Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



663 
ФИО авторов:
Usmanova Akida Saidasrovna, Mahmudova Maftuna Abdulaziz qizi, 
Abdualimova Mohidil Zavqiy qizi
Название публикации:
«BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI 
TASVIRIY SAN'ATDAN TARIXIY JANRDA ISHLASH MAHORATINI 
TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI» 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada tasviriy sanʼat oʻqituvchilariga tarixiy janrda ijod 
qilishni òqitish texnalogiyalari va asosan tarixiy janr kelib rivojlanishi haqida soʻz 
yuritilgan. 
Kalit so‘zlar:
kompozitsiya, ijod, rassom, yechim, joylashtirish, tasavvur,asar, 
qoralama, eskiz, bo‘lajak o‘qituvchi, badiy, syujet, etyut 
Tarixiy janr, tarixiy mavzudagi asarlar — adabiyot va sanʼatdagi asosiy janr 
yoki mavzulardan biri; tarixiy oʻtmish mavzuida yozilgan asarlar turkumi 
hisoblanadi. Boʻlajak pedagoglar tasviriy sanʼat oʻqitish metodikasida ushbu janr 
ham oʻrin olgan. Tasviriy sanʼat oʻqituvchilari tarixiy janrda ijod qilibgina qolmay 
uni kelib chiqish tarifi va sabablari bilan ham tanishmog’i lozim. 
Badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan biri tarixiy oʻtmishda sodir boʻlgan 
voqealar, yaqin yoki olis oʻtmishda yashagan tarixiy shaxslarga bagʻishlangan asarlar 
yaratishdir. Ilmiy tadqiqotlardan farqli oʻlaroq, yozuvchi yoki shoir tarixiy 
mavzudagi asarda tarix haqiqatiga suyangan holda toʻqimadan ham samarali 
foydalanadi. Yozuvchi yoki shoir tarixiy shaxslar bilan birga shu shaxslar obrazini 
yorqin mujassamlantirish, tasvir etilayotgan davr manzarasini keng va atroflicha 
yoritish maqsadida toʻqima qahramonlar obrazini asarga olib kiradi. Tarixiy mavzuda 
asar yozuvchi muallifdan tasvir etilayotgan davr hayotini yoki tarixiy shaxsning 
hayoti va faoliyatini tarix hujjatlari (arxiv materiallari, xotiralar va h. k.) asosida 
oʻrganish, shu davrning tarixiy koloritini haqqoniy ifodalash, personajlar nutqida 
oʻsha davr kishilari tiliga xos xususiyatlarni aks ettirish talab etiladi. Yozuvchi yoki 
shoirning tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi, kitobxonlarni tarixiy 
oʻtmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish, 
ularda oʻz xalqining tarixiy oʻtmishiga nisbatan hurmat tuygʻusini uygʻotish va shu 
yoʻl bilan maʼrifatli avlodni tarbiyalash; zamondoshlarni tarixiy oʻtmish 
voqealaridan, tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatidagi ibratli tomonlardan saboq 
olishga undash; bugungi voqelikdagi ayrim noxush voqea va hodisalarga tarixiy 
oʻtmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir. 
Bo‘lajak rassom o‘qituvchi tarixiy kompozitsiya ishlar ekan avvalo mavzu 
tanlanadi, mavzu nuqtai nazaridan adabiy, badiy asarlarni hamda kompozitsion 
voqeani tarixiy jihatlari o‘rganilib, materiallar chuqur taxlil qilinadi, bo‘lg’usi 


664 
asarning g‘oya va mazmuni chaqiladi. Asar voqealari qay tarzda rivojlanishi, atrof 
muhit, tabiat bilan bog‘liqligi o‘rganiladi va so‘ngra naturadan materiallar chizib 
kompozitsiya yechimi ustida ish olib boriladi. Talabadan hayolan voqeaning qay 
darajada salbiy va ijobiy obrazlarini ajratish talab etiladi. Birlamchi vazifa naturadan 
bir necha o‘nlab qoralama va xomaki chizgilarni bajarish maqsad qilib qo‘yiladi.
Bo‘lg’usi ijodkor o‘qituvchi atrof-muhitni kuzatib o‘rganar ekan, mavzusi uchun 
kerakli bo‘lgan qiziqarli, shu bilan birga o‘ziga xos voqealarni, ayniqsa, xarakterli 
xususiyatga ega bo‘lgan xodisalarni material sifatida to‘plash ayni muddaodir. 
Ijodkor rassomdan mavzuga doir bajariladigan etyudlar, mavzu doirasida 
kompozitsion ifodalilikka xizmat qiluvchi tasviriy ashyolar, kompozitsion muhitni 
tashkil etuvchi atributlarni jamlash talab etiladi.
Tarixiy oʻtmish mavzusi asosan nasrning roman, qissa va hikoya, 
dramaturgiyaning tragediya va drama, shuningdek, sheʼriyatning doston, ballada, lirik 
sheʼr kabi janrlarida yoritiladi. Jahon adabiyotida tarixiy oʻtmish mavzui U. Shekspir 
va F. Shshыyerttt tragediyalari, V. Skott, J. Golsuorsi, L. N. Tolstoy va b. 
Yozuvchilarning roman larida katta mahorat bilan yoritilgan. 
Jahon adabiyotidagi tarixiy oʻtmish hayotidan olingan ayrim asarlar, mas., A. 
Dyuma romanlari yoki A. S. Pushkinning «kichik tragediyalar»ida tarixiy haqiqatdan 
chekinish, hatto tarixiy haqiqatga zid hodisalarni tasvirlash hollari uchraydi. A. S. 
Pushkin «Motsart va Salyeri» asarida buyuk nemis kompozitorini Salyeri tomonidan 
zaharlangan, deb Motsartning oʻlimi sababini mutlaqo notoʻgʻri talqin qilgan. Bunday 
hollar jahon adabiyotida shu vaqtgacha yozuvchining badiiy niyati bilan bogʻliq 
holda izohlab kelinadi. Ammo Tarixiy janrning taraqqiy etishi bilan yozuvchi yoki 
shoirdan tarix haqiqatiga sodiqlik talab etila boshladi. 
Oʻzbek adabiyotida zamonaviy tarixiy asar birinchi marta Abdulla Qodiriy 
tomonidan yaratildi. Yozuvchining «Oʻtgan kunlar» romani bilan oʻzbek adabiyotida 
tarixiy roman janri maydonga keldi. Oybek «Qutlugʻ qon» romanida Qodiriy boshlab 
bergan tarixiy roman anʼanalarini rivojlantirdi va «Navoiy» romani bilan 
tarixiybiografik roman janriga tamal toshini qoʻydi. Keyinchalik O. Yoqubov 
«Ulugʻbek xazinasi», XX. Krdirov «Yulduzli tunlar», Muhammad Ali «Sarbadorlar» 
romanlari bilan tarixiy roman janrini yangi bosqichga olib chiqdilar. Dramaturgiyada 
tarixiy mavzuda asar yozish tajribasini Fitrat «Abulfayzxon» tragediyasi bilan 
boshlab berdi. Keyinchalik shu janrda Uygʻun va Izzan Sultonning «Alisher Navoiy», 
Hamid Olimjonnnt «Muqanna», Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo 
Ulugʻbek», Abdulla Oripovning «Sohibqiron» singari tragediyalari vujudga keldi va 
bu asarlar tarixiy shaxs obrazini yaratishda dramaturgiyaning badiiy imkoniyatlari 
katta ekanini namoyish etdi. Sheʼriyatda esa turli davrlarda Rafik, Moʻminning 
«Qapchigʻay», Oybekning «Navoiy» va «Hamza», Sulton Joʻraning «Bruno», Usmon 
Azimning «Xalil Sulton», Azim Suyunning «Sarbadorlar» singari dostonlari yaratilib, 
ular tarixiy mavzudagi dostonlarning badiiy tamoyillarini belgilab berdi. 


665 
Bugungi kun rassomchilik sanʼati rivojida tasviriy sanʼat oʻqituvchilarini 
oʻqitish metodikasida tarixiy janrni tabaqa chuqurroq tushuntirish asosan ushbu 
badiiy asarlarda keltirilgan mukammal taʼriflash sanʼatiga bogʻliq. Ijodkor qanchalik 
yaxshi tasviriy vositalar ishlata olgan boʻlsa biz kutgan asar ham shunchalik oʻziga 
tortuvchi boʻladi. 
Shoirlar tarixiy oʻtmish manzaralarini hayotiy voqealar va qahramonlar obrazi 
orqali tasvir etish bilan birga koʻplab ertakdostonlar ham yaratdilar. Ammo ularni 
Tarixiy janrga kiritib boʻlmaydi. Negaki, tarixiy mavzudagi har qanday asarda 
tarixiylik asosiy badiiy mezon boʻlishi va yozuvchi oʻz asarida tarix haqiqatiga qatʼiy 
rioya qilishi lozim. Masalan, Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar 
Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) obrazi mavjudligiga qaramay, uni tarixiy yoki 
tarixiybiografik asar, deb boʻlmaydi. 
Yuqorida takidlab oʻtilganidek tarixiy janrga mansub turli xil badiiy asarlar, 
qoʻlyozmalar mavjudligi bizni yanada rassomchilikda yuksak darajadaga 
koʻtarilishimizga sabab boʻlmoqda. 
Tasviriy sanʼatda Tarixiy janr jamiyat tarixidagi ijtimoiy siyosiy ahamiyatga 
ega boʻlgan tarixiy voqealar va arboblarni tasvirlashga asoslanadi. Odatda oʻtmishni 
tasvirlaydigan Tarixiy janr, shuningdek, yaqin oʻtmishda roʻy bergan va tarixiy 
ahamiyati zamondoshlar tomonidan tan olingan voqealarni aks ettirishni ham oʻz 
ichiga oladi; koʻpincha maishiy janr, portret, manzara kabi boshqa janrlar bilan, 
ayniqsa, harbiy voqealarning tarixiy mazmunini yorituvchi batal janri bilan chatishib 
ketadi. Tarixiy janr rivoji tarixiy nuqtayi nazarlar, ijtimoiysiyosiy qarashlar 
taraqqiyoti bilan, yuksalish davrlari esa ijtimoiy qaramaqarshiliklar sharoiti, ijtimoiy 
harakatlar, millatlarning oʻzligini anglashining oʻsishi, sanʼatda ilgʻor ijtimoiy 
gʻoyalarni aks ettirilishi bilan bogʻliq. Tarixiy janrda koʻpincha tarixiy kuchlarning 
dramatik toʻqnashuvi, milliy ozodlik kurashlari, xalqqa tarixni harakatga keltiruvchi 
faol kuch sifatida qarash kabilar uzining badiiy ifodasini topadi. Tarixiy janr 
qadimdan — ibtidoiy jamoa davridan boʻlib oʻtgan muhim voqealarni eslash, 
xotirlash va shu xotiralarni tasvirlash zaminida yuzaga kelgan. Old Osiyo, Qadimgi 
Misr, Oʻrta Osiyo, Eron hududlarida harbiy yurishlar, podsho, harbiy 
qoʻmondonlarning faoliyatini madh etuvchi koʻp jussali murakkab kompozitsiyali 
asarlar yuzaga kelgan; mamlakatlar ichki hayoti, tashqi aloqalar, elchilar qabuli va b. 
Voqealar rassomlar va haykaltaroshlarning asarlarida oʻz ifodasini topdi. Jumladan, 
Tuproqqalʼa devoriy rasmlari va haykallari, Afrosiyob devoriy rasmlari va b. 
Yunonistonda muhim voqealar, tarixiy shaxsning qiyofalari afsonaviy obraz va 
kompozitsiyalarda ifodalandi. Qad. Rimda Tarixiy janr oʻz taraqqiyotining yangi 
bosqichiga koʻtarildi, asarlar oʻzining oʻta realligi va tafsiloti bilan diqqatga sazovor, 
bu jihatlar, ayniqsa, relyefli kompozitsiyalarda namoyon boʻldi. Oʻrta asrlarda diniy 
mavzulardagi asarlarda tarixiy voqealar ham tasvirlandi.


666 
Osiyo mamlakatlarida Tarixiy janrda salmoqli asarlar yaratildi, bu ayniqsa, 
devoriy rasmlar va voqeaband relyeflarda koʻp uchraydi, miniatyura va monumental 
sanʼatda keng rivojlandi. Uygʻonish davrida Tarixiy janr mustaqil janr sifatida 
shakllandi, 17—18-asrlarda yetakchi janr darajasiga koʻtarildi (D. Velaskes, P. 
Rubens va b.), tarixiy portretlarga eʼtibor kuchaydi (haykaltarosh J. Gudon, rassom J. 
Reynolde, J. David va b.), 19-asrdan Tarixiy janrda insoniyat tarixida boʻlib oʻtgan 
muhim voqealar, xalq boshiga tushgan ogʻir musibatlar asarlarda oʻz ifodasini topdi 
(F. Goyya, O. Delakrua va b.). 19-asrning ikkinchi yarmi Yevropa sanʼatida 
yaratilgan asarlarda romantik ruh kuchli boʻlsa, peredvijniklar asarlarida tanqidiy ruh 
yetakchi boʻldi. 20-asr boʻsagʻasida ramziy umumlashma asarlar yaratish, tarixiy 
portretlar ishlash keng yoyildi. 20-asr jahon madaniyatida mavjud boʻlgan turli oqim 
va yunalishlar Tarixiy janr asarlarida ham namoyon boʻldi (P. Pikasso, A. Fujeron, O. 
Diks, G. Gros, R. Guttuzo, D. Rivera, D. Sikeyros va b.).Oʻzbekiston tasviriy 
sanʼaatida Tarixiy janr qadimdan shakllangan va taraqqiy etgan. Tarixiy janrning 
dastgoh shakllari 20asrning 30- yillarida rivojlandi. Mahalliy rassomlardan B. 
Hamdamiy, A. Abdullayev, Sh. Hasanova va b. ijodida tarixiy shaxslarni 
gavdalantirish muhim oʻrin tutadi. 50—60yillarda oʻzbek tasviriy sanʼatiga keng 
koʻlamda mahalliy rassomlarning kirib kelishi Tarixiy janr mavzu va uslubining 
rangbarangligini taʼminladi. M. Nabiyev, R. Choriyev, J. Umarbekov va b. rassomlar 
ijodida Tarixiy janrga oid asarlar yuzaga keldi. Mustaqilliqdan soʻng tarixga, 
oʻtmishga murojaat etish va eʼtiborning ortishi Tarixiy janrni yanada yuksalishini 
belgilab berdi: Jaloliddin Manguberdi, AlFargʻoniy, Amir Temur kabilarga 
bagʻishlangan tarixiy turkum asarlar yaratildi. 
Bugungi kunda tarixiy janrga mansub asarlar rassomchilik sanʼati 
durdonalaridan keng oʻrinni egallamoqda. Tarixiy janrda yaratilgan asarlar 
koʻrgazmalarning eng asosiy qismini tashkil etmoqda desak adashmaymiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. XAITOV.E.X. KOMPOZITSIYA fanidan O‘quv qo‘llanma. Cho‘lpon nomidagi 
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2019 
2. Baxriyev I.S. (2021). PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN 
TEACHING FINE ARTS LESSONS. Экономика и социум, 9(88), 33-35. 
3. Baxriyev I.S. (2021). THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL 
TECHNOLOGIES IN THE TEACHING OF FINE ARTS. Экономика и социум, 
9(88), 28-32. 
4. Baxriyev I.S, (2021). THE ROLE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN 
TEACHING, Galaxy Internationa lnterdisciplinary Research Journal, 9(7), 63-66. 


667 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish