Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



690 
keltirilgan yozuv yodgorliklarini, Kipr orolidagi g‘orlardan topilgan yozuv 
qoldiqlarini o‘z asariga jalb etdi. 
U o‘z tekshirishlari natijasida quyidagi ilmiy xulosaga keladi: arab yozuvlari 
nabati xalqi yozuvlaridan kelib chiqqan bo‘lib, VII asrdan boshlab ikki shaklda - 
kofiy va nash yozuvlari shaklida rivojlangan. Ko‘fiy va nash yozuvlari asosida 
nisbatan sodda bo‘lgan suls yozuvi yaratildi. Bu haqda muallif quyidagilarni yozadi: 
“Xatti davrondan suryoniy chiqorib, suryoniydan ko‘fiy chiqorib, ko‘fiydan sulsni, 
sulsdan ta'liqni, suls ila ta'liqdan nasta'liq kitob xatimizdurki, 900-nchi hijriyda 
Eronda shahri Tabriz degan baldada Xo‘ja Mir Ali Tabriziy chiqarganlar. Nasx ila 
ta'liqdan murakkab uchun nasta'liq ism qo‘yganlar. Bu xat Arabistonda joriy emas. 
Hindiston va Buxoro, Turkiston, Farg‗ona, Koshg‘ar ahli islom oralarida joriydur”.
«Dorixona borganda lotincha zarur. Hindistonga xat qilinsa, inglizcha bo‘lmasa 
olmaydur, Eronistonga fransaviy. Biz turkiston(lik)larga birinchi zarurimiz rusiya 
xatidurki, muni qozi va mudarrislar inkor qilmaslar. Axbornoma, rapurt yozsalar, 
mudarrislar bo‘lsa, o‘ruscha biladurgan kishiga oqcha berib, rapurt yozduradurlar, 
alarga juda zarur. Savdogarlarga Maskovdan mol yozmoqqa zarur hukumat xati 
bo‘lub, binobarin, ehtiyoji xalqulloh hama jihatdin buni bilmak zarurligi badehiy”. 
Bu haqda asarga so‘ngso‘z yozgan muharrir Husain Makayev quyidagilarni 
ta‘kidlaydi: “Eski osor va eski zamonlardagi millatlarning, xususan, Sharq 
xalqlarining xat va yozuvlari ila tanushlukni xohlagan ilm va fan havaslilari uchun, 
xususan, islohi huruf masalalari kabi g‘oyat muhim mubohasalar jarayon etgan bu 
zamonda ushbu kitobda to‗blanmish necha xil eski yozuvlar bu masalani ayrucha 
diqqatga sabab bo‘lsalar kerak. Fozil Is‘hoqxon to‘ra hazratlarining ko‘b ijtihodlar 
sarf etib, vujudga keltirgan bu xat nusxalarining sharhindagi kitobati ila matbaani(ng) 
ba'zi qusurlaridan qat'i nazar, sanoyi nafisadin bo‘lgan eng eski yozuvlarni bizga 
umrlikka bir asar qolduruvchi bu kitobning Turkistonda nashr qilinuvi bizning uchun 
o‘zi bir sharaf deb bilam. Ammo millat uchun ahamiyatlik yoki ahamiyatsizligi 
haqidagi tanqid va fikrlarni ilm va fan hurmatina ahli qalam, fan suygan odamlarning 
diqqatlariga topshiram”. (Is’hoqxon Ibrat. Jome’ul-xutut. Namangan:Matbaai 
Is’hoqiya,1912, 132-bet).
Zamondoshi Ibrohim Davronning tasdiqlashicha, Is’hoqxon zo’r xattot, 
husnixatni mukammal egallagan kalligrafdir, u bu sohada yaratgan “shoyon bir 
san’ati (asari)” uchun 1907-yili katta mukofotga sazovor bo’lgan. Bu haqda Ibrohim 
Davron quyidagilarni yozadi: “U (Is’hoqxon to’ra) ham xattoti a’zamdur. Chunki 
musulmoncha xat yozmoqdan o’n yeti nav’ yozuv birla Qalam yurguzurlar. Bu osori 
qalamiya va aqliyasidan namunai zoti, demakki, shoyon bir san’ati o’rgan yil, 1907-
yilda janobi Turkiston ginirol-gubirnatorig’a taqdim qilinib, shoyistaliqiga ikkinchi 
daraja pocho’tnoy xalat (pochyotniy xalat) olgan edilar”. (“Turkiston viloyatining 
gazeti”, 1908, 56-son). 
Is’hoqxon Ibrat bilim doirasining ancha kengligi bilan ham zamondosh shoirlar 


691 
va olimlardan ajralib turadi. Ibrat mehnatkash xalq boshidagi og'ir hayot, 
qashshoqlik, mamlakatning qoloqlikda, xalqning nodonlikda qolganining sabablarini 
aniqlashga, undan qutqarish yo'llarini topishga harakat qildi. Bir necha tarahqiy etgan 
mamlakatlarda bo'lgan Ibrat xalqni zulmatdan, mamlakatni qoloqliqdan qutqaruvchi 
birdan-bir yo'l ilm-ma'rifatni egallash deb tushundi. Darhaqiqat, Ishoqxon to'ra Ibrat 
ma'rifatparvarligining tub mohiyati shundaki, u har bir voqea-hodisaga o'z xalqi, 
Vatani manfaatlari nuqtai nazaridan turib munosabatda bo'ldi, baholadi. Kelajak 
avlodning taraqqiy etgan millatlar qatorida erkin, mustakil, farovon hayot kechirishini 
orzu qildi va unga katta umid bog'ladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jadidchilik 
harakatining eng oldingi saflarida bo’lgan ulug’ adib Is’hoqxon Ibrat nafaqat tarixchi, 
shoir, tilshunos, noshir va o’qituvchi, balki o’z davrining yetuk diniy ilmlar ulomosi, 
qozisi va eng birinchi galda vatan ravnaqi uchun fidoiylik bilan kurashib, butun umr 
intilgan tarixiy shaxsdir. Shoir XIX asr oxirida mamlakatda boshlangan ijtimoiy-
siyosiy o’zgarishlarni to’g’ri anglagan, odamlarni yuksak ideal sari intilishi, milliy 
uyg’onishi, o’zligini tanishi, buning uchun fan-texnika sohasi yangiliklari, ilm, 
ta„lim-tarbiyani samarali tashkil etish, turmushni sog’lom aqida va teran tafakkur 
asosida qurish lozimligini targ’ib qilgan. Shu bois uning boy madaniy merosi, nafaqat 
mamlakatimizda, hatto chet ellarda ham puxta tadqiq etilmoqda. Shu sababli uning 
ma’naviy va axloqiy qarashlari hozirgi yoshlar uchun juda muhim ta’lim 
jarayonlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, Is’hoqxon Ibrat Vatan va millat ravnaqi 
uchun o'z hayoti, ijodi va faoliyati misolida “mingdin bir” odamga nasib qiladigan 
“nishona” qoldirdi, nomiga mos chinakam ibrat namunasi bo'ldi. 
REFERENCES
1. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma'naviy olamini 
yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi 
ma'ruzasi // Xalq so'zi. 2017. 4 avgust.
2. Vohidova K.A. Ishokxon Ibrat hayoti va ilmiy merosi hakida // NamDU ilmiy 
axborotnomasi, 2018. 1-son, -B.206-211.
3. Dolimov U. Ishoqxon Ibrat. Tanlangan asarlari. – Toshkent: «Ma'naviyat», 2005. – 
200 b.
4. Dolimov U. Isoqxon ibrat. - T.: Sharq, 1994.
5. Ziyoyev H. Istiqlol - ma‟naviyat negizi. – T.: Ma‟naviyat, 1999. 190 b. 
6. Ishoqxon Ibrat nomli jamoa xo'jaligi madaniyat ishlari bo'yicha rais muovini 
B.Nizomov bilan K.Vohidova tomonidan o'tkazilgan suhbat materiallari. 1994. 


692 
7. Ishoqov R. Nizomova J.lar bilan o'tkazilgan suhbat matni. 1994. Mart-aprelь; 
B.Nizomov bilan o'tkazilgan suhbat matni. 1994. Mart; R.Nazarov bilan o'tkazilgan 
suhbat. 1994. Mart. Suhbatlarni K.A.Vohidova uyushtirgan. 
8. Gaffarov Ya. O.Usmonga yozilgan xatlardan. Ushbu xat nusxasi qo'limizda 
saqlanadi (arab yozuvida). –Namangan, 1961.
9. Yulchiyev K. Ishokjon Tura Ibrat. Ukuv-metodik kursatma. – Fargona, 2018. – 56 
b.
10. Sariboyeva M. Ibratning ibratli yuli // NamDU ilmiy axborotnomasi, 2019. 8-son, 
-B.322-329.
11. Г. Ғаффарова, А. Абдуллаев. (2021). АХБОРОТЛАШГАН ЖАМИЯТДА 
МАЪНАВИЙ ҲАЁТНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. Academic research 
in educational sciences. Special Issue 2.
12. Г.Ғаффарова, МАбдуллаева. Таркибий ўзгаришларнинг бифуркацион асоси. 
Academic research in educational sciences. 2021. №1.
13. 
Гулчеҳра 
Ғаффарова, 
Дилмурод 
Жуманов 
ИЖТИМОИЙ 
ТАРМОҚЛАРНИНГ ЁШЛАР МАЪНАВИЯТИГА ТАЪСИРИ // Academic 
research in educational sciences. 2021. №4.
14. Гулчеҳра Ғаффарова, Дилфуза Эргашева ЁШЛАР МАЪНАВИЯТИ 
ҲАРАКАТЛАР СТРАТЕГИЯСИДА МУҲИМ ЙЎНАЛИШ СИФАТИДА // 
Academic research in educational sciences. 2021. №4.
15. Gaffarova, G.G. (2019), Problems self-organization: philosophical analysis // 
Scientific Bulletin of Namangan State University. -T.1. -№5, - C.185-190.
16. G.G. Gaffarova, (2020). Strategy of activity and systematical approach. 
nternational Journal of Psyshosial Rehabilition. London, United Kingdom, 24, Issue5, 
May. - 6645-6651. 


693 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish