Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)


. Jinsiy gormonlar, shunindgek, interferon, immunoglobulin A, lizotsim sintezi.  5



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3

4
. Jinsiy gormonlar, shunindgek, interferon, immunoglobulin A, lizotsim sintezi. 
5
. Muddatidan oldin keratinezatsiyani oldini oluvchi epitelial to’qimalar fermentlari 
sintezi. 
6
. Kalsitriol (D vitaminining faol metaboliti) uchun retseptorlarning faollashuvi. 
7
. Shafaqli ko’rish uchun zarur bo’lgan to’r pardaning tayoqchalarida rodopsin 
sintezi. 
Vitamin A guruhining birikmalari turli biologik faolliklarga ega. Retinol epitelial va 
suyak to’qimalarining o’sishi, differentsiyatsiyasi va funktsiyalarining saqlanishi, 
shuningdek ko’payishi uchun kerak. Retinal ko’rish mexanizmida muhimdir. Retin 
kislota hujayraviy differentsiatsiya jarayonlarida retinoldan 10 marta faolroq, lekin 
ko’payish jarayonlarida kamroq faol. 
A vitamini retinal shaklida ko’rishda muhim rol o’ynaydi. 11-sis-retinal opsin oqsillar 
bilan bog’lanib, purpura-qizil rangli pigment rodopsin yoki uch turdagi yodopsinning 
bittasini hosil qiladi, ular ko’ruv signallarini hosil qilishda ishtirok etuvchi asosiy 
ko’rish pigmnetlari hisoblanadi. 
Molekulada ikkita o’zaro bog’liq ikkitalik bog’lanishlarning mavjudligi tufayli 
retinol erkin radikallar, jumladan erkin kislorodli radikallar bilan o’zaro 
ta’sirlashishga qodir. Vitaminning bu muhim xususiyati uni samarali antioksidant deb 
hisoblashga imkon beradi. Retinol shuningdek vitamin E`ning antioksidant ta’sirini 
sezilarli darajada yaxshilyadi. Biroq, A vitamini o’zini porroksidant sifatida namoyon 
qilishi ham mumkin, chunki u juda zaharli perekis mahsulotlarini hosil qiladigan 
havo kislorodi bilan osongina oksidlanadi. Vitamin E retinol oksidlanishiga to’sqinlik 
qiladi. 
Dunyoda gipovitaminoz A besh yoshgacha bo’lgan bolalarning uchdan bir qismida 
uchraydi. U yiliga besh yoshgacha bo’lgan bolalardan 670 000 nafarinining hayotini 
olib ketadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda taxminan 250,000-500,000 bolalar A 
vitamini tanqisligi sababli har yili ko’r bo’lib qoladi (asosan Janubi-Sharqiy Osiyo va 
Afrikada). 
Vitamin A tanqisligi birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchilik tufayli yuzaga kelishi 
mumkin. Birlamchi A vitamini yetishmasligi, bolalar va kattalar orasida meva va 
sabzavotlardan yetarli miqdorda karotinoidlar yoki hayvon va sut mahsulotlaridan 
vitamin A iste’mol qilmaslik tufayli yuzaga keladi. Emizishni erta to’xtatish ham 
bolalarda A vitaminining yetishmasligi xavfini oshirishi mumkin. 
Ikkilamchi A vitamini tanqisligi lipid absorbsiyasining, safro hosil 
bo’lishining buzilishi, safro hosil bo’lishi, sigareta tutuni va surunkali 
alkogolizm kabi oksidlovchilarning surunkali ta’siri bilan bog’liq. Vitamin A yog’da 
eruvchi vitamin va ingichka ichakda dispersiya uchun mitselyar solyubilizatsiyaga 
bog’liq, bu esa A vitamini yog’ miqdori kam bo’lganda yomon so’rilishiga olib 


188 
keladi. Rux yetishmovchiligi ham A vitamining so’rilishi, transporti va 
metabolizmini yomonlashtiriishi mumkin, chunki u transport oqsillarini sintez qilish 
va retinolni retinalga aylantirish uchun kofaktor sifatida zarur. Burkina-Fasoda 
o’tkazilgan tadqiqotda A vitamini va rux kombinatsiyasi ishlatilganda bolalar orasida 
bezgak bilan kasallanish sezilarli kamayishi aniqlangan. 
Gipovitaminoz A`ning dastlabki alomati shabko’rlik (niktalopiya, gemeralopiya) — 
qorong’iga adaptatsiyaning keskin pasayishi hisoblanadi. Epitelial to’qimalarning 
shikastlanishlari xarakterlidir: teri (follikulyar giperkeratoz), ichak shilliq qavatlari 
(yara shakllanishigacha), bronxlar (tez-tez bronxitlar), siydik-tanosil tizim (yengil 
infektsiyalanish). Dermatitlar patologik proliferatsiya, keratinizatsiya va epitelial 
deskvamatsiya bilan birga kechadi. Ko’z yosh kanallari epiteliyining deskvamatsiyasi 
ularning tiqilib qolishi va shox parda namlanishining kamayishiga olib kelishi 
mumkin, u yaralar va leykoma hosil bo’lishi bilan quriy boshlaydi (kseroftalmiya) va 
yumshaydi (keratomalyatsiya). Shox pardaning shikastlanishi juda tez rivojlanishi 
mumkin, chunki epiteliy himoya xususiyatlarining buzilishi ikkilamchi infektsiyaga 
olib keladi. Vitamin yetishmovchiligida o’sishdan ortda qolish ham kuzatiladi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish