Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/132
Sana21.07.2022
Hajmi4,37 Mb.
#834759
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132
Bog'liq
kimyo oʻqitish

Nazorat savollari 
1. Qanday dars shakllari farqlanadi? 
2. Qachon jamoaviy ishlash maqsadga muvofiq keladi? 
3. Dars bosqichlarining vaqt taqsimotini izohlang. 
4. Laboratoriya ishlariga qancha vaqt sarflanadi? 
5. Zamonaviy dars turlarini ayting. 
 
5-§.
 
Kimyo fanini o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarish yo’llari
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim tarbiya jarayonida 
o’qituvchining pedagogik faoliyati va o’quvchilarning o’quv bilish faoliyati 
maqsadga muvofiq o’zaro uzviy tashkil etilishi darajasi ko’rsatkichi 
samaradorlik ko’rsatkichi sanaladi.
Mashg’ulotlardagi o’qituvchining faoliyati pedagogik faoliyati sanalib, 
mazkur faoliyat ta’lim mazmunini o`quvchilar ongiga yetkazishga qaratilgan


33 
va mazkur mazmundan kelib chiqib o’qitish vositalari, metodlari va shakllaridan 
foydalaniladi. 
O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan ta’lim mazmunini o’rganishga
zamin tayyorlaydigan o’quvchilarning faoliyati ularning
o’quv bilish faoliyati
sanaladi. 
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o`quvchilarda 
yuqori darajadagi motiv, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga bo’lgan ongli 
ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy me`yorlarga mos hulqning paydo 
bo’lishi tushuniladi.
Mazkur tipdagi faollik har doim ham vujudga kelavermaydi, faqat 
o’qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko’rsatishi va qulay 
pedagogik-psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga 
keladi. 
O’qitish jarayonida qo’yilgan maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga 
erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi 
o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, ularning har ikkalasi ham ijobiy 
natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy 
ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa chiqara olsalar, o’zlariga, 
guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday 
faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsagina samara berishi mumkin.
Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish 
o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, 
tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq. 
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi maqsaddan natijaga erishish 
uchun qanday texnologiyani tanlashlari ularning ixtiyorida, chunki har ikkala 
tomonning asosiy maqsadi aniq, ya’ni natijaga erishishga qaratilgan. Bunda 
o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan 
texnologiya tanlanadi.
O`qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko`ra bilish va uni 
tasavvur etish uchun bo`lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bund a 


34 
o`qituvchi uchun bo`lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta 
ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir 
dars uchun o`qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o`quvchilarning 
imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. 
Texnologik haritani tuzish oson ish emas, chunki buning uchun o`qituvchi 
pedagogika, 
psixologiya, 
xususiy 
metodika, 
pedagogik 
va 
axborot 
texnologiyalardan xabardor bo`lishi, shuningdek, juda ko`p uslub va usullarni 
bilishi kerak. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo`lishi avvaldan puxta 
o`ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog`liq. 
Darsning texnologik xaritasini qay ko`rinish (yoki shakl)da tuzish, bu 
o`qituvchining tajribasi, qo`ygan maqsadi va ixtiyoriga bog`liq. Texnologik 
xarita qanday tuzilgan bo`lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan 
bo`lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars 
jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to`liq o`z ifodasini topgan bo`lishi 
kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o`qituvchini darsni kengaytirilgan 
konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining 
hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining barcha qirralari o`z aksini topadi. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish