LIST OF REFERENCES
1. Jurayev L., Xan S., Kamalova L. New Fly High. English 5th grade textbook
2. www.ziyonet.uz
3. Wikipedia.uz
232
ФИО автора:
Azamova Lazokat Baxromjon qizi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Xattotlik va
miniatyura ”yo’nalishining 2- bosqich magistranti
Название публикации:
«USTOZ KOMOLIDDIN BEHZOD IJODINING
BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI»
Annotatsiya:
Ustoz Komoliddin Behzod ijodining bugungi kundagi ahamiyati nomli
maqolada sharq tasviriy san’atida chuqur iz buyuk musavvir Kamoliddin Behzod
hayoti va ijodi haqida fikr yuritiladi. Musavvirning ijodi turlimavzularga bag’ishlab
taxlil qilinadi. Bugungi kunda yurtimizda K.Behzod ijodiy merosini o’rganish taxlil
qilish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ilmiy ishlar hayotiy milollar tariqasida
ochib berilgan.
Kalit so’zlar:
Kamoliddin Behzod. san'at. miniatyura. musavvir, me'ros
O’rta sharqning buyuk musavviri, Behzod ijodi XIX asrdan boshlab Yevropa va
Sharq tarixchi olimlari va san’atshunoslar tomonidan o’rganilish boshlandi. Unga
sabab Kamoliddin Behzod ijodiy merosining betakrorligi va dunyo san’atiga qo’shgan
xissasining buyukligidadir. Musavvir ijodining serqirra bo’lganligi uchun uning hayoti
va asarlarini ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Kamollidin Behzod 1455 yil Hirotda xunarmand oilasida tavallud topib erta etim
qoladi. Manbalarda yozilishicha uning nomi Behzod bo’lib Hirot aholisi uni suyub,
erkalab Kamoliddin, deb chaqirishgan ekan. O‘z davrining etuk ustasi saroy
kutubxonasi boshlig‘i Mirak Naqqosh Xurosoniy qo‘lida tarbiya olib naqqoshlik
hunarini o‘rganadi. Behzodning musavvir sifatida shakllanish davrida buyuk shoir
ma’rifatparvar, ijod va hunar axlining homiysi Alisher Navoiy katta o‘rin egallaydi.
Yosh musavvvir oldin uning shaxsiy kutubxonasida naqqosh musavvir sifatida ish
boshlab kutobxona raisi darajasiga ko‘tariladi. Tarixchi Xondamir ma’lumotlariga
ko‘ra Behzod 23 yoshida etuk musavvir bo‘lib etishdi. Husayn Bayqaro K.Behzodni
saroy kutubxonasinig boshlig‘i etib tayinlagan nishonda
“...asr nodiri, musavvirlar
peshvosi
” deb atashi uning noyob qobiliyat egasi bo‘lganligini bildiradi. Saroy
kutubxonasiga rahbarlik qilish bilan birga u sermahsul ijod qildi. Uning qo‘lyozma
kitoblar mavzusiga chizgan suratlari o‘zining betakrorligi, kompozitsiyasining
murakkabligi va hayotiy ko’rinishga egaligi bilan ajralib turadi. K.Behzod o‘z
suratlariga “Suvvaraxu al-abd Behzod” (Alloxning quli Behzod chizdi), ”Amal al-abd
233
Behzod”(Alloxning quli Behzod ishi) yoki qisqa qilib “Al-abd Behzod” (Allox quli
Behzod) deb imzo qo‘yganMusavvir asarlari uning hayotlik davridayoq juda mashxur
bo’lgani sababli uning shogirdlari ustoz asarlariga taqlid qilib ishlashgani va o’z
asarlariga ustoz nomi bilan dasxat chekkanlari suratlarining mavjudligi buyuk
musavvirning asarlar sonini aniqlashda muammolar tug’diradi.
Behzod ijodi serqirra bo’lganligi uchun uni bir necha yo’nalishlarga bo’lib o’rganish
maqul.
Badiiy adabiyot mavzusiga ishlangan suratlar/
Tarixiy voqealar mavzusiga ishlangan suratlar
Zamondoshlar siymosi chizilgan suratlar
Jang mavzusi tasvirlangan suratlar
Fantastik jonvorlarga ishtirok etgan suratlar
Bunyodkorlik mavzusiga chizilgan suratlar
Musavvirning Badiiy adabiyot mavzusiga ishlangan suratlariga Nizmoy
Ganjaviyning Xamsa asariga,
Shayx Sa’diyning “Bo‘ston” qo‘lyozma kitobiga chizgan
Attorning asarlari misol bo’ladi.
Oriflar zikri. 1450yil. Metropolitan muzeyi. Nyu York.
Behzodning ushbu asarida tabiatning eng go’zal uyg’onish fasli bahorda bo’layotgan
voqelik tasvirlangan. Kishikarning ruhiy poklanishga intilishi tabiatdagi uyg’onish
bilan uyg’unlikda aks ettirilgan. Asarda personajlarning yuzi, qomati, holati,
harakatlari, hatto, koinot ham jonli berilgan.
Asarning umumiy ko’rinishi aylana shaklda bo’lib markazdagi kichik aylana dinamik
holatda tasvirlangan,katta aylana esa statik holatda tasvirlangan. Asarda biror o’rinda
bo’shliq qoldirilmagan.
Tarixiy voqealar mavzusiga ishlangan suratlar: Sharofiddin Ali YAzdiyning
1467 yili Suton Husayn Mirzo xazinasi uchun ko‘chirilgan 12ta tasvir ishlangan
“Zafarnoma” qo‘lyozma nusxasida
(AQSH. Baltimor. Jon Xopkins universiteti
kutubxonasi).
Qurilish mavzusiga ishlangan “Xavarnak qalasini qurilishi”. Suratlarida biz o’sha
davrdagi baland binolarni qurilishda qo’llanilgan havoza,zanbil, belkurak,
tesga, suv meshi va ustalarning anjomlarini ko’rishimiz mumkin. Samarqandda masjid
binosini qurilishi(Zafarnoma). Bag’ishlab chizilgan mo’jaz qo’sh suratda og’ir ishlarni
bajarishda foydalanilgan fillar, katta g’ildirakli arava, marmar ishlovchi ustalarning ish
sharoiti, mehnat qurollari, burchakli va to’g’ri chizg’ichlar, o’yish qurolini ko’rib
bugungi kun qurollaridan farq qilmasligini ko’rishimiz mumkin.
Behzod ijodining serqiraligiga u qoldirgan zamondoshlar partretlarini aytish mumkin.
Ularga
Sulton Husayn Bayqaro tasviri SHayboniyxon tasviri. SHoir Xatifiy tasviri
Shox Taxmasp suratlarini. Darvesh suratlarini kiradi. Behz
234
1
Tarixchi Vosifiy yozib qoldirgan ma’lumotlariga qaraganda K. Behzod o’zining
ma’naviy ustozi Alisher Navoiyning turli ko’rinishdagi ko’plab suratlarini chizgani
ma’lum. Ular orasida so’lim bog’da gullar orasida asoga suyanib turgan shoir partreti
juda mashxur bo’lgan. Afsuski bu surat bizning davrgacha yetib kelmagan, yoki hali
aniqlangani yoq. A Navoiyning bizning davrgacha yetib kelgan suratlaridan biri
Mahmud Muzahib chizgan suratida ham shoirning asoga suyanib turgani tasvirlangan.
Mahmud Muzahib Begzodning shogirdi ekanini inobatga oladigan bo’lsak u bu
partretni ustozi ijodidan nusxo yiki uning ta’sirida ishlagani keng tarqalgan Bunday
partret surat suratini ko’plab chizganligi haqida yozib qoldirgan. Musavvir ariqda zilol
suvlar oqib turgan, gullagan bog’ ichida Alisher Navoiyning asoga suyanib turgan
holatini chizib keladi. Behzod sharq rangtasvirida portret janrining asoschilaridan biri
hisoblanib, hayoti davomida ko’plab zamondoshlarining portretlarini ishlagan. XVI
asrning birinchi yarmida yashagan Hirotlik Zayniddin Vosifiy yozishicha, “Sulton
Husayn xafa bo’lib, tashvishlardan charchagan vaqtida Behzod biror kimsaning
suratini chizib ko’rsatgan. Suratga bir qarashdayoq u kimning tasviri ekanligini tanish
mumkin bo’lib,uni ko’rgan shohning kayfiyati ko’tarilgan.behzod chizgan
suratlarining namunalarini doim o’zi bilan olib yurgan. Uning albomidagi suratlar
ichida yuz qiyofasi va qomati bilan ajralib turuvchi saroy amiri Bobo Maxmudning
turli holatdagi tasvirlarini ko’rish mumkin edi”.
Bugungi kunda uning asarlari dunyoning turli muzey, kutubxonalar va shaxsiy
kolletsiyalarning faxri hisoblanadi. O‘zbekistoda uning nomini hurmatlab
abadiylashtirish maqsadida ko‘plab hayrli ishlar qilindi. Jumladan, shahrimiz
ko‘chalaridan biri va Milliy rassomlik va dizayn instituti Kamoliddin Behzod nomi
bilan ataladi. Institut tarkibida “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi faoliyatida
talabalar uning ishlarini davom etirmoqdalar, Toshkent shaxri markazida K.Behzod
nomidagi memorial bog‘ muzeyi qurilib uning haykali o‘rnatildi. Bu muzey xodimlari
tomonidan K.Behzod ijodiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman va miniatyura san’ati
yo‘nalishida ijod qilayotgan musavvirlar ko‘rgazmalari har yili tashkil qilinib
kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
N.Norqulov, I.Nizomiddinov “Miniatyura tarixidan lavhalar”. T.: G‘.G‘ulom nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti, 1979 y
2.
Usmonov O, Madrahimov A. “Kamoliddin Behzod”, Ijodiy asarlar to‘plami T.:”Xalq
merosi”. 2000y
3.
Sanat jurnali. O‘zBA jurnalining barcha nashrdagi sonlari.
235
4.
Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi. Orif Usmonov. O‘zSSr “Fan” nashriyoti.
Toshkent 1977.
5.
Sabirov M.M. Miniatyura kompozitsiyasi. ( o’quv qo’llanma). Toshkent, 2019
236
Do'stlaringiz bilan baham: |