Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3

ФИО автора
Burxonov Lazizjon Salimjon o‘g‘li
– Jizzax davlat pedagogika instituti 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) yo‘nalishi 2-bosqich 
magistranti 
 
Название публикации:
«ABDULLAXON BANDINING O‘RGANILISHI» 
Annotatsiya. 

Ushbu maqolada Abdullaxon II hukmronligi davridagi barpo etilgan suv 


inshootlari, xususan Abdullaxon bandi (suv to‘g‘oni)ning yurtimiz olimlari tomonidan 
o‘rganilishi hamda suv inshootlaridan unumli foydalanish maqsadida amalga oshirgan 
ishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

Kalit so‘zlar. 
Oqchobsoy, Nurota tumani, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Maxondaryo 
arxeolog otryadi, Temir qobuq, A.R.Muxammadjonov, Ya.G‘.G‘ulomov, Kamal 
(Kamar) qishlog‘i. 
Shayboniylar hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida Buxoro 
xonligida dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan, madaniy hayot 
ancha yuksalgan. Juda kup sugʻorish inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, 
Oqchopsoy toʻgʻoni va suv ombori, Vaxshdan chiqarilgan koʻplab ariqlarning qurilishi 
dehqonchilikni rivojlantirdi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida bugʻdoyning 10 xil turi, 
suli, qoʻnoq, joʻxori, mosh, noʻxat, makkajoʻxori, loviya, sholi, paxta, kunjut, beda, 
arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bogʻdorchilik, chorvachilik va ipakchilik 
rivojlangan. Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Xoʻjand, Andijon, Toshkent, Jizzax, 
Oʻratepa, Shaxrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy qilgan. 
Shayboniylar sulolasi vakili Abdullaxon II davrida suv omborlarining ko‘lami, 
hajmi qay darajada taraqqiy etganligini bilish uchun Abdullaxon bandi (Oqchobsoy) 
suv omborini yoritib o‘taman. 
XVI asrning 80-yillarida Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1557-1598) 
qurdirgan qadimgi suv ombori. Bu inshoot qoldiqlari Samarqand viloyati Nurota 


213 
tumanidan 65 km sharqda, Eski Oqchob qishlog‘i yaqinidagi Beklarsoy darasida 
hozirgacha saqlangan. 1957-1962-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va 
arxeologiya insitituti Maxondaryo arxeolog otryadi tomonidan tekshirilgan. 
Abdullaxon bandining toʻgʻoni slanes toshlardan qurilib, tosh palaxsalari, suvga 
chidamli maxsus ganch qorishmasi – qir bilan biriktirilgan. To‘g‘onning uzunligi 
asosida 73 m, yuqorida 85 m, balandligi 14,5 m, Abdullaxon bandi zinapoya shaklida 
qurilgan. Bunda suv bosimi hamda uning kuchi hisobga olingan holda toʻgʻon asosini 
qalinligi 15, 3 m, ustki qismi 4,5 m, qilinib zinapoya shaklida qurilgan. Toʻgʻon oldida 
hosil boʻlgan suv taxminan 1,2 mln kubometr suv to’plangan. Inshootdan quyida 
joylashgan Kamar, Oqchob, Oʻrganjiy, Ravot, Jilontamg‘ali va Soykechar qishloqlari 
hamda bandning yuqorisida joylashgan Katta hayot, Ko’k to’nli, Orolot, Sunbul, 
Xo’jasoy, Gulxanasoy qishloqlari ombor faoliyat yuritgan davrda obod bo’lgan. XVI 
asrda Abdullaxon bandi suvning oqib chiqishi uchun kerakli inshootlar komplekti 
bilan ta’minlangan.
11
Abdullaxon bandining aniq hisob-kitoblarga ko‘ra pishiq puxta qilib qurilgani 
XVI asrlik irregatorlarimiz geologiya va gidrogelogiya ilmidan yaxshigina xabardor 
ekanliklaridan dalolat beradi. 
Shayboniylar davrida sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, ekin maydonini 
kengaytirish, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish uchun bir qator davlat ahamiyatidagi 
tadbirlar amalga oshirilgan. Suv inshoatlarini barpo etish davlat e’tiborida turgan. 
Eski Nurota (hozirgi Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumani)dagi Abdullaxon 
bandi (Oqchobsoy suv ombori)ni qurilish tarixini shunday e’tibor ko‘rinishi deyish 
mumkin. Ushbu inshoot 1583-yilda Buxoro hukmdori Abdullaxon II buyrug‘i bilan 
eski Nurota tumanidagi 65 km sharqda hozirgi Qo‘shrobot tumanidagi eski Oqchob 
qishlog‘i yaqinida qurila boshlangan. Bu haqida “Abdullanoma”da quyidagilar 
keltiriladi: “On xazrat (Abdullaxon II ) u joydan (Ishtixon tavobi’dan bo‘lgan Temir 
qobuq) Hazoraga tobe bo‘lgan Oqjob darasiga qarab yurdi. Har ko‘klamda o‘sha 
11
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000. 34-bet 


214 
darada ko‘p sel to‘planib, lekin uning suvi ekinga yetishmas edi. Shuning uchun 
buyurdi: “Ahmadali otaliq nayman o‘sha daraga Somon yo‘li shaklida bir to‘g‘on 
qursin, toki dehqonlar o‘sha joyda to‘plangan suvni bo‘lishib, ekinlarni sug‘orsinlar”.
12
Demak Oqchob va uning atrofidagi vohalarni obod qilish maqsadida qurilgan. 
Olim A.R.Muxammadjonovning “Abdullaxon bandini tekshirganda” (“Fan va 
turmush jurnalida” 1963-yil, 3-son, 23-bet) maqolasida professor Ya.G‘.G‘ulomov 
boshchiligidagi 1957-yilning kuzida Nurota tumanida olib borilgan arxeologik qidiruv 
ishlari va uning ajoyib natijalaridan biri – “Abdullaxon bandi” xarobalari topilganligi 
hikoya qilinadi. Bu band Kamal (Kamar) qishlog‘ining shimoliy- sharqiy tomonida 
Oqchobsoyning tog‘ ungiridan chiqib keladigan qismida joylashgani qayd etiladi.
13
Shunday qilib Shayboniylar davlatida xo’jalikning asosini tashkil etuvchi 
sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar, suv omborlar 
qurilgan. Oqchobsoy suv ombori qurilishi shunday tadbirlardan biri edi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish