Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)


Key words: Fard, byte, verse, quotation fard, musarra, tasnaviy, muzdavaj



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Key words: Fard, byte, verse, quotation fard, musarra, tasnaviy, muzdavaj 
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos shakllanish jarayoniga ega bo‘lgan lirik 
janrlardan biri fard hisoblanadi. “Fard” arabcha so‘z bo‘lib, “yakka, yolg‘iz” degan 
ma’nolarni anglatadi. Janr atamasining lug‘aviy ma’nosi uning tuzilishi jihatdan 
ixchamligi, ya’ni aynan mustaqil bir baytdangina iborat ekanligiga ham ishora qiladi. 
Fardning har ikkala misrasi o‘zaro qofiyalanadi. Biroq o‘tmish adabiyotimizda 
qofiyalanmagan fard janri namunalari ham uchraydi. 


242 
Fard
(arabcha .درف – yakka, yolg‘iz) – bir baytli lirik janr. Fard o‘zida aforistik 
tugal bir mazmunni ifodalaydi. Fardlarda ikki misraning o‘zaro qofiyalanishi shart. 
Ammo ijodda o‘zaro qofiyalanmagan fardlar ham uchrab turadi.
54
Fard istilohiy ma’nosiga ko‘ra ikki misradan iborat bo‘lgan, ikkala misrasi ham 
qofiyalangan, ko‘pincha badiha (ekspromt) tarzida aytilgan yoki yozilgan mustaqil 
poetik asar hisoblanuvchi baytdir. 
“Xazoyin ul-maoniy”ni yakunlovchi janr fard bo‘lib, (ar. “yakka”, “yolg‘iz”) 
bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she’r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b 
tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‘lsa-da, unda muhim falsafiy-
axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. Shu ma’noda 
fardlar, ko‘pincha, aforizm xarakteriga ega bo‘ladi. “Adabiyotshunoslik terminlari 
lug`ati” mualliflari esa fardni “ lirkani eng kichik janri, yolg`iz bir baytdangina iborat 
bo‘lgan mustaqil she’r”
55
deb talqin qilishadi. “O‘zbek klassik janrlari” mualliflari 
esa fardga istilohiy jihatdan keng to‘xtalishgan. Ular fardni “alohida asar bo‘lib, 
mustaqil holda keladi … . Alisher Navoiy fard termini o‘rnida “bayt” so‘zini ham 
qo‘llaydi.”
56
deyishadi. 
“O‘q va Yoy” hamda “Chog‘ir va Bang” munozaralarida “bayt”, “nazm” 
nomlari ostida keltirilgan ikki misradan iborat bo‘lgan she’rlarda ko‘proq iqtibos 
fardlarga xos xususiyatlarni kuzatish mumkin.
Fardning shakliy qurilishi bir bayt – ikki misradan iborat. Bayt esa ikki misrali 
she`r 
birligi. 
Iqtibos 
fardlarning 
nasriy 
asarlar 
tarkibida 
kelishini 
adabiyotshunoslarning ayni vaqtda shoirlik ham qilib, ilmiy asarlarida o‘zlarining 
badiiy san’atlarini namoyish etish deb, qaralsa to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo iqtibos 
fardlarning hammasini ham nasriy asar tarkibidan ajratib olib fard deb bo‘lmaydi. 
Chunki ularning ayrimlari bu janrning belgilarini namoyon etsa, ayrimlari namoyon 
qilavermaydi.
54
Р. Орзибеков. Лирикада кичик жанрлар. Т., Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1976, 119-120-
бетлар. 
55
Adabiyotshunoslik terminlari lug`ati H. Homidiy, Sh. Abdullayeva, M. Ibrohimova. T. 1979. 234-b. 
56
O . Nosirov, S. Jamolov, M. Ibrohimova O‘zbek klassik she`riyati janrlari T. 1979. 170-172-b. 


243 
Fardga faqat lug`atlardagina emas, balki klassik adabiyotshunoslikda ham 
ta’riflar berilgan bo‘lib, bular fard so‘ziga istilohiy ta’rif berishda bir – biriga yaqindir. 
Bu yaqinlik asosiy fard so‘zining lug`aviy ma’nosi tashkil qiladi. Shams Qays Roziy 
bu borada shunday degan: “Musarra’ shunday baytki, unda aruz bilan zarb qofiyada va 
vaznda bir – biriga muvofiq keladi”. Shams Qays Roziy ta’rifidan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, musarra’ qofiya va vaznda bir – biriga teng bo‘lganikki misra ya’ni bir 
baytdir. Shu o‘rinda “G`iyos – ul – lug`ot” da musarra’ so‘ziga berilgan ta’rifni 
keltirmoq joizdir. “Musarra’ - keltirilgan misra” demakdir. Attoulloh Husayniy esa 
fardga ta’rif berishda uning qofiyalanish xususiyati nuqtai nazaridan fikr yuritadi. 
“Tasri` lug`atga ikki qanotli eshik yasamoqdur va musarra’ ikki qanotli eshikdur. 
Baytning ikki misrasi qofiyada teng bo‘lganda shubhasiz, baytning ikki qanotlig` 
eshikka o‘xshashlig`i to‘luq va yetukrak bo‘lur, demak, munga asosan mazkur baytni 
musarra’ deb atabdurlar”. 
Attoulloh Husayniy musarra’ni ta’riflab shunday deydi: “musarra’ andoq 
baytni derlarkim, aning har ikki misrai qasidalarboshidag`idek qofiyalig` bo‘lur. Bir 
qasida bir necha yerinda musarra’ abyot keltirmaklari mumkindir alarming har birin 
matla’derlar, agarchi haqiqatga matla’ birinchi bayt bo‘lsa ham”. Bu ta’riflardan 
ma’lum boladiki, musarra’ ikki misradan iborat bo‘lgan bir bayt bo‘lib, vazn va 
qofiyada teng kelishi kerak. Musarra’ istilohining aynan fardga dahldor deyishimizga 
sabab, yana shu adabiyotshunosning quyidagi fikri asosidadir: “ Zohirdurkim 
qasidalar matlai va ruboiylarning birinchi baytinda lozim bo‘lgan nima faqat 
qofiyadagi tengliktur va vazndagi tenglikni hech qachon lozim deb bilmaptur”. 
Demak, musarra’ bo‘lmog`i uchun har ikka misra ham vaznda, ham qofiyada teng 
bo‘lmog`i kerak. Bu ta’rif o‘z – o‘zidan fard istilohini izohlamoqda. 
Chunki farddagi har ikki misra ham qofiyada, ham vaznda teng keladi. Bundan tashqari 
klassik she`riyatshunoslikda muzdavaj degan istiloh ham mavjud bo`lib, bu istilohni 
Attoulloh Husayniy shunday ta`riflaydi: “Muzdavaj andoq she`rni derlarkim, ul 
musarra` abyotga asoslangan bo`lur. Ajam shuarosi urfan ani tasnaviy derlar. Izdivoj 
juftlashmoqtur. Har baytning har ikki misrai qofiyada teng bo`lgach, go`yo 
juftlashgandek bo`lur”. Muzdavaj istilohini fardga nisbatan qo`llagan o`rinlar ham 


244 
mavjud. Y.E. Bertelsning aniqlashicha, marvlik Abul Fazl as – Sukkariy o`z she`rlarida 
bir qator qadimgi forsiy maqollar tarjimasini arab adabiyotida umuman qo`llanilmagan 
she`riy shaklda muzdavajda – har ikki misrasi qofiyalangan sheriy shaklda bergan. 
Demak, o`rta asr adabiyotshunosligida fard istilohi o`rnida musarra` va muzdavaj 
istilohlari ma`lum o`rinlarda qo`llanilgan. 
Fardga janr sifatida ko‘pgina adabiyotshunoslar o‘z ta’riflarini berganlar. 
Masalan, Yan Ripka fardlarning qofiyalanishi a a – a b tarzida bo‘lishini aytib, fardlar 
shoirlar tomonidan yozilgan bir lahzalik tafakkur mahsuli bo‘lib, boshqa asarlarda 
nima uchundir foydalanilmagan she’rlar ekanligini ta’kidlagan. Tohirul Mavlaviy esa 
fardlarni boshqa baytlarga aloqasi yo‘q bayt sifatida talqin etib, bu baytlarning 
yolg`izligi ularning terminologik, ya’ni istilohiy nomlanishiga asos bo‘lganligini 
aytadi. “Agar bayt – deydi Tohirul Mavlaniy, - har ikki misrasi qofiyalangan bo‘lsa 
musarra’, qofiyalanmagan bo‘lsa fard deb yuritiladi”
57
. Bu o‘rinda Tohirul Mavlaniy 
klassik she’rshunoslikdagi musarra’ istilohiga suyanganligi shubhasizdir. 
O‘zbek adabiyotshunosligida L. Serikova fardlarni Alisher Navoiyning kichik 
lirik asarlari qatorida umumiy tarzda tadqiq etgan. R. Orzibekov esa o‘zbek lirikasining 
kichik janrlari qatorida fardga ham to‘xtalgan. 
L. Serikova Alisher Navoiy fardlarining strukturasini tadqiq etar ekan, uning 
janr xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. Xususan, “ularning mustaqilligi fikrning 
aforistik tugallligi bilan ta’minlangan”, deydi olima. Fardning ikki misrasi o‘rtasida 
mustahkam semantik bog`liqlik adabiyotshunos diqqatini o‘ziga tortadi. Ana shu 
bog`liqlik fardning tuzilishi prinsiplaridan biri bo‘lgan tematik parallelizmga olib 
kelishini L. Serikova misollar bilan keng yoritib bergan. Adabiyotshunosning 
“Navoiy fardlari bu odatda alohida parcha sifatida boshqa lirik janrlar tarkibiga 
qo‘shilmaydigan mustaqil miniatyuralar”
58
degan xulosasini barcha fardlarga tadbiq 
qilish mumkin. 
Fardlar, ko‘pincha, nasriy asarlar, sarguzasht qissalar, tarix kitoblari, 
memuarlar tarkibida muallifning xulosasi, qissadan hissa qabilida berilgan. Masalan, 
57
Tohirul Mavlaviy. Adabiyot lug`ati. Istambul, 1974. 24-b. 
58
Serikova L. Alisher Navoiy fardlarining strukturasi haqida// O‘zbek tili va adabiyoti 1975. N 1. 60-b. 


245 
Abdulvahobxo‘ja o‘g‘li Poshshaxo‘janing “Gulzor” nomli hikoyatlar kitobidagi bir 
hikoyat oxirida adib matla’ deb quyidagi fardni bergan: 
Gar alifdek rost bo‘lsang, bol ichinda tut maqom, 
Lom alifdek bo‘lsang egri bo‘l balo ichra mudom.
59
Fard janrining taraqqiyotida nasriy asarlar ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, 
bu borada munozara janridagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan Yaqiniy va Yusuf 
Amiriylarning nomlarini alohida ta’kidlash lozim. “O‘q va Yoy” hamda “Chog‘ir va 
Bang” munozaralarida “bayt”, “nazm” nomlari ostida keltirilgan. 
Sharq sheʼriyatida ishq, irfon, goʻzallik, din va axloq xususidagi qarashlarning 
bari bir nuqtada birlashadi, bir mavzu doirasida umumlashadi. Bu nafs va ruh 
masalasidir. Nafs va ruh inson zotida birlashgan, bir-birini toʻldirib, ayni chogʻda, 
bir-birini rad etuvchi ikki qarama-qarshi qutb. Nafsda ham, ruhda ham cheksiz qudrat 
yashirin. Ularning mohiyati hech qachon bir-birisiz ayonlashmaydi. Nafs ruhning 
mavjudligini dalillasa, ayni chogʻda, ruh ham nafs borligini tasdiqlaydi. Har 
ikkalasining vazifasi zohiran bir xil boʻlsa ham, botinan mutlaq farqli. Ayni shu 
farqlanish asosida, ularning tabiati, xususiyati namoyon boʻladi. 
Tanbeh (44)
Agar badnafsdin zulm yetsa, shukr vojib bila va tengri hamdin ado qilkim, sen 
emassen lozim, gar biz ul emastur mazlum va ojiz. Mazlumlik ibtidosida bo‘lgan 
yaxshiroqkim, zolimlik balosida, 
Bayt: 
Kishi ming zulm agar cheksa kerak bo‘lmasa qone’.
Lek bir zulmg‘a ming nav’ kerak anglasa mone’
60
59
Т. Бобоев. Адабиётўунослик асослари. Т., Ўзбекистон нашриёти, 2002, 490-491-бетлар. 
60
Alisher Navoiy Mahbub ul-qulub. 53- bet. 


246 
Fardning mustaqil ijod qilinishi va alohida janr sifatida devon tarkibida maxsus 
uchrashi mavlono Lutfiy lirikasi bilan bog‘li hodisa hisoblanadi. Shoir qalamiga 
mansub, bo‘lgan fardlar janrning shakily va g‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarini to‘liq 
yuzaga chiqara olgan. Lutfiy fardlari garchi mavzu jihatdan rang-baranglik kasb 
etmasa-da, biroq ular janrning keyingi davrlardagi rivoji uchun tajriba maktabi 
vazifasini o‘taganligi sir emas: 
Man shikasta agar joduliqni balsam edi, 
O‘zumni noma qilib xidmatingg‘a borgay edim.
61
Alisher Navoiy fardlari ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-ta’limiy masalalarga 
bag‘ishlangan bo‘lib, badiiy jihatdan yuksak she’r namunalaridir. Ularda iyhom, 
husni ta’lil, tamsil, irsoli masal, tashbeh kabi san’atlar mohirlik bilan qo‘llanilgan. 
Masalan, quyidagi fardda “dam urmoq” jumlasi vositasida ikki ma’no: nafas 
chiqarmoq va gapirmoq ma’nolari anglashilyapti va bu orqali iyhom san’ati vujudga 
keltirilgan: 
Kishi aybing desa dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu, 
Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, kishi aybin zohir aylarmu?
(“Favoyid ul-kibar”, 29-fard) 
Shuningdek, mazkur fardga “musulmon musulmonga ko‘zgudir” degan hadis 
mazmuni ham ustalik bilan singdirilgan. 
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”sida 86 ta fard mavjud bo‘lib, 82 tasi 
qofiyali, 4 tasi qofiyasizdir. Fardlarning barchasi “Favoyid ul-kibar” devoniga 
kiritilgan. Navoiy fardlari shoirning hayotiy tajribalari mahsuli bo‘lmish chuqur 
mushohadalari va mantiqiy xulosalarini o‘zida aks ettirish bilan birga, shoir she’riy 
dahosining ayrim qirralari haqida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi. 
Quyidagi fardda shoirning davr va olam ahli haqidagi falsafiy qarashlari o‘z ifodasini 
topgan: 
Istasangkim, ko‘rmagaysen bevafolig‘, ey rafiq, 
Qilma olam ahli birla oshnolig‘, ey rafiq. 
61
Лутфий. Сенсан севарим. Т., Адабиёт ва санъат, 1987. 343-б. 


247 
Navoiy lirikasida sof maʼnodagi ilmiy-maʼrifiy yoki taʼlimiy-irfoniy asarlar 
ham mavjud. Bunga uning gʻazallaridan va kichik lirik janrlardagi asarlaridan 
koʻplab misollar keltirish mumkin. Hazratning ushbu tarzdagi asarlarida maʼrifat 
tushunchasi izchil mazmun-mohiyatga ega boʻlgan holda, baʼzan tadrijli tarzda bayon 
etiladi. 
Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past, 
Bilmagay holim shikastin, ko‘rmagan muncha shikast.
62
Ushbu fardda asli arab tilidan olingan ikkita (“sabr” va “hol”) va fors-tojik 
zamonidan kirib kelgan uchta (“xud, past va shikast”) so‘z qo‘llangan. Qolgan 
kalimalarning hammasi – sof turkiy. Bu ikki arabiy ifodani ham shuningdek, forsiy 
“past” so‘zini ham hozir hamma bemalol tushunaveradi. “xud” bu yerda hozirgi 
“ham” ma’nosini ifodalab kelgan. “Shikast” esa – aynan “siniq yoki buzuq” so‘zining 
forscha-tojikcha ifodasi. Hozirgi tilimizda “shikast yetkazmoq” qo‘shma fe’li ham 
mavjud. Lekin bu ko‘proq “zarar yetkazmoq” ma’nosida qo‘llaniladi. 
Shu tahlillardan keyin baytda ifodalangan fikrni hozirgi tilimizda bemalol 
bayon etish mumkin: “ men – siniq, ko‘nglim – siniq, sabrim uyi ham – yerga past 
bo‘lgan (ya’ni buzilgan), buncha shikast ko‘rmagan (kishi) holim shikast(zabunlik)ini 
bilmaydi(tasavvur qilolmaydi)”. 
Fardda bevosita shoirning hasbi holi ifodalangan. Yaxshi bilamizki, 
Navoiyning hayot yo‘li bir –tekis kechmagan. Ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar o‘zgarishi, 
ya’ni hokimiyat almashishlari oqibatida oilaning ona shahrini tark etib, Mashhadga 
ko‘chishiga to‘g‘ri kelgan. 1466- yili esa ijtimoiy-siyosiy vaziyat 25 yoshli shoirni 
yana Hirotdan o‘zga shaharga – Samarqandga kelishga majbur qilgan. 
Bular – ulug‘ zot hayotining ko‘pchilik bilgan mashaqqatlari. Inson sifatida u 
yana qanday siniqliklar, nohaqliklar, jabr-u zulm ko‘rgan – bu o‘ziga-yu Xudogagina 
ayon.
62
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar. 395-bet. 


248 
Ushbu fard shoir ko‘nglida kechgan ana shunday kayfiyat hosilasi sifatida 
qog‘ozga tushgani – aniq. 
Asarda har qanday kishi boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan holat va kayfiyat 
tasvirlangan. Shoir erishgan ijodiy muvaffaqiyatlar esa u bunday qiyinchiliklarni 
sabr-matonat bilan yengib o‘tganini ham xayolidan o‘tkazadi. 
Bu esa o‘quvchida: “Hayot mushkulotlaridan tushkunlikka tushmaslik kerak”, - 
degan dalda paydo qiladi. 
Yana bir narsani bilib olamiz. Navoiy nega asarlarida hayotning bori achchiq-
chuchugini haddi a’losida aks ettira oldi? Bu fard ana shu savolga javob topishga 
undaydi: chunki shoir hayotning achchiq-chuchugini ko‘p bor o‘z boshidan 
o‘tkazga-da.
Shoir – haq: kimki hayotda u boshidan o‘tkazganchalik shikast ko‘rmagan 
bo‘lsa, uning holi shikastini bilolmaydi. 


249 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish