Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ФИО автора
Po’latova Muyassar Mirhamid qizi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn inistituti “Xattotlik va 
miniatyura”yo’nalishi 2-bosqich magistranti 
 
Название публикации:
«AMIR TEMUR VA TEMURIY SHAHZODALARINING 
TASVIRIY SAN’AT RIVOJIGA QO’SHGAN XISSALARI» 
Annotatsiya
«Аamir Тemur va temuriy shahzodalarining tasviriy san’at rivojiga qo’shgan 
xissalari» номли
 
мaqolada - Amir Temur va temuriylar davrlarida tasviriy san’atning 
rivojlanish bosqichlari davrlar korinishida to’rt qismga bo’lib tahlil qilingan. Har bir 
davr da mamlakatni boshqargan hukimdorlar davrida yashab ijod qilgan musavvirlar 
haqida ma’lumotlar keltiriladi. Amir Temur davlatchiligining shakllanisi davrida 
tasviriy san’atga berilgan e’tibor XIV asrda ijod qilgan musavvirlar haqida arab 
tarixchisi ma’lumotlari va temuriy shahzodalar davrida Movarounnahr va Huroson 
o’lkalarida tasviriy san’atning rivojlanishiga o’z xissasini qo’shgan shoir, etuk mumtoz 
musavvirlar asarlarini bugungi kunda o’rganish, targ’ib qilish yuzasidan olib 
borilayotgan amaliy ishlar, o’nkazilayotgan ilmiy anjumanlar maqsadi haqidagi 
ma’lumotlar bayon qilingan.
Kalit so’zlar
-, Ustod Gung, Ustod Jahongir, Abdulhay musavvir, Ustod Pir Ahmad 
Bog’i Shamoliy, Ustod Shamsuddinl, Mirzo Boysunqur, Sulton Husayn Mirzo, 
Movarounnahr, Xuroson, Hirot, temuriylar, boburiylar, musavvir, miniatyra. 
 
Sharq xalqlarining O’rta asrlar tasviriy san’atini shakllanish va rivojlanish 
bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lishda Amir Temur va Temuriylar davri san’atini 
o’rganmasdan turib xulosa qilish mumkin emas. 
XIV asr oxiri – XV asr boshlarida mamlakat mo’g’ullar boshqaruvidan ozod 
bo’lib, yangi Temuriylar davri tarixi boshlandi.
Ma’lumki temuriylar davrida nafis tasviriy san’at o’zining barakali to’rt taraqqiyot 
bosqichini bosib o’tdi.
1.Amir Temur davri (XIVasr), 2.Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug’bek va Boysunqur Mirzo 
nomi bilan bog’liq davrlari (XIV- XVasrlar). 3.Sulton Husayn Mirzo va Alisher 
Navoiy (XV-asr.) davri, 4.Boburiylar (Humoyun, Akbarshox XVI-XVII asr.) davri. 
kitobat san’ati tarkibida tasvir chizish o’zining yqori bosqichiga ko’tarildi.


169 
1.Amir Temur harbiy yurishlar bilan birga, Samarqand, Shahrisabz va shu 
kabi boshqa yirik shaharlarda keng qamrovli bunyodkorlik ishlarini olib bordi. 
Afg’oniston, Sheroz, Tabriz, Isfaxon shahrlaridan ilm fan ahli, me’mor, hunarmand, 
xattot, naqqosh, musavvirlarni o‘zi tuzgan mamlakatining poytaxti Samarqandga olib 
kelib, yashash va ijod qilishlari uchun sharoit yaratib berdi. Samarqand va uning 
atrofida bunyod qilingan saroy va bog’lar binollari devorlari sur’atlar bilan bezatildi. 
Lekin afsuski bugungi kungacha u saroy va devoriy sur’atlar saqlanib qolmagan. Biz 
Amir Temur qurdirgan qasrlar devorlaridagi sur’atlar haqida arab tarixchisi Ibn 
Arabshoh yozib qoldirgan ma’lumotlar orqali tasavvurga egamiz xolos. Tarixchi 
yozishicha, “Samarqand atrofidagi chorbog’lar ichidagi qasrlar, Eron, Dashti Qipchoq, 
Hindistondagi shaharlarni qamal qilish, Amir Temur tomonidan sulton va elchilarning 
qabul qilinishi, olimlar bilan suhbati, tortiq keltirish sahnalari, ov marosimi, o’g’il va 
nabiralarining sur’atlari bilan qoplangan” ekan. “Uning zafarlari, qahramonliklari, va 
shukuhidan voqif bo’lsinlar”, - deb yozadi Ibn Arabshoh. Sharafiddin Ali Yazdiy 
“Zafarnoma” asarida Samarqanddagi Bog’ishamol saroyining tasvirlari haqida 
ma’lumot beradi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa, Bog’i “Dilkusho” qasri 
Temurning Hindiston safari haqida hikoya qiluvchi tasvirlar bilan bezatilganini hikoya 
qiladi.
4
Afsuski Amir Temur saroyida ijod qilgan san’atkorlar haqida juda oz 
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan Ustod Gung, Buxorolik Ustod Jahongir, 
Abdulhay 
musavvir, Ustod Pir 
Ahmad Bog’i Shamoliy 
va Ustod 
Shamsuddinlarninggina nomlari bizga yetib kelgan.
2.Buyuk shaxsdagi bunyodkorlik, tasviriy san’atga bo’lgan muhabbat uning 
farzand va nabiralariga ham o’tgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Mamlakatning 
Movarounnahr qismida hukumdorlik qilgan shoh va olim Mirzo Ulug’bek (1409-
1449) ma’rifatparvar sifatida ilm fanga katta e’tibor berib, Samarqandda yirik olimlarni 
jamladi. Samarqand, Buxoro, G’ijduvonda ko’plab madrasalar qurdirdi. Mirzo 
Ulug’bek zamonida Movarounnahrda tabiiy fanlardan tashqari, adabiyot va san’at, 
ayniqsa, tasviriy san’at taraqqiy etdi. M.Ulug’bek qurdirgan Rasadxonaning devor va 
shiftlari koinotda yulduzlarning joylashuvi haqidagi tasvirlar bilan bezatilganligi va 
uning saroyida ijod qilgan musavvirning “Ulug’bek oilasi lochin ovida” nomli mo’jaz 
sur’ati bizga yetib kelgan. Shu davrda A.Temur davlatining ikkinchi qismi 
Hurosonning poytaxti Hirotda mamlakatni Temuriy Shoxruhmirzo boshqarar edi.
Shoxruh Mirzo Amir Temurning to’rtinchi o’g’li bo’lib, 1377yili dunyoga 
kelgan. Shoxruh Mirzo yoshligidanoq ahkomi shariatga qattiq rioya qilgan, dindor 
mutaassib kishi edi. Shunga qaramay u hamda rafiqasi Gavharshodbegim, o’g’illari 
Boysunqur va Ulug’beklarning bevosita ta’siri ostida ilm-ma’rifatga yon bosdi. 
Shoxruhning o’g’li va ayni vaqtda uning vaziri Mirzo Boysunqur nihoyatda nozik 
ta’b, adabiyot va san’atning haqiqiy muxlisi, hunar ahlining jonkuyar homiysi edi. 
Boysunqur Mirzo qisqa umr kechirgan bo’lsada shu urmi davomida san’at rivoji va 
tarixi uchun kata hissa qo’shdi. Boysunqur Mirzoning tashabbusi va rahbarligida 
4
Norqulov N, Nizomiddinov I. Miniatyura tarixidan lavhalar.-T.:G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at 
nashriyoti, 1970.-B.50, 56-57 


170 
Hirotda kitobxona tashkil etildi. U yerda qirqdan ortiq xattot adabiy va tarixiy 
asarlarni chiroyli qilib ko’chirishar, suratgar va naqqoshlar esa ana shu kitob 
mazmuniga monand, ular g’oyasini sharxlovchi zarhalli jajji tasvir va sur’atlar 
chizishar edi. Jildsozlar esa charm va duxoba bilan muqovalash ishini bajarar edilar. 
Boysunqur Mirzo kitobxonasini yirik nafis san’at akademiyasi desa ham bo’ladi. 
Chunki bu yerda faqat kitob ko’chirish bilan shug’illanibgina qolmay, nodir 
qo’lyozmalarning ilmiy-tanqidiy matnini tiklab, tasvirli muraqqa’ (albom)lar ham 
tuzganlar
5
3. Hirot madaniyat va ilm fanning poytaxti sifatida Temuriy shaxzodalaridan 
bo’lgan Husayn Mirzo va uning vaziri Alisher Navoiy bilan mamlakatni boshqarar edi. 
Bu davrni madaniy ko’tarilish, yuksalish davri deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. 
A.Navoiyning tashabbusi bilan Hirot yaqinida Shoirlar bog’i barpo qilinib u yerda 
san’at axlining ijodiy uchrashuvlari o’tkazilgan. Bunday uchrashuvlarda yosh shoir va 
musavvirlar asarlari muxokama qilinib, tegishli maslaxatlar orqali yangi ijodlarga 
ilxomlantirilgan. A. Navoiy nafaqat yosh soirlarga ustozlik qilish bilan birga tasvir 
san’atini shakllanishi va rivojiga katta xissa qo’shdi. U yosh musavvir Kamolliddin 
Behzodga ma’naviy ustoz va homiy sifatida katta yordam berdi. Yosh musavvirni o’z 
shaxsiy kitobxonasiga ishga olib, qisqa vaqtdan so’ng shoh saroy kutubxonasi boshlig’i 
lavozimiga uning tavsiyasi orqali amalga oshganligi ma’lum. Sharqning buyuk 
musavviri darajasiga ko’tarilgan Kamoliddin Behzod o’z ijodining boshlanish va 
ko’tarilishlari davri Hirot bilan bog’liq. Aynan shu davrda u G.Nizomiyning “Xamsa”, 
Shayx Sa’diyning”Bo’ston”, “Guliston”, Ali Yazdiyning “Zafarnoma”qo’lyozmalarini 
ajoyib sur’atlar bilan bezadi. Sulton Husayn Mirzo davri haqida so’z yuritar ekanmiz 
Zahiriddin Muhammad Bobirbning quidagi so’zlarini eslashimiz maqsadga muvofiq 
keladi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish