Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора:
Mamiraliyev Akmaljon Sayfidinovich 
Jizzax shahri Prezident maktabi 
Informatika va axborot texnologiyalari fani 
Название публикации:
«INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA AXBOROT 
KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARIGA 
NISBATAN 
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH» 
Annotatsiya 
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy 
yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan, mustaqil ravishda zaruriy axborotlarni 
izlab topadigan va ulardan tahlil asosida zaruriylarini ajratib oladigan, barcha bilan muloqatga kirisha 
oladigan, 
ta’lim muassaasida 
olgan bilimlarini hayotiy ehtiyojlarida qo‘llay oladigan 
yoshlarni tarbiyalab kamol topishlarida katta e’tibor qaratgan. Buning uchun esa o‘quvchilarimizni 
boshlang‘ich sinflardan boshlab bunga tayyorlab borish kerak. Ya’ni, boshlang‘ich fanlar bo‘yicha 
chuqur bilim berish, chet tillarini puxta o‘rgatish va axborot texnologiyalari bo‘yicha kerakli zarur 
malakalarni shakllantirib borish lozim.
Tayanch so‘z, iboralar:
Kommunikativ kompetentsiya, axborot bilan ishlash kompetentsiyasi, 
shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi, fikr va mushohada, umummadaniy 
kompetentsiyalar, ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi.
 
Ma’lumki, hozirgi kunda axborotlar olamida yashayapmiz. O‘qishda ham, ishda 
ham, kundalik faoliyatda ham kompyuter texnika vositalariga duch kelamiz va bularsiz 
bugungi kunimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Shunday ekan o‘quvchilarimizga 
informatika fanidan chuqur bilim berish, kompyuter va uning boshqa texnik 
vositalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga o‘rgatish kerak.
O‘quvchilar esa zaruriy axborotga ega bo‘lish, ularni izlab topish
undan keraklisini ajratib olish va foydalanishni o‘rganishi kerak. Shu bilan 
birgalikda o‘rganilgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan kundalik hayotlarida 
uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olishlari uchun shakllantirilishi zarur. 
Shunga ko‘ra, 
bu 
vazifalarni 
ta’lim 
muassasida 
o‘quvchilarni 
o‘quv 
predmetlarini o‘rganish jarayonida zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega qilish 
bilan birgalikda ularni hayotiy ehtiyojlarida qo‘llay oladigan holda tayyorlash kerak.
Buning uchun kompetentlik yondoshuvga asoslangan holda o‘qitish kerak.
Kompetentsiyaviy 
yondashuvga 
asoslangan 
ta’lim
– 
o‘quvchilarda 
egallangan bilim, 
ko‘nikma 
va malakalarini 
o‘z 
shaxsiy, 
kasbiy 
va 
ijtimoiy faoliyatlarida 
amaliy 
qo‘llay 
olish kompetentsiyalarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.


906 
Tayanch kompetentsiyalar:
- Kommunikativ kompetentsiya;
- Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi;
- Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi;
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi;
- Umummadaniy kompetentsiyalar;
- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 
bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi.
Informatika 
fanidan 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim maktablarida 
shakllantiriladigan tayanch kompetentsiyalarni amaliyotga joriy etilishini 7-sinflarda 
“Internetda ma’lumotlarni izlash” mavzusi misolida ko‘rib chiqamiz [5].
Kommunikativ kompetentsiyasi.
- Internet bo‘yicha o‘rgangan bilimlarini og‘zaki va yozma tarzda aniq 
va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan 
to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
- sinfda o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, 
jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
-muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini 
himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
-turli 
ziddiyatli 
vaziyatlarda 
o‘z ehtiroslarini 
boshqarish, 
boshqa o‘quvchilarga nisbatan hurmat, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda 
zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
Topshiriq: Internetda ma’lumotlarni izlashning qanday usullarini bilasiz 
va sanab 
bering.Kompetentsiyani 
tatbiq 
qilish 
usullari 
Kommunikativ 
kompetentsiyada guruhlarga bo‘lib o‘quvchilarda internet bo‘yicha tushunchalarini 
rivojlantirish va undan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish mumkin. Guruh bo‘lib 
ishlaganda o‘quvchilarda mustaqil muloqot va o‘zaro fikr almashish vujudga keladi.
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi.
Internet 
bo‘yicha 
ma’lumotlarni 
mavjud 
axborot 
manbalaridan 
(internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta 
va boshq.) topa olish va foydalana olish.


907 
Topshiriq: Elektron pochta bo‘yicha axborot toping. Kompetentsiyani tatbiq 
qilish usullari. 
Axborot bilan ishlash 
kompetentsiyasi bolalarni, mustaqil o‘zi axborot 
to‘plash, izlanish, kuzatish va yangi darsga tayyorlanib kelashga o‘rgatadi. Buning 
uchun yangi mavzu bo‘yicha oldindan o‘quvchilarga tayanch iboralar yoki mavzu 
yuzasidan savolnomalar beriladi. O‘quvchilar ko‘proq mustaqil muloqotda bo‘lib, 
yangi darsga tayyorlanadilar.
Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi:
- Internetga oid ma’lumotlar bilan shaxs sifatida o‘zini aqliy rivojlantirish va 
intellektual kamolotga intilish;
- o‘z ustida mustaqil ravishda muntazam ishlay olish;
-o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik, zaruriy axborotga ega bo‘lish, 
ularni izlab topish, undan keraklisini ajratib olish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
-o‘qib-o‘rganganlari 
va 
hayot 
tajribasidan 
foydalangan 
holda 
kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Topshiriq: “Men sevgan kasb” mavzusi bo‘yicha ma’lumotlarni izlang.
Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari.
- Mening sevgan kasbimga qiziqishim ortdi;
- Mening sevgan kasbim bo‘yicha Shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-
o‘zini rivojlantirish, o‘qib-o‘rganish, mustaqil ravishda izlanish, o‘z hatti-
harakatini baholash, o‘zini nazorat qila bilish, zaruriy axborotga ega bo‘lish, ularni 
izlab topish, undan keraklisini ajratib olish, o‘qib-o‘rganganlari va hayot 
tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta 
olish sifatlarini shakllantirishga qaratilgan interfaol usullarni qo‘llash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi.
Internetni jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va 
uni bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorligini his etish.
Topshiriq: Internetdan 
bola 
huquqlari 
konventsiyasi 
bo‘yicha ma’lumot toping. 
Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi asosan o‘quvchilarda yozma 
ishlarniechish, test savollarining echimini topish, og‘zaki savollarga javob berish, o‘z 
xuquqlarini bilish, kundalik hayotida uchraydigan holatlarda muloqot qilish, o‘z fikrini 


908 
bildirish, o‘z bilimini bayon eta olishi faolligini oshirishga qaratilgan didaktik o‘yinlar 
texnologiyalari.
Umummadaniy kompetentsiyasi.
Internetning 
umuminsoniy 
va 
milliy 
qadriyatlarimizga 
ta’sirini 
bilish. Topshiriq: Internetdan milliy bayramlarimiz bo‘yicha ma’lumot toping va 
hakozalarni o‘quvchilar bilan birgalikda olib borish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, tarmoq bilan bog‘liq holda, ongini o‘stirish va ijobiy 
kreativligini oshirish, kompetentligi orqali o‘quvchi o‘zligini anglashi bilan bir qatorda 
axborot texnologiyalari bo‘yicha kerakli zarur malakalarni shakllantirib borish lozim. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish