
Sinishlar, lat yeyish, chiqish va cho‘zilishlar. Inson organizmida suyaklarning sinishi yoki chiqishini shu joyning ishib ketishi, odatiy bo‘lmagan qiyshayish va og’riq tufayli aniqlash mumkin. Bunday paytda birinchi vazifa shikastlangan bo’g’inlarni qo‘zg’almaydigan tinch holatini saqlash kerak. Lat yegan joyni yaxlatish zarurdir. Bu tadbir og’riqni qoldirish bilan birgalikda zarar yetmagan joylarga ћam putur etkazmaslikni ta’minlaydi vash u o‘rinda bemorni kasalxonaga olib borishda yordam beradi. Bunday ћolatni saќlash singan yoki chiqqan joyga faner, karton shinalar qo’yish yordamida ta’minlash mumkin. Shinalarni qo’yish va uni bog’lash vaqtida imkon qadar lat yegan joyni avvalgi ћolatini o‘zgar-tirmaslikka ћarakat ќilish kerak.
Qovurg’alar singan holatda yo’talish, nafas olish vaharakat natijasida qattiq og’riqlar seziladi. Og’riqlarni oldini olish uchun bemorning ko‘krak qismini bint yoki sochiq yordamida nafas chiqargan paytda bog’lab qo‘yish kerak. Shunita’kidlab o‘tish kerakki, jarohatlangan joyga yod surtish yoki issiq kompress qo‘yish qat’yan man etiladi. Chunki bu holat og’riqni yanada kuchayishiga olib keladi. Qo’l suyaklari singan hollarda boshqa hollar kabi shinadan foydalaniladi. Agar shina bo‘lmay qolsa qo‘l bo‘yinga osib qo‘yiladi va bint yoki mato bilan gavdaga mahkam bog’lab qo’yiladi.
Boshni lat yeyishi natijasida miya chayqalishi bosh suyagining sinishi kabi baxtsiz hodislar kuzatiladi. Miya chayqalishi hollarida ko‘pincha bosh og’rig’i, nafas siqilishi va ko‘ngil aylashi holatlari ham uchraydi. Bosh suyakning singanini quloqlar va og’izdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu hollarda jabrlanuvchi xushsiz holatda bo‘ladi. Vrachning kelishiga qadar lat yegan joyga muzni qo’yib sovuq holatda ushlash kerak.
Barmoqlarning sinishi. Bu hollarda birinchi yordam shinaga panjalar qattiq bog’lanadi, shuni e’tiborga olish kerakki barmoqlar ozgina egilgan holatda bo’lishi mato (ro’mol) bilan osib qo’yiladi.
Oftob yoki issiq urishi quyosh nurining boshga urishi qonning miyaga ko‘p miqdorda quyilishiga sabab bo‘ladi, inson organizmida birdaniga holsizlik, bosh og’rig’i va ko‘ngil aynash hollari yuzaga keladi. Jabrlanuvchini kechiktirmasdan quyosh tegmaydigan soya joyga yotqizib, uni siqib turgan kiyimlarini bo‘shatib, bosh va ko‘krak qismiga muzdek kompress qo’yish kerak. Agar shunda ham kishi o‘ziga kelmasa bemorga noshatir spirtini hidlatish va valerianka berish maqsadga muvofiqdir. Agar bemorda pulus yo’qolib qolsa, unda sun’iy ravishda nafas oldirish kerak.
Ilon va zaharli hashorotlar chaqqanda birinchi yordam chaqish natijasida jabrlanuvchida og’iz bo‘shlig’i qurishi, achchiq ta’m, holsizlik, pulusning tezlanishi va bosh aylanishi hollarda kishida paylar tortilib, xushini yo’qotish va nafas olishi to’xtab qolishi mumkin. Tishlangan joy birdan qizaradi va qattiq og’riq paydo bo‘ladi. birinchi yordam bemorni yotqizib, issiq choy berib 15-20 tomchi valerianka eritmasini ichirish kerak. tishlangan joyni kesish, kuydirish yoki zaharni so’rib olish hollari qa’tyan man etiladi. jabrlanuvchini yotgan holda kasalxonaga jo‘natiladi.
Kuyishda birinchi yordamkuyish deb – to’qimalarning yuqori harorat (termik kuyish), kimyoviy moddlar (kimyoviy kuyish) ta’sirida shikastlanishlarga aytiladi.
Termik kuyish – to’qimalarga yuqori harorat, issiq bug’ suv va boshqalar ta’sir etganda ro‘y beradi.
Kuyishning birinchi darajasi unchalik yuqori bo’lmagan termik omilning qisqa muddatli ta’sirida kuzatilib, terining qizarishi va ozgina ishishi bilan xarakterlanadi (erimtoz forma). Kuyishning bu darajasida teri kapillarlari kengayadi va qonning suyuqqismi (plazmasi) atrofidagi to’kimalarga chiqadi. O’tish muddati 2-3 kun bo’lishi mumkin. Kuygan joyda teri pigmentatsiyasi va keyinroq epidermesning ko’chib tushishi kuzatiladi. Kuyishning II darajasi pufaklar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi (bulez forma).
Kuyishning bu darajasida yallig’lanish bir muncha ro’y-rost yuzaga chiqadi.Kuyishda birinchi yordam berishda avvalo o’t olov o’chirish uchun shikasitlangan kishini qalin matoga o’rash zarur.Kuyishda kiyim bosh yechilmaydi, balki qirqiladi. Aseptik bog’lamlar qo‘yiladi va davolash muassasasiga yuboriladi.
Kimyoviy kuyish – termik kuyishga nisbatan birmuncha kam uchraydi. Bu to’qimalarda kimyoviy moddalar (kislotalar, ishќorlar, og’ir metallarning tuzlari, fosfor va boshqalar) ta’sir etganda ro’y beradi. Kimyoviy moddalardan kuyish ishlab chiqarishda ћam, turmushda ћam ko’pincha kimyoviy moddalarni pala-partish ishlatish oqibatida yuz beradi.
Kimyoviy moddani kuchli suv oqimi bilan tez yuvib tashlashdan boshlanadi.Modda qoldiqlarini esa neytrallash kerak.Kislotalarni neytrallash uchun 2% li ichimlik soda eritmasi qo’llaniladi.Qattiq kuyishda bu sohaga bo’r kukuni sepiladi. Ishqorlarni 2% li sirka kislota yoki limon kislota eritmasi bilan neytrallanadi. Terigacha yonib turgan fosfor bo’lakchalari tushganda gavdaning bu qismini suvga botirib turishva fosfor qoldiqini pinset bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan soћaga 5% li mis kuprosi eritmasiga ћo‘llangan boѓlam ќo‘yiladi yoki talk kukuni sepiladi. Fosforga qarshi pasta yaxshi naf beradi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish