Umumiy qoidalar
Bino va inshootlar qurilishining muhim bosqichlaridan biri qurilish ishlab chiqarishni
tayyorlashni amalga oshiradigan tayyorgarlik davri hisoblanadi. Tayyorgarlik ishlari
tarkibi tabiiy-iqlim sharoitlari, qurilish maydonining xususiyatlari, barpo etilayotgan
bino va inshootlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tartibga solinadi. Ob’yektni
qurishga oid bo‘lgan tayyorgarlik ishlari qurilish maydonidan tashqarida va maydon
ichida bajariladigan ish turlariga bo‘linadi. Maydondan tashqarisida amalga
oshiriladigan tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: qurilish ob’yektiga olib
584
boradigan yo‘llarni yotqizish, elektr uzatish va telefonlashtirish liniyalarini o‘tkazish,
suv ta’minoti, kanalizatsiya va yomg‘ir suvlari oqiziladigan tarmoqlarni o‘tkazish.
Maydon ichidagi tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: maydonda gruntning
muhandislik-geologik xossalarini o‘rganish; geodezik rejalash asosini yaratish;
maydonni undagi qurilish ishlarini amalga oshirish uchun bo‘shatish – hududni
tozalash, undagi keraksiz qurilma va konstruksiyalarni buzib olib tashlash; hududni
tekislash; yer usti va yer osti suvlarini tashqariga chiqarish, zarur bo‘lganda yer osti
suvlari sathini sun’iy pasaytirish; muhandislik tarmoqlarining mavjudlarini qayta
o‘tkazish va yangilarini yotqizish; doimiy va vaqtincha yo‘llarni qurish; qurilish
maydonini elektr energiyasi bilan (xususan, sun’iy yoritish bilan) ta’minlash;
vaqtincha to‘siqlar o‘rnatish; qurilishni yong‘inga qarshi suv ta’minoti va asbob-anjom
bilan ta’minlash. Qurilish maydoni kiyim almashtirish, maishiy xonalar, oshxona,
ishlarni boshqaruvchilar va boshqa texnik xodimlar xonalari, dushxona, sanuzellar,
qurilish materiallari, asboblar saqlanadigan omborlar, vaqtinchalik ustaxonalar,
ayvonlar va h. k. bilan jihozlanadi. Maydon atrofiga to‘siq o‘rnatilishi lozim va mazkur
maydon berkitiladigan, ya’ni qulflanadigan darvoza va qo‘riqchilarga ega bo‘lishi
kerak; ob’yekt tegishli belgilar va yozuvlar bilan jihozlanadi.
Adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.05.2019 yil PK-4335 “Qurilish
materiallari sanoatini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2018 yil PK-5577 “Qurilish
sohasini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
3.Dikman L.G. Organizatsiya i planirovanie stroitelыnogo proizvodstva: Upravlenie
stroitelnыmi predpriyatiyami s osnovami ASU (Moskva Vыsshaya shkola 2004).
4.E.K. Umurzaqov, M.A Xamidova “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi”
Farg‘ona 2002.
585
ФИО автора:
Даминова Назокат Эркинбоевна
Ўзбекситон Республикаси
Фанлар академияси Ботаника институти
таянч докторанти
Do'stlaringiz bilan baham: |