Международный научно-образовательный электронный журнал


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.Tuzuvchi, tarjimon: Sport va milliy o‘yinlar kafedrasi katta ӯqituvchisi G‘anieva 
Fotima Vaxobovnaning gandbol o‘yinining rasmiy qoidalari Toshkent - 2007 
2. SH.Pavlov F.Abdurahmonov J.Akromovlarning Jismoniy tarbiya instituti jismoniy 
tarbiya fakultetlari talabalari uchun gandbol darsligi Toshkent - 2007 
3. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Toshkent – 2000 
4. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi prof. A.D.Novikova
.
2001 


336 
ФИО автора:
 Mamutova O`g`iljon Maxmudjonovna 
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-sonli maktabning geografiya fani o`qituvchisi 
Название публикации:
«GEOGRAFIYA DARSLIGI BILAN ISHLASH 
METODLARI» 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada geografiya darsligi bilan ishlashda turli 
metodlardan foydalanish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini shakllantirish 
xususida fikr mulohazalar yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
geografiya darsligi, metod, illustratsiya, matn, umumgeografik 
tushunchalar 
Darslik bilan ishlash geografiya ta’limida muntazam olib boriladi va uning
metodlari xilma-xil bo`lib ular quyidagilardan iborat: 
1. Matn bilan ishlash 
2. Savol va topshiriqlar bilan ishlash 
3. Darslikdagi illyustratsiyalar va raqamli materiallar bilan ishlash. 
Darslik bilan ishlashdagi eng muhim xususiyat uning metodik tuzilishi 
hisoblanadi. Bular quyidagilardan namoyon bo`lgan. Avvalo har bir matn geografik 
kartalar bilan uzviy bog`langanligi geografik atama va nomlar, raqamli ko`satkichlar 
va illyustrativ materiallarning mavjudligi bilan ajralib turadi. 
Geografik matnlar bilan ishlashda avvalo o`qituvchi darslikdagi matn, xarita, 
o`qituvchi jonli so`zi, illyustratsiyani uyg`unlashgan holda qo`llay olishi masadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Geografiya o`qituvchisi darslik bilan ishlashga kirishdan oldin avvalo 
o`quvchilarning darslik bilan ishlashga tayyorgarligini aniqlashdan iborat. 
O`quvchilarda boshlang`ich sinflardan va boshqa predmetlarda shakllangan darslik 
bilan ishlashdagi ko`nikmalaridan ham foydalanishi kerak.Darslik bilan ishlashda 
asosiy o`rinni darslik matni bilan ishlash egallaydi. Avvalo, o’quvchini darslik matnini 


337 
o’qishga o’rgatish geografiya o’qituvchisining asosiy maqsadi bo’lishi lozim.Buni 
quyidagicha amalga oshirish zarur. O`qituvchi o`quvchilarning matn bilan ishlash 
jarayoniga rahbarlik qiladi, javoblarini to`ldiradi, unga oid qiziqarli faktlarni aytadi. 
Rasmlarni tahlil qiladi. O`quvchilarga matnni qanday o`qish zarurligi haqida 
ko`rsatmalar berib boradi. 
Albatta, o’quvchining matnni o’qib borishda izohlab va tushuntirib borishi 
samarali natijalar beradi. O`quvchilarning darslik bilan ishlash metodlari 
murakkablashib borgan sari, ular qo`yilgan savollarga darslikdan mustaqil javob topa 
olishlari asosiy o`rinni egallashi zarur. O`qituvchining oldindan tayyorlangan 
topshiriqlari asosida o`quvchilarning matn bilan ishlashida quyidagi metodlarni tavsiya 
qilishi mumkin. 
1. Matndagi tushunchani topa olishi va unga ta`rif bera olish. 
2. Qo`yilgan savolga darslik matnidan aniq javoblarni topa olish. 
3. Matndan mavhum savollarga javob topa olishni o`rgatish. 
4. Matnni tahlil qilish orqali quyilgan savolga javob topish. 
5. Xulosalar chiqara olish u yoki bu hududning tabiiy sharoitini baholay olishlari 
matn bilan ishlashdagi muhim omillardan biri sanaladi. 
Darslik matni bilan ishlashda o’quvchilarda, mustaqil ishlash ko`nikmalari 
shakllantirilmasa ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi. Chunki o`quvchilarni 
majburlab matn bilan ishlashga o`rgatib bo`lmaydi.O’quvchilarni bunga asta- sekinlik 
bilan ongli va ijodiy yondoshishga o`rgatish kerak. 
Hozirgi kunda barcha geografiya darsliklari o`quvchilarga u bilan qanday ishlash 
kerakligi haqidagi eslatmalar bilan boshlanadi. Ammo ular o’quvchilarga darslik bilan 
ishlashda yetarlicha ma’lumot bo’lmaydi. 
Geografiya o`qituvchisi darslik bilan ishlashda quyidagilarga alohida e`tibor 
berishi lozim. Darslik bilan ishlashga kirishdan oldin darslik nomi, mualliflar haqida 
ayrim ma`lumotlar (agar o`qituvchi bu haqida ma`lumotga ega bo`lsa) darslikning yirik 


338 
mavzulari, mazmuni, ilovalari, rasmlari, kartalari bilan o`quvchilarni tanishtiradi va 
ular bilan qanday ishlash zarurligi va yo`llarini uqtiradi. 
Geografiya darsligi bilan ishlashga kirishishdan oldin barcha o`quvchilarda atlas 
kartalar bo`lishiga e’tibor berish zarur. Aks holda ko`zlangan maqsadga erishib 
bo`lmaydi. Darslik yoki o`quv qo`llanma asosida o`rganilayotgan matn qismlarga 
bo`lib, o`rganilishi uqtiriladi. O`quvchilar mustaqil ravishda har bir qismdagi atamalar 
nomlarini topadi. O`qituvchi ularni doskaga, o`quvchilar esa daftarlarga yozib 
boradilar. 
Darslik matni bilan ishlash metodlari xilma-xil bo`lib, har bir metod o`ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bular ichida darslik matnini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. 
Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu 
komponentlar quyidagilardan iborat. 
1. Umumgeografik tushunchalar ta`rifini aniqlash. 
2. Ob`ektlar va hodisalarni ta`riflash. Bunda rel`ef, iqlim, foydali qazilmalarga 
oid bo`lgan birinchi va ikkinchi darajali tomonlarini yoritish, ya`ni asosiy va 
qo`shimcha bilimlarni aniq ko`rsatish. 
3. Voqea va hodisalarni kelib chiqishi va o`zgarishiga oid ma`lumotlarni izohlash. 
4. Ta`riflovchi, izohlovchi, aralash matnlarini aniqlash va ajrata olish. 
Darslikdagi matnlarni tuzilishiga ko`ra quyidagicha farqlash mumkin. Darslik 
matnlari bilan ishlashning quyidagi keng tarqalgan turlari bor. Bular: izohlab o`qish, 
tanlab o`qish, reja tuzish, savol-javob, matnni gapirib berish, sababoqibatlarni 
o`rgatish, matndagi asosiy g`oyani topish, taqqoslash va boshqa metodlardan iborat. 
Ko`pchilik geografiya o`qituvchilari darslik matnlari bilan ishlashda konspekt olishga 
e`tibor beradilar. Bu metodni qo’llash yuqori sinflarda (VIII sinfgacha) kutilarli
natijalar berishligi tajribalarda o’z isbotini topdi. 
O`quvchilarni matn bilan ishlashida tayyor rejalardan foydalanib matnni 
o`rganishi yaxshi va samarali natijalar beradi. Matnlarning tabiat ob`ektlari va 


339 
hodisalarini, ularning o`zgarishini obrazli qilib yoritishi zarur. Matn mazmuni odatda 
muammoli bo`lishi kerak. Matnning yoritilishi jarayonida savollar keltirishi 
o`quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi. Eng muhimi o`quvchilar ham savollar 
keltirishi o`quvchilarni fikrlashga izlanishga undaydi. Bu orqali o’quvchilar savol va 
topshiriqlar tuzishga o`rganadilar hamda, o`quv materiali mazmuni asosida savol 
berishi yoki uni o`qituvchilarga va o`qituvchilarga berishi, ularda savol topshiriqlar 
tuzish ko`nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. 
Savollar tuzish nafaqat darslik matni asosida balki kartalar va boshqa illyustrativ 
materiallar asosida ham tashkil qilinsa, o`quvchilarda bu ko`nikma malaka darajasiga 
ko`tarilishiga imkon tug`iladi. O’quvchilar tomonidan dars davomida tuzilgan savol va 
topshiriqlar sinf o’quvchilari o’rtasida muhokama etilishi , hamda tahlil qilinishi 
samarali natija beradi. Mavzu matni bo`yicha qo`shimcha savollar tuzib kelishni o`yga 
vazifa qilib berish yaxshi natijalar beradi. 
Darslik matni bilan ongli ishlash yakunlaridan biri, o`quvchilarning u yoki bu 
metodni mustaqil bajara olishi unda geografik fikrlash, tahlil, umumlashtirish
xislatlarini shakllanganligidan dalolat beradi. 
Buyuk geograf N.N. Baranskiyning ta’kidlashicha: «Qiyoslash geografiyaning 
jonidir». Darslik matni asosida ob`ekt va hodisalarni qiyoslash orqali matndagi yakka 
tushunchalarni shakllantirish mumkin. Quyida Janubiy Amerika va Janubiy Sharqiy 
Osiyodagi nam ekvatorial o`rmonlarni qiyoslab tasvirlash rejasini keltiramiz. 
O`qituvchi qiyoslash rejasini o`quvchilar diqqatiga havola qiladi. O`quvchilar esa 
darslik matnidan har ikkala hududning o`xshash va farq tomonlarini mustaqil 
aniqlaydilar. Qiyoslash rejasi taxminan quyidagicha bo`lishi mumkin. 
1. Har ikkala hududdagi nam ekvatorial o`rmonlarni joylashishi va ular egallagan 
maydon. 
2. Iqlim sharoitlari. 
3. O`rmondagi daraxtlar farqi. 


340 
4. Hayvonat dunyosi hayot tarzi. 
5. Qaysi davlatlar hududida joylashgan. 
6. Aholisi va ular mashg`uloti. 
Bu ishni bajarishda o`quvchilar darslik matni va kartalar bo`yicha mustaqil 
ishlaydilar. O’qituvchi ishning qanday bajarilganini nazorat qiladi va o’quvchilarni 
baholaydi. Quyi sinflarda bunday qiyosiy tavsiflarni referat tarzida yakunlasa ham 
maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Xulosa qilib aytganda, yangi o`quv metodlarini qo`llash o`quvchilarni 
dunyoqarashini shakllantirishga shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 
O`qitishning texnik vositalari o`qituvchi yordamida qo`yilgan maqsadga erishishga, 
o`tkazilayotgan mashg`ulotlarni samaradorligini keskin oshirishga imkon beradi. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish