186
ФИО авторов:
Abdullayev Bobur Faxriddinovich
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. MK-20 guruhi magistranti
Abduraxmonov Abdumajid Bahodirovich
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. MK-20 guruhi magistranti
Umarov Asrorjon Vaxabdjanovich
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. MK-20 guruhi magistranti
Abdusattorov Shuxratjon Asomiddinovich
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. MK-20 guruhi magistranti
Название публикации:
«KICHIK AHOLI
PUNKTLARINI OPTIMAL SUV
TA'MINOTI BILAN TA'MINLASH TIZIMLARI»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik aholi punktlarini ya'ni yashash joylarini ham
optimal suv ta'minoti bilan ta'minlash tizimlarini yanada rivojlantirish borasida fikr
yuriladi. Shuningdek, suv ta'minotini
yaxshilash, ayniqsa eng chekka qishloqlarga
ichimlik suvi bilan to'la ta'minlash zarur.
Kalit soʻzlar:
Kichik aholi punktlari, optimal suv ta'minoti, tizimlar, ichimlik suvi,
iste'molchilar, xizmat ko'rsatish sifati.
O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik
suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, iste’molchilarga toza ichimlik suvini yetkazib
berish aholiga ko‘rsatilayotgan hayotiy muxim xizmatlardan biridir. Buni e’tiborga
olgan holda keyingi yillar davomida ichimlik suvi ta’minoti
tizimini rivojlantirish
bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar
va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda hamda kichik aholi punktlarini ham suv
ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarning ko‘rilmasligi
aholini suv bilan barqaror ta’minlash masalasini xavf ostiga qo‘yadi, suv resurslaridan
o‘ta nooqilona foydalanilishiga olib keladi va zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni
187
joriy etishga to‘sqinlik qiladi. Suv iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish jarayonini monitoring qilish zarur.
9
Respublikada aholini ichimlik suvi bilan 35% yer usti hamda 65% yer osti suvlari
manbalaridan ta’minlanmoqda. Bugungi kunda respublika bo‘yicha bir sutkada jami
6,8 mln.m3 ichimlik suvi ishlab chiqariladi va 4,1 mln.m3 suv iste’mol qilinadi. Aholi
jon boshiga bir sutkada shaharlarda o‘rtacha 150 litr, qishloq joylarda 75 litr suv
sarflanadi. Tumanlar va aholi punktlari ichimlik suvi ta’minoti
va kanalizatsiya
tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017 – 2021
yillarga qabul qilingan dastur va loyihalarga asosan 10,2 ming kilometr ichimlik suvi
quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va
rezervuari qurish
hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos
uskunasini o‘rnatish belgilangan va rejalar bajarish ishlari yakunlanmoqda.
"2020 ― 2030-yillar davrida tegishli hudud aholisini ichimlik suvi va kanalizatsiya
xizmatlari bilan ta’minlashning aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan
holda suv
ta’minoti va suv chiqarish obyektlarini kengaytirish sxemalari va manzilli dasturini
shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlari davlat-xususiy sheriklik shartlari
asosida tadbirkorlik subyektlariga hamda tegishli kichik aholi punktlarining aholisi
tomonidan tuziladigan markazlashmagan suv ta’minoti tashkilotlariga
topshirilishi
lozim bo‘lgan aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirilib, suv ta'minoti tizimlari
optimallashtiriladi."
10
Ichimlik
suvini olish, tozalash, uzatish va oqova tizimi orqali tozalash hamda
tashlash texnologik sxemasi ishlab chiqilgan bo'lib, bu bilan
kichik aholi punktlarini
ham toza ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimlarini optimallashtirishga erishilmoqda.
9
https://president.uz
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyev “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini
oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5883 2019-y
188
Shaharlar va aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi yil davomida uzluksiz
ishlayotgan o‘ta murakkab va ko‘p tarmoqli jarayondir. Suv ta’minoti tizimlari
murakkab inshootlar majmuasi bo‘lib, suv manbasidan boshlab iste’molchigacha
bo‘lgan barcha inshootlarni o‘z ichiga oladi. Bu inshootlar bir biri bilan uzviy
bog‘langan. Mazkur tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Suvni qabul qilish va tozalash,
iste’molchilarga suvni yetkazib berish va oqova suvlarni
chiqarib tashlash kerak
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: