Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jalolov J. Chet tili oqitish metodikasi.-T. 1996
2.
Tursunov I.Y. Xalq pedagogikasing dolzarb muammolari. T.: Oqituvchi,
1990
3.
N. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. “HORIJIY TILLAR DARSLARIDA
QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy,
2006, 40 bet
656
ФИО автора:
Davurboyeva Dilfuza Davron qizi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Magistratura bo’limi,
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi tarix mutaxassisligi
2-kurs magistranti
Название публикации:
«QOVUNCHI MADANIYATI VA UNING O’ZBEK
XALQI SHAKLLANISHIDAGI O’RNI»
Annotasiya:
Maqolada “Qovunchi madaniyati”ning shakllanishi hamda uning
o’zbek xalqining shakllanishidagi tutgan o’rni, Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati
shakllanishining asosiy markazi boʻlganligi hamda qovunchiliklarning mashg’ulotlari
haqida ma’lumotlar berilgan.
Tayanch so’zlar:
“Qovunchi madaniyati, Qovunchi II, Qovunchi II, Qovunchi
III, Jetiasar madaniyati, Burg’uluk madaniyati, Qovunchitepa.
O‘rta Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida bu hududga ko‘chib kelgan turli
elat va qabilalar ham ma’lum ma’noda ishtirok etganlar. Yuechjilar, xioniylar,
kidariylar, eftaliylar shular jumlasidandir. O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi
Sirdaryoning o‘rta havzasida aniq antropologik tip bo‘lib shakllangan davrda bu
hududlarda “Qovunchi madaniyati” shakllanadi. So‘nggi arxeologik tadqiqotlar
natijalariga ko‘ra milodiy II-III asrlardan boshlab Farg‘ona vodiysi, Samarqand
hududlari, IV-V asrda esa Buxoro vohasi, Qashqadaryo va Surxon vohalarida
Qovunchi madaniyatining ta’siri seziladi.
Qovunchi madaniyati - mil. av II-asr — milodiy VI-asrga oid arxeologik
madaniyat. oʻrganilgan joy dastlab qovunchitepa xarobasi boʻlgani uchun nomi
shundan olingan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasi, Sirdaryoning oʻrta oqimi va
Fargʻonaning shimoliy-gʻarbiy qismida tarqalgan. arxeolog G.V.Grigoryev 1934—37
yillarda Qovunchi madaniyati majmualarida qazish ishlari olib borgan. Shoshtepani
oʻrganish natijasida 1-marta madaniy qatlamlarning aniq stratigrafiyasi belgilandi. Bu
esa Qovunchi madaniyatining aniq davrini (Qovunchi I miloddan avvalgi II—I-asrlar:
657
Qovunchi II 2 bosqichga boʻlinib, uning 1-bosqichi milodiy I-IV-asrlarlar, 2-bosqichi
V-VI-asrlar) belgilashga asos boʻlgan.
Qovunchi madaniyati Toshkent vohasidagi qadimgi dehqonchilik bilan
shugʻullangan tub aholi madaniyati asosida "xalqlarning buyuk koʻchishi" davrida
Toshkent vohasiga kirib kelgan sarmatlar. xunnlar va boshqa xalqlarning etnik
madaniyati taʼsirida rivojlangan. Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati
shakllanishining asosiy markazi boʻlgan. Majmualarda meʼmorlik maktabining
mahalliy anʼanalariga asoslangan, yuksak mudofaa inshootlariga ega boʻlgan
shaharsozlik, sopol idishlar va haykalchalar shaklining oʻziga xos xususiyatlari tarkib
topgan.
Qovunchiliklar dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan shugʻullanishgan.
Ular dehqonchilik maʼbudalari, olov va ajdodlarga sig’inishgan. Milodning dastlabki
asrlarida Qovunchi madaniyati janubga tomon tarqalib, Sug’d, Qashqadaryo
hududidagi mahalliy madaniy majmualarga taʼsir eta boshlagan. VI-asrga kelib, O’rta
Osiyoning markazidagi vohalar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarining kuchayishi
hamda umumsugʻd madaniyati taʼsirida Toshkent vohasida Qovunchi madaniyati
oʻziga xos alomatlarini yoʻqotgan, sekin-asta butun Movarounnahrga xos yagona
madaniyat vujudga kela boshlagan.[A. Muhammadjonov]
Milod boshlarida qang‘uy
qabilalari Qovunchi madaniyati soxiblari zomorf
tutqichli sopol idishlardan ko‘p foydalanishgan. Qovunchitepada olib borilgan
arxeologik qazishmalar Qang‘ davlati aholisining turmush tarzini o‘rganishda muhim
o‘rin tutadi. Qovunchi manzilgohi qatlamlaridan me’morchilik qoldiqlari, suyak va
metalldan yasalgan buyumlar va ish qurollari (o‘roq, pichoq, motiga), kamon
o‘qlarining uchlari, matolarning bir necha xil namunalari, shuningdek, turli hajmdagi
sopol idishlar (ko‘za, xum, xurmacha, kosa, tog‘ora, qo‘ra va boshqalar) topilgan[
Литвинский Б.А].
Ustrushona yodgorliklarida o‘rganilgan kulolchilik buyumlarining asosiy
qismini o‘troq aholi va ko‘chmanchilar dashtlarida uchraydigan, qo‘lda yasalgan sopol
idishlar tashkil etadi. Sopol idishlar kulolchilik charxida, toza mayin tuproq loyidan
yasalgan va sirtiga sarg‘ish-qizil angob berilgan. Qolganlari tarkibida ko‘plab
658
aralashmalar mavjud bo‘lib, bo‘z tuproq loyidan qo‘lda yasalgan. Deyarli barcha sopol
idishlar sirti jigarrang, oq, oq sarg‘ish, sariq va qizil rangdagi suyuq angob bilan
bo‘yalgan[ Toshboyev F.E.].
Uning tag va ust qismlari proporsionalligi, zoomorf tutqichli ekanligi kabilarga
asoslanib, ko‘chmanchilarning o‘z ustalari tomonidan yasalganligini ta’kidlash
mumkin. Ehtimol, ushbu ko‘za endi o‘troqlasha boshlagan ko‘chmanchilarning o‘z
ustalari yoki ularning buyurtmasi asosida, o‘troq aholi hunarmandlari tomonidan
yasalgan. Ushbu sopol idishlar Qovunchi madaniyati dastlabki bosqichlariga oid
bo‘lib, bu kulolchilik idishlariga akademik A.A. Asqarov shunday ta’rif berganlar, “...
yupqa devorli, hajmi kichikroq, asosan kulolsozlikning sekin aylanuvchi charxda
ishlangan.Bu davr keramikasida – xum va xumchalar hamda xurmachalar sirtida to‘q
jigarrang oqizma rang taramlarini paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Xumcha va
xurmachalarning aksariyati qo‘shquloqli, krujkalar dastasi hayvon figurasi
ko‘rinishida ishlangan. Ko‘za va xurmachalar orasida qator nov shaklli chizgilar bilan
bezatilgan Jetiasar madaniyatiga xos idishlar, xayvon dastali, jo‘mrakli ko‘zalar
uchraydi” [S. Axmedov].
L.M. Levina xunn qabilalar ittifoqining parchalanishi munosabati bilan
Sirdaryoning oʻrta va quyi xavzalarida milodiy eraning boshlaridan etnik jixatdan bir-
birlariga yaqin uchta yirik tarixiy-madaniy xo’jalik markazlari va ularga xos arxeologik
madaniyatlar shakllanganligini eʼtirof etadi. Boʻlar Jetiasar, Oʻtror-Qoratov va
Qovunchi madaniyatlari boʻlib, ayniqsa ularning soʻnggi ikkitasi xar jixatdan bir-
birlariga juda yaqindir. Qovunchi madaniyatining birinchi bosqichida oʻrta Sirdaryo
xavzasi qabilalarining (Qovunchi va Oʻtror-Qoratov) quyi Sirdaryo (Jetiasar)
qabilalariga madaniy-xo’jalik taʼsiri koʻzga tashlanadi. Qovunchi madaniyatining
Qovunchi II bosqichida uning aksi yuz beradi, yaʼni Toshkent voxasida Jetiasar
elementlarining faollashganligini kuzatish mumkin. Qovunchi madaniyatining
uchinchi bosqichida (Qovunchi III) bu arxeologik madaniyatlarning birinchidan, o’z
xududlari doirasida etnomadaniy lokalizasiyasi kuzatilsa, ikkinchidan, Oʻtror va
Toshkent voxasi madaniyatlari orasida etnomadaniy genetik birlik kuchli ekanligi
koʻzga tashlanadi. Darxaqiqat, ilk oʻrta asrlardan eʼtiboran, Oʻtror Choch malikligi
659
tarkibida, uning shimoliy chegara hududi hisoblangan. Sirdaryo oʻrta xavzasining
shimoliy hududlari Turkistondan to Yangikentgacha Qovunchi va Jetiasar
madaniyatlarining kontakt zonasi rolini o’ynagan. Bu xaqda Maslaxatgepa,
Shuryuktepa, Suyaktepa, Turkiston Okgepasi, Sodikat va Oʻrdakettepa materiallari
guvoxlik beradi. Taʼkidlash joizki, qadimgi Toshkent voxasida turkiy etnik qatlam
aynan Qovunchi madaniyatidan boshlab jonlana boshlaydi, uning aks sadosi sifatida
turkiy etnosning sezilarli izlari Qovunchi madaniyati yodgorliklarida yaqqol koʻzga
tashlanadi. Buning boisi, birinchidan, axolisi ikki xil til soxiblari boʻlgan Qang
davlatining markazi, yadrosi Sirdaryoning oʻrta xavzasi boʻlsa, ikkinchidan, bu
mintaka qadimdan sug’diy va turkiy tilli qabilalarning muntazam aloqa xududi boʻlib
kelgan; uchinchidan, yunon mualliflari eʼtirof etganlaridek, Sirdaryoning quyi
xavzalari ikki til soxiblarinnng chegara rayoni edi. Bularning barchasi Kangkiya
davlati tarkib topgach, o’z mevasini bera boshladi, yaʼni turkiy etnosning tobora ortib
borishiga olib keldi. Yangi etnik guruxlarning maxalliy axoli bilan aralashib ketishi
natijasida Sirdaryoning oʻrta va quyi xavzasi xududlarida turkiy tilning jonli xalq tiliga
aylanib borishi kuzatiladi. Elshunos K.Shoniyozov taʼbiri bilan aytganda, Kangkiya
davlati doirasida sug’diy va turkiy tilli etnik birliklar asosida yangi etnos-qang’ar elati
tarkib topadi [A.Asqarov].
M.I. Filanovichning taʼkidlashicha, Shoshtepani Burg’uluk madaniyati soxiblari
tashlab ketgach, uning xarobalarida chorvadorlarga xos oʻzga etnik guruhlarning
qabrlari paydo boʻladi. Qabr komplekslari sarmatlarning Proxorov madaniyatiga
tegishli boʻlib, bu madaniyatning tarixiy ildizlari Quyi Sirdaryoning Chirikrabot,
Jetiasar va sarmat qabilalari madaniyatiga borib taqaladi. Mil. avv. III asrdan boshlab
ularning bir qismi Sirdaryoning quyi xavzalaridan uning yuqori oqimi tomon, Aris va
Toshkent voxasi ichki xududlarigacha kirib keladilar. Shoshtepa qabrlarining
stratigrafiyasiga ko’ra, Shoshtepa xarobalari Burguluk bosqichidan soʻng, kamida 50-
60 yil oʻzga etnik guruxlarning qabristoni boʻlgan. O’zga etnik guruxlar Chochning
maxalliy axolisi bilan iqtisodiy va etnomadaniy aloqada Qovunchi madaniyatini
shakllanishida faol ishtirok etganlar. M.I.Filanovichning taʼkidlashicha, Shoshtepa
markazida xoch shaklidagi monumental binoning qad kutarishi aynan Quyi Sirdaryo
660
xavzalaridan kirib kelgan sarmat va jetiasar qabilalari meʼmorchiligi bilan bog’liq
boʻlib, bu Qovunchi madaniyatini boshlanishidan dalolat berar edi [A.Asqarov].
Oʻzga etnik guruxdarning ko’chmanchi daxlarga aloqador parf qabilalari mil.
avv. III asrda Oʻrta Osiyoning janubiy viloyatlarigacha kirib borib, mintakaning
janubi-gʻarbida Arshak boshliq Parfiya davlatini tashkil etadilar. Bu yuechjilargacha,
Oʻrta Osiyo etnik xaritasida, yozma manbalarda aks etgan migrasion jarayonlar boʻlib,
Yunon-Baqtriya davlatining inqirozi mana shu ilk etnik to’lqinlar bilan bog’liq edi,
deyishga asos beradi. Miloddan avvalgi III—II asrlarda Sirdaryoning quyi-Janadaryo
va Kuvondaryo tarmoqlarida suv zaxiralarining keskin kamayishi tufayli Jetiasar
madaniyati axolisining katta qismi Sirdaryo bo’ylab, uning oʻrta xavzalari tomon—
Aris, Keles, Chirchiq va Oxangaron daryolari xavzalariga kirib keladilar. Sirdaryo
oʻrta havzalarida shakllangan tabiiy landshaftlarni oʻzlashtirishiga qarab, ularni uch
zonaga, yaʼni togʻlik zonalar, togʻoldi zonalar va tekisliklarga boʻlish mumkin.
Mintaqaning togʻlik va togʻoldi zonalari asosan chorvachilik xo’jaliklari uchun qulay
imkoniyatlarga ega boʻlsa, uning suv taʼminotiga boy tekislik zonalari sugʻorma
dehqonchilik xo’jaligiga asoslangan o’troq axoli madaniyat markazlariga aylangan.
Shu bois, bu joylarda mudofaa inshootli shaxarmonand qishloqlar va qadimgi
shaxarlar qad kutargan. Ana shunday sugʻorma dexqonchilik markazlari Toshkent va
Oʻtror voxalari boʻlib, antik davrida bu maskanlar yagona madaniy-xo’jalik va bir
butun etnik makonni tashkil etgan.
Endi anʼanaviy, sirti tiniq qizil angobli, yupka va nafis sopollar o’rnini, nisbatan
qalin devorli dag’al va qupol, sirti oqizma rang taramlari bilan qoplangan sopol idishlar
egallaydi. Kulolchilik maxsuloti kompleksida dastasi turli xil xayvon tumshuqli
qadaxdar paydo boʻladi. Sopol qozonlarning tag kursisini xayvon figuralari bilan
rasmiylashtirish anʼanaga aylanadi. Qovunchi madaniyatining muxim xarakterli
xususiyatlaridan biri, urugʻ jamoalar kultining kulolchilik maxsulotlarini tayyorlashda
ramziy qo’llanishidir. Bu xolat oshxona ro’zgʻor buyumlari tarkibida sopol qozon
tagkursilarini yasashda keng qo’llanilgan. Qozon tagkursisi odam oyoqlari va shoxdor
qo’chqor boshli shaklida yasalib, mazkur urugʻning kelib chiqishi (totemi) shoxdor
qo’chqor kulti bilan bog’liq ekanligiga ramziy ishoradir. Qovunchi madaniyati
661
kulolchiligida turli xil xayvonlarning, birinchi navbatda, mayda shoxli xayvon
suratlarini krujkalar, bug’zi tor kuza va xurmachalarning dastalarida aks etishida xam
ramziy maʼno yotadi, yaʼni krujka va xurmachalar mazkur madaniyat axolisi tarkibida
turkiy etnik qatlamning jamiyatda nufuzli mavqeiga ega ekanligiga ishora qiladi.
Chunki, kulolchilikda, chilangarlikda, ayniqsa xarbiy qurol-aslahalarni yasashda,
ularga chizilgan xayvon suratlarini keng qo’llanishi qadim-qadim zamonlardan
prototurkiy etnik jamoalar sanʼatida xayvoniy uslubda sanʼat asarlari yaratish, ayniqsa
ilk temir davrida o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan. Xayvon kultini ishlab
chiqarishning kulolchilik va metallurgiya xunarmandchiligida keng ko’lamda qo’llash
anʼanasi Qovunchi madaniyatining ilk bosqichlariga (Qovunchi I, Qovunchi II) xos
boʻlib, keyingi bosqichlarda qo’chqor kulti kulolchilikda deyarli uchramaydi. Chunki,
antik davrning soʻnggi bosqichlari va ilk oʻrta asrlarga kelganda, Qovunchi madaniyati
axolisining tarkibidagi uning ilk bosqichlariga xos xo’jalik xarakteri tubdan oʻzgarib,
ikki til va ikki xil xo’jalik soxiblarining o’zaro qorishuvi asosida tarkib topgan qang’ar
elati vujudga keladi. Unga xos yagona xududiy, iqtisodiy xujalik, etnomadaniy, xatto
antropologik tip shakllanadi. Aslida, Qovunchi madaniyatiga xos belgilar Burg’uluk
madaniyatining soʻnggi bosqichi arxeologik komplekslarida namoyon boʻla boshlaydi.
Masalan, Qovunchitepa, Quloqchintepa, Shoshtepadagi Burguluk komplekslari
keramikasi standartlashadi, ularni variantlarga ajratish imkoniyati tug’iladi, sopol
idishlarga gul solish keskin qisqaradi, yassi tubli miskalar, tovalar paydo boʻladi,
yarimsferik kosalar trubasimon shaklni oladi, idishlar sirtiga berilgan angob och
qizillashib, ular yuzasida oqizma rang taramlari paydo boʻladi. Bularning barchasi
Qovunchi madaniyatiga xos jixatlar boʻlib, ular Burg’uluk madaniyatining
yakunlovchi bosqichi bag’rida nish ura boshlagan edi [A.Asqarov].
Bugungi kunda Toshkent voxasida Qovunchi madaniyatiga tegishli 100 dan
ortiq yodgorliklar o’rganilgan. Ular Yu.F. Buryakovning “Toshkent voxasida shaxar
madaniyatining rivojlanish bosqichlari va genezisi” nomli monografiyasida o’zining
arxeologik
tavsifini,
tizimli
analizini,
xronologik
ketma-ketlikda
davriy
klassifikasiyasi va chuqur ilmiy taxlilini topgan. Qovunchi madaniyatini ochgan
G.V.Grigorevdan keyingi tadqiqotlarda yangi obyektlar asosida uning xronologik
662
davriy sanasiga aniqliklar kiritildi va moddiy madaniyat materiallari chuqurroq taxlil
etildi. Nixoyat, Qovunchi madaniyati tarkibida Qovunchi III bosqichi real tarixiy
xaqiqat ekanligi tugʻrisida izlanishlar olib borildi. Ammo, uning etnik asoslari, genezisi
va tarkib topgan markaziy yadrosi xaqidagi masalalarda ilmiy baxslar davom etmoqda.
Arxeologik komplekslar taxliliga ko’ra, Qovunchi madaniyatining migrasiya
yo’nalishi Sirdaryoning oʻrta xavzalaridan shimol va shimoli-sharqqa tomon qaratilgan
boʻlib, uning oqibati ularoq, Jetiasar madaniyatida oʻrta Sirdaryo madaniyatlarining
elementlari kuzatiladi. Qovunchi II davrida esa uni aksi yuz beradi, yaʼni Jetiasar
madaniyatining taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi. Qovunchi madaniyatining uchinchi
bosqichida, uning taʼsir doirasi dastlabki etnomadaniy maydon doirasidan chiqib,
maxalliy madaniyatlar lokalizasiyasi yuz beradi, yaʼni Toshkent voxasida Jun
madaniyati, Aris vodiysida Oʻtror-Qoratov, shimoli-gʻarbiy Buxoro voxasida Qizil-qir
madaniyatlari shakllanadi. Ammo, ular etnik jixatidan Qovunchi madaniyati bilan
aloqador boʻlib, Qovunchi etnomadaniy jamiyat asosini tashkil etadi. Qovunchi I davri
sopollari yupqa devorli, xajmi kichikroq, asosan kulolsozlikning sekin aylanuvchi
charxda ishlangan. Bu davr keramikasi-xum va xumchalar xamda xurmachalar sirtida
to’q jigarrang oqizma rang taramlarini paydo boʻlishi bilan xarakterlanadi. Xumcha va
xurmachalarning aksariyati qushquloqdi, krujkalar dastasi xayvon figurasi kurinishida
ishlangan. Ko’za va xurmachalar orasida qator nov shaklli chizgilar bilan bezatilgan
Jetiasar madaniyatiga xos idishlar, xayvon dastali, jumrakli ko’zalar uchraydi.
Qovunchi I keramika kompleksi uchun qo’chqor boshli tagkursilar, sopol qopqoqlar,
tova va flyagalar xam xarakterlidir. Bularning barchasi Qovunchi I bosqichi yil
sanasini mil. avv. II milodiy II asr boshlari bilan belgilashni taqozo etadi. Qovunchi II
keramika kompleksida Jetiasar II keramikasi uchun xarakterli idishlar keng tarqalgan.
Ular jumrakli, gardishli xumcha va xurmachalardan iborat boʻlib, ularning quloqlari
xayvon figuralari yoki burama arqon ko’rinishida yasalgan. Idishlar orasida ogʻzi keng,
bug’zi qator nov shaklli taramchalar bilan bezatilgan xurmachalar ko’p boʻlib, ular
aynan jetiasarliklar taʼsiri Qovunchi madaniyatiga kuchli boʻlganidan guvoxlik beradi.
Qovunchi II, Qovunchi I davriga nisbatan sopol qopqoqlar ko’payadi, biroq, ular
soddaroq ishlangan. Qovunchi madaniyatiga Jetiasar taʼsirli idishlar figurali va aram-
663
taram novli jumraklarni paydo boʻlishi bilan xarakterlanadi. Bunday idishlar milodiy
IV-V asrlarga tegishli. Shunday idishlar Farg’onaning Toshkent voxasi bilan
chegaradosh xududlarida uchraydi. Qovunchi madaniyatiga xos vergulsimon naqshlar,
Qadimgi Farg’onaning Fayrattepa keramikasida xam uchraydi. Uning qora va to’q
jigarrang angobli ilgaksimon dastalarini B.A. Litvinskiy milodiy II-III asrlar uchun
xarakterli ekanligini taʼkidlaydi. Bularni barchasi Qovunchi II davrini milodiy II-IV
asrlar bilan belgilashni taqozo etadi. Qovunchi madaniyatining yakunlovchi bosqichi -
Qovunchi III davrida qizilga bo’yalgan, qisman qoraytirilgan kulrang pardozli sopol
idishlar, jumladan, yumaloq tubli, ilgak quloqli xurmachalar, disk oyoqli, chekma
naqshli chiroqdonlar sopol qopqoqdar terrakota xaykalchalar paydo boʻladi.
Qushquloqli, taram-taram novcha naqshli Jetiasar xumchalarini yasash davom etadi,
qo’chqor boshli tagkursilar o’rnini xo‘kiz boshli tagkursilar egallaydi. Mozor qurilishi
amaliyotida yer yuzasida qad kutargan sag’analar paydo boʻladi. Aynan shu davrda
Toshkent voxasida murdalarni ostadonlarga solib kumish odati boshlanadi. Yuqorida
keltarilgan fikr muloxazalardan kelib chiqib, taʼkidlash joizki, Qovunchi-I
keramikasini shakllanishida bir tomondan, Proxorov madaniyati sarmatlarining taʼsiri
boʻlsa, ikkinchi tomondan, Sirdaryo quyi xavzalarining Jetiasar madaniyati taʼsiri katta
boʻlgan. Bu tarixiy xaqiqat Oʻtror-Qoratov madaniyatining Oktepa-21 va Shoshtepa-
42 komplekslarida yaxshi kuzatiladi. Shu bois, Qovunchi-I davrining quyi chegarasini
mil. avv. II asr, yuqori chegarasini esa milodiy II asr boshlari bilan belgilash maqsadga
muvofiqdir. Qovunchi-II davrida qorni keng, quloqdi sopol qozonlar, Jetiasar
madaniyatining milodiy III—IV asrlarga xarakterli keramika kompleksi keng yoyiladi.
Shularni xisobga olib, Qovunchi-II bosqichini milodiy II—IV asrlar bilan belgilash
mumkin. Qovunchi madaniyati yodgorliklarining Qovunchi-III gorizonta uning
yakunlovchi bosqichi boʻlib, uning davriy sanasini milodiy IV—VI asrning birinchi
yarmi bilan belgilash mumkin. Qovunchi-II va Qovunchi-III yodgorliklari Qovunchi-I
davriga nisbatan juda keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarga kelganda Sirdaryoning oʻrta
xavzalaridagi axoli maskanlari turkiy tilning mavqei yuqori boʻlgan. [A.Asqarov].
Sirdaryoning quyi va oʻrta xavzalarida yuz berdi. Ularning natijasiularos,
Sirdaryoning quyi xavzalarida Jetiasar, oʻrta xavzalarida esa Qovunchi madaniyatlari
664
tarkib topdi. Qovunchi madaniyatining taʼsir doirasi kengayib, dastlab Aris vodiysida
Oʻtror-Qoratov madaniyati shakllanadi. Turkiy qavmlarning moddiy madaniyati
(Jetiasar, Qovunchi va Qizilqir madaniyatlari) o’troq sug’diy va xorazmiylar
madaniyatidan keskin farq qilib, mintaqada turk etnosining keng tarqalayotganidan
guvoxlik beradi. Demak, oʻzbek xalqi etnik komponentining asosiy o’zagi xisoblangan
turk etnosi uning ikkinchi etnik qatlami – sug’d, boxtar, xorazmiylar singari, bu
zaminda qadimiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |