Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3

ФИО научного руководителя:
QarDu tarix fanlar nomzodi 
Qodirova Mamlakat
 
Название публикации:
«OYDIN-OBOD MAHALLA» 
ANNOTATSIYA 
Bu maqolada Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan obod va 
ko'rkam qiyofaga ega "Oydin" mahallasi haqida so'z yuritiladi. Barcha sharoitlarga ega 
ko'p qavatli uylarda iste'qomat qilib kelayotgan bu mahallaning fuqarolari naqadar 
tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelayotganligiga guvoh bo'lishingiz mumkin. 
Kalit so'zlar
:
Mahalla, arxitektura, ko'p qavatli binolar, foydali ob'yektlar, 
Temir daftar, Ayollar daftari, Yoshlar daftari, mahalla raisi, uyboshi, hashar, mahalla 
guzari. 
"Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir. Kim 
bo'lishidan qat'iy nazar jamiyatning har bir a'zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday 
odamlarni yo'ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari 
insonni hushyorlikka o'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi."
4
Ona-Vatan O'zbekiston bag'rida jahonning ayrim mamlakatlariga ham hududi, 
ham nufuzi bilan teng kela oladigan viloyatlar joylashgan bo'lib, ular orasida 
Qashqadaryo ham bor. Qashqadaryo vohasi Albaniya, Armaniston va boshqa davlatlar 
bilan sarhadlari bobida raqobat qila oladigan yirik viloyat hisoblanadi. Qashqadaryo 
viloyati mamlakat janubi-g'arbida, Zarafshon va Amudaryo oralig'ida, Zarafshon va 
Hisor tizma tog'lari etaklarida joylashgan. Bir so'z bilan aytganda, viloyat 
Respublikaning janubiy vohalaridan biri hisoblanadi. Qadimda bu yurtni Yunon va 
Xitoy solnomachilari Janubiy So'g'd, Janubiy Turon deya ataganlar.
5
Qashqadaryo viloyati salkam 3000 yillik tarixga ega bo'lib, viloyat tarixini 
ibtidoiy davrdan boshlab o'rganish ishlari akademik Yahyo G'ulomov boshchiligida 
amalga oshirildi. Bugun Qashqadaryoning bo'y-basti olamga ma'lum.
Mustaqillik asoschisi, Prezidentimiz Islom Karimov Qashqadaryoda rahbar 
bo'lib ishlagan, uning tarixiga, gullab yashnashiga alohida e'tibor bergan edilar. 
Shuningdek, Qashqadaryo tarixining oradan 10 asr o'tib, qayta yaratilganligi bevosita 
u kishining homiyligi bilan uzviy bog'liqdir.
6
Har bir hudud o'zining misli ko'rilmagan tarixiga ega hisoblanadi. Shunday 
hududlar borki, ko'plab tarixchi olimlar tomonidan tarixi ochib o'rganib borilmoqda. 
Ular sirasiga bemalol Qashqadaryo viloyatining markazi bo'lgan Qarshi shahrini ham 
kiritishimiz mumkin. Shahrimiz etimalogiyasi rang-barang va go'zal bo'lib, bir qator 
4
Islom Karimov." Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q".T. 1998. Bet-9
5
Poyon Ravshanov."Qashqadaryo tarixi".T. 1995. Bet-3
6
Poyon Ravshanov."Qashqadaryo tarixi".T. 1995. Bet-7


90 
asarlarda izohlab ketilgan. Bir qator taxminlarga tayanib izlanish olib borgan 
V.V.Bartold shaharning nomi mo'g'ul xoni Kepekxon qurdirgan Qarshi saroyi 
(qadimiy, turkiychada saroy ma'nosini anglatgan) bilan bog'liq deb ta'kidlaydi.
7
Bugungi kunda jahon adabiyotining durdonasiga aylangan "Qutadg'u bilig", 
"Boburnoma" kabi buyuk ota-bobolarimizdan meros qolgan noyob asarlarda ham 
Qarshi shahrining etimologiyasida to'xtalib o'tilgan. Yusuf Hos Hojib o'zining 
dostonida Qarshini saroy va qarama-qarshi turish ma'nosida qo'llagan. Bundan 
ko'rinadiki, shahar 2 xil ma'noda asarlarda tilga olingan. Hindistondek dunyoning yirik 
davlatini egallagan buyuk sarkarda, shoh va shoir hisoblangan bobomiz Z.M.Bobur 
esa, Qarshini saroy, qasr ma'nolarida ko'proq qo'llaydi.
Xalqaro temir yo'l va avtomobil yo'llari kesishmasida joylashgan voha markazi 
hisoblanmish Qarshi shahrining maydoni 7,5 ming gektar, aholis esa, joriy yilda 275 
ming kishiga yetib qoldi. Turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf nomlari 
bilan yuritilib, XIV asrdan boshlab Qarshi deb atala boshlangan. 
Jamiyatimiz tayanchi hisoblanib kelayotgan mahallalarning shahar rivojida o'rni 
beqiyos hisoblanadi. Har bir shahar o'z ko'rki va obodligini asosan, mahallalarda 
ifodasini toptiradi. "Mahalla" atamasi arabchadan olingan bo'lib, "o'rin-joy" degan 
ma'noni anglatadi. U turli mintaqalarda mahallot, guzar, jamoa, elat, elod nomlari bilan 
atalib kelingan. Mahalla bugungi kunda yurtimizda ma'muriy-hududiy birlik 
hisoblanadi. O'zini o'zi boshqarishning xalqimiz an'analari va qadriyatlariga xos 
bo'lgan usuli desak maqsadga muofiq bo'ladi. Adabiyotlarda mahallalarning ko'p yillik 
tarixga ega ekanligi haqida ma'lumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiyning "Buxoro 
tarixi" asarida Buxoroda bundan 1100 yil ilgari bir qancha mahallalar bo'lganligi qayd 
etib o'tilgan. A.Navoiy o'zining "Hayrat ul-abror" asarida mahallani: "Mahalla shahar 
ichidagi shaharchadir"-deb ta'riflaydi. Mahallalar ayniqsa, Buyuk Sohibqiron Amir 
Temur davrida ravnaq topgan. Sohibqiron mahallalarning obod bo'lishiga, har bir 
fuqaroning kasbkoriga ko'ra to'g'ri uyushishiga alohida e'tibor qaratgan edi. 
Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda o'tkazish, o'z hududini 
batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash 
hisoblanadi. Aholining ahil bo'lib, uyushib ish ko'rishi avvalambor mahalladan 
boshlanadi. 
Istiqlol biz uchun ko'p narsani qaytarib berdi. Xususan, mahallalarga bo'lgan 
e'tibor shunchalik yuksakki, buni davlatimiz tomonidam berilayotgan munosabatdan 
anglab olishimiz mumkin. Biz buni O'zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasining 105-
moddasida va 1993-yil sentabrda qabul qilingan "Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish 
organlari tog'risida"gi qonunlaridan ham anglab olishimiz mumkin. 
Bu shaharda bir qator mahallalar mavjuddir. Ular orasida o'zining obodligi, 
ko'rkamligi bilan shaharda shuhrat topib, tanilayotgani "Oydin" mahallasi hisoblanadi. 
Maqolada binolari arxitektura talablari asosida tartib bilan qurilib, ko'p qavatli binolar 
oyday yarashib turgan Oydin mahallasining tarixi tanishtiriladi. Bu nom ilk bor 2009-
yilda Qarshi shahar hokimligi tomonidan berildi. "Oydin" so'zini turlicha talqin qilsa 
bo'ladi. Oydin- kishi(asosan qizlar, ba'zan o'g'illar) ismi. Qadimgi turkiy tilda uy-yer 
sathidan bir muncha quyi joy, o'yiq, do'ng - kichik balandlik deb talqin qilingan. Oydin 
7
uz.m.vikipedia.org.


91 
- dastlab yaylov, o'tloq nomi bo'lgan, so'ngra shu yaylovdagi qishloq nomiga 
aylangan.
8
Biz yuqorida mahallamiz nomining etimologiyasi bilan tanishib chiqdik. Oydin 
mahallasi Qarshi shahrining markazida joylashgan bo'lib , ko'p qavatli uylar oldining 
foydali ob'yektlar bilan band qilish yuzasidan tinimsiz say-harakatlarni shahar 
hokimligi, mahalla faollari tomonidan olib borilmoqda. Fuqarolarning hordiq olish 
huquqlari inobatga olingan holda, ko'm-ko'k maysalar va gullar ekilishi, fontanlardan 
zilol suvlarning otilib turishi antiqa go'zallik kasb etishi rejalashtirilmoqda. 
2009-yildan beri faoliyat olib borayotgan mahallamizni bir qancha mahalla 
raislari boshqarishdi. Dastlabki mahalla raisi Karim Shukurov bo'lgan. U kishidan 
so'ng bu vazifaga xalq tomonidan saylangan Muhabbat Aminova, Farhod Umirov, 
Qo'chqor Hasanov davom etirishdi. Bugungi kunda mahallamiz Shohista Bozorova 
tomonidan boshqarilmoqda. Mahalla raislarimiz bilan suhbat qurib yoki, faoliyatlariga 
nazar solib ularning naqadar o'z kasblarining fidoyilari ekanligiga ishonch hosil qilsa 
bo'ladi. 
Har bir mahallaning o'z fidoyilari bo'ladi. Bu mahallada fidoyi insonlar bisyor. 
62 ta uyboshimiz bo'lib, ular turli xil kommunal to'lovlar ya'ni, gaz, turli xil soliqlar 
yig'ishda jonbozlik ko'rsatishadi. Ular har oy o'tkaziladigan hasharlarda faol qatnashib, 
mahalladoshlarimizga bosh-qosh bo'lishadi. Ularning sayi harakatlari bilan bugungi 
kunda ko'p qavatli uylarimiz oldi toza va obod bo'lib, ko'rgan odamning bahri dili 
ochiladi. 
Mahallamizdagi insonlar tinch-totuv, ahil-inoq bo'lib yashab kelishmoqda. 
Mahalla raisimiz tomonidan bir qator loyihalar samarali amalga oshirildi. 2015-yil 
yolg'iz nuroniy Ismet Abliyazimovdan qolgan 1 xonali uyni mahalla uchun foydali 
ob'yektga aylantirishga harakat qilishdi. Shahar hokimining buyrug'i bilan bu xonadon 
mahalla guzariga aylantirildi. Kengash a'zosi Sabohat Islomova bu loyiha tashabbusi 
bilan chiqqanlarida, 2020-yil tadbirkor Qahramon Shoymardonov sherikchilik asosida 
mahalla guzarini qurib berdilar. Bugungi kunda 2 qavatli ko'rgan ko'zni 
qamashtiradigan Mahalla guzari "Tabassum" bog'chasining yonida qad rostlab turibdi. 
Bunday ajoyib loyihaning amalga oshirilganidan xalqimiz minnatdor! 
Mahalla raislarimiz yaxshi kunda ham, yomon kunda ham xalq bilan yonma-
yon, yelkama-yelka turishni o'z vazifalari deb bilishadi. Shu sababli bo'lsa kerak 
mahallamiz Qarshi shahridagi aholisi eng ko'p va faol mahallaga aylangan. Afsuski, 
mahallamizda urushda ishtirok etgan va Qahramonlik ko'rsatgan insonlar yo'q. Biroq 
mahallamiz bir qator jamiyatga foydasi tegayotgan yetuk shaxslarni o'z bag'rida 
voyaga yetkazdi. Bugungi kunda bir qator insonlar yuqori lavozimlarda faoliyat 
yuritishmoqda. Aktam Navro'zov shahar prokurori, Otabek Qo'ldoshev Sirdaryo 
viloyati prokurori, Firdavs Omonov Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi bo'lim 
boshlig'i, Norqulov Boymurod (rahmatli) Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi 
boshlig'i, hamda Shahriyor Ahmedov Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot instituti 
fakultetlarining birida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelishmoqda. Buning barchasi 
mahallada kurilgan tarbiyaning samarasidir. 
8
To'la Lafasov." Qarshi shaharlar tarixi".T. 2011. Bet-190.


92 
Mo'jazgina mahallamizda 8214 nafardan ortiq fuqarolar iste'qomat qilib 
kelmoqdalar. Bizning mahallada ham kam ta'minlangan "Temir daftar"ga kiritilgan 
312 nafar fuqarolar iste'qomat qilib kelmoqdalar. 127 nafar xotin-qiz " Ayollar" hamda, 
54 nafar yoshlar "Yoshlar" daftariga kiritilgan. Mahallamizda ushbu daftarga kiritilgan 
fuqarolarni ro'yxatdan chiqarish uchun tinimsiz samarali ishlar olib borilmoqda. 2015-
yil boquvchisini yo'qotgan xonadonlarning 7 nafar farzandlarini xatna to'ylari o'tkazilib 
berildi. 2022-yil 2-aprel kuni ramazon oyining boshida yana, 7 nafar bolaning sunnat 
to'yi o'tkazib berildi. Bu marosimlarda barcha mahalladoshlarimiz va mahalla faollari 
ishtirok etishdi. 
Oydin mahallasida Toshkent irigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash 
muhandislari instituti Qarshi filiali, bir nechta maktab, "Yulduzcha" va "Tabassum" 
kabi bog'chalar, yirik savdo majmualari kabi markazlar faoliyat yuritmoqda. Mahalla 
fuqarolar yig'ini faoliyati bilan tanishib chiqqan, Qarshi shahar hokimi vazifasini 
vaqtincha ijro etib turgan Jahongir Po'latov Oydin mahalla veb-sayt dasturini ishga 
tushirilishiga jonbozlik ko'rsatdi. Bugungi kunda 2020-2021- yillarda "Obod mahalla" 
dasturi asosida ko'plab ta'mirlash ishlari hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari olib 
borilmoqda. 
Bizning mahallamiz bugungi kunda bir qator tadbirlarni amalga oshirishga 
e'tibor qaratgan. Ehtiyojmand oilalarga qarashish, o'z hududimizdagi aholini ish bilan 
ta'minlash, aholiga qulay bo'lgan madaniy-maishiy xizmat ko'rsatishni mahalla faollari 
asosiy vazifalari qilib qo'yishgan, bu borada samarali ishlar olib borilmoqda. 
Mahallaning asosiy shiori: "Mahallaning qo'lidan kelmaydigan ishning o'zi 
yo'q",- deb nomlanadi. Bugungi kunda nafaqat mahalla faollari, balki biz yoshlar ham 
mahallamizning nufuzini har tomonlama ko'tarishga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish