Makuiladaro sanoati 2000-yilgi retsessiya davomida jiddiy zarar ko’rgan bo’lsada 2004-yilda AQSH – Meksika tashqi savdosining 54%ini tashkil etdi. 2005-yilga kelib Meksika eksport tovarlari tarkibining yarmi mazkur sanoat hissasiga to’g’ri keldi. Bu sanoat Meksika uchun FDI va valyuta oqimining eng muhim manbasiga aylandi. 2000-yillarga kelib, boshqa davlatlarda arzon ishchi kuchi imkoniyatlari kengaygach, makuiladaro sanoatiga jiddiy raqobatchi davlatlar paydo bo’ldi: Malayziya, Hindiston, Pokiston kabi aholisi ko’p yangi industrial davaltlar. Eng yirik tahdid Xitoyning Mahsus Erkin Iqtisodiy Hududlari bo’ldi. Meksika tibbiyot tizimini isloh qildi, unga binoan har bir makuiladaro o’z hisobidan tibbiy xizmatlar uchun mahsus ajratma ajratishi kerak. 150 ta ishchiga ega har bir makuiladaro ish joyida bitta mahsus doktorga ega bo’lishi shart bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |