Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 08.12.1992.
https://lex.uz/docs/-
20596
2.
O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi. 25.06.2019.
3.
PF-5618-сон 09.01.2019. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida
https://www.lex.uz/docs/-4149765
254
ФИО автора:
Avliyoqulov Bekmirza Bektemirovich
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti
o`qituvchisi
Название публикации:
«O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DOPINGGA
QARSHI KURASH HUQUQINI RIVOJLANTIRISH – SPORTCHILARNING
INSON HUQUQLARI KAFOLATI»
Annotatsiya:
Ushbu tezisda O`zbekiston Respublikasida sport huquqini rivojlantirish,
uning dastlabki normativ-huquqiy asosini yaratish bo`yicha xalqaro tajribalarni
o`rganish natijalari va amaliyot haqida so`z boradi. Bundan tashqari sportchilarning
dopingdan foydalanishlarining huquqbuzarlik sifatida O`zbekiston Respublikasi asosiy
normativ-huquqiy hujjatlarida qayd etilishi o`zgalarning inson sifatidagi huquqlari
ta`minlanishi to`g`risida fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar:
Sport, inson huquqlari, dopingga qarshi kurash, Xalqaro Olimpiya
Qo`mitasi, Butunjahon anti-doping agentligi, O`zbekiston Milliy anti-doping agentligi.
Bugungi islohotlar davrida Yangi O`zbekistonning kelajagini belgilash, uning
barcha sohalarini rivojlantirish va dunyo hamjamiyatida o`ziga munosib bo`lgan
darajaga olib chiqishda e`tibor qaratish lozim bo`lgan sohalarning huquqiy tomonlarini
chuqur isloh qilgan holda, ushbu sohalarning ravnaqiga sharoit yaratish bugungi
kunning dolzarb masalasidir. Barchamizga ma`lumki, ijtimoiy hayotning har qaysi
sohasini rivojlantirish hamda mustahkamlashda uning huquqiy asosi hal qiluvchi
muhim o`rin tutadi. Chunki, mavjud ijtimoiy hodisalarni jamiyatda yuzaga kelishi
mumkin bo`lgan turli xil ta`sirlardan hamda nomaqbul harakatlardan himoya qilish eng
avvalo huquq normalarining vazifasi hisoblanadi. So`nggi besh yildan beri boshqa
sohalarda bo`lgani kabi mamlakatimiz sport sohasi ham jadal ravishda rivojlanmoqda.
Sportchilarimiz tomonidan so`nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar va medallarning
salmog`i bu so`zlarning naqadar haqiqatligini isbotlaydi. Ushbu natijalarga erishish
uchun amalga oshirilayotgan hukumat darajasidagi islohotlar, xususan, O`zbekiston
255
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolanayotgan qaror va
farmoyishlarning ham o`rni beqiyosdir. Ushbu sohaga davlat tomonidan berilayotgan
e`tiborning ko`lamini birgina O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil
20-yanvarda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni
yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-5924
sonli farmoni qabul qilinib, ushbu hujjatda bir qancha muhim islohotlar ko`zda
tutilganligini qayd etib o`tish joiz.
Ushbu qaror bo`yicha O`zbekiston Respublikasida jismoniy
tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining qabul qilinishining
o`zidan bugungi O`zbekiston sporti juda katta o`zgarishlar oldida turganligini anglash
qiyin emas. Biz ham eng avvalo huquqshunos sifatida ushbu qilinadigan ishlarga
o`zimizning hissamizni qo`shish va xalqaro tajribalarni chuqur o`rganib, tahlil qilgan
holda O`zbekiston Respublikasida sport huquqini yaratishni oldimizdagi eng katta
maqsad sifatida belgilab olganmiz. Avvalambor, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan
sportchilarning inson huquqlarini himoya qilishning mamlakatimizdagi dastlabki asosi
sifatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini keltirish mumkin. Xususan,
ushbu hujjatning 42-moddasida quyidagicha yozilgan: “Har kimga ilmiy va texnikaviy
ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat
jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik qiladi”
8
. Bundan
ko`rinib turibdiki, O`zbekiston Respublikasi o`z fuqarolarining sport sohasidagi
faoliyatlarini qo`llab-quvvatlaydi hamda ular uchun yetarli imkoniyatlar yaratib beradi.
Ushbu
sohada
xorijiy
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ularda allaqachon
sport huquqi mamlakatning mustaqil huquq tarmog`i sifatida shakllanganligi va unda
mavjud bo`lgan munosabatlar davlat sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari
tomonidan tartibga solinishini ko`rishimiz mumkin. Xususan, sport sohasini birgina
jinoyat huquqi doirasidagi munosabatlarga bog`laydigan bo`lsak, unda mavjud mach
8
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n
birinchi sessiyasi. 1992 yil 8 dekabr, 42-modda.
https://constitution.uz/oz
. Oxirgi marta ko’rilgan sana 2021-yil 10-
oktabr.
256
fiksing, korrupsiya, musobaqa qoidalarining buzilishi, doping majarolari, noqonuniy
bukmekerlik faoliyati, musobaqa natijalarini manipulyatsiya qilish kabi noqonuniy
faoliyatlarni uchratishimiz mumkin. Ushbu noxush holatlarni faqatgina mamlakat yoki
xalqaro darajadagi mustaqil sport sohasidagi o`ziga xoslikning buzilishi deb emas,
balki ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sportchilarning inson sifatidagi huquqlarining
qo`pol ravishda buzilishi deb qabul qilishimiz hamda bunday holatlar bilan har qanday
vaziyatda murosasiz bo`lishimiz shart. Chunki, insoniyatning ilk davrlaridan beri sport
bilan shug`ullanish odamzotning asosiy mashg`ulotlaridan biri hisoblanib keladi.
Xususan, Qadimgi Yunonistonda doimiy tarzda o`tkazilgan Olimpiya o`yinlari o`sha
davr odamlarining sevimli mashg`ulotlaridan biri hisoblangan. Ushbu zamonlarda ham
inson huquqlarining himoyasini ta`minlash maqsadida ushbu o`yinlar o`tkazilayotgan
vaqtda mamlakatlar o`rtasida urushlar ham to`xtatilgan. Tomonlar o`rtasida bitim
tuzilib, qaysi tomon vakillari ushbu bitimni buzgan taqdirda tegishli tartibda jazoga
tortilgan. Bundan ko`rishimiz mumkinki, hali davlat huquq tarmoqlari to`lig`icha
shakllanib ulgurmasdanoq sportda faoliyat yuritayotgan insonlar huquqlari
ta`minlanishiga e`tibor mavjud bo`lgan. Chunki, sportdagi raqobatning sofligini
ta`minlash va sportchilarning erkin harakatlanishi uchun sharoit yaratish ushbu
mashg`ulotning ommalashishiga hamda uning tinchlik elchisi degan nomga erishishida
juda ahamiyatlidir. Biz yuqorida aytib o`tganimizdek, antik davrda Qadimgi
Yunoniston hududida sportga juda katta e`tibor qaratilgan. Xattoki, Yunoniston yarim
orolida joylashgan Sparta davlatida erkin fuqarolar faqat jismoniy tarbiya bilan
shug`ullanishi majburiy hisoblangan. Olimpiya o`yinlari g`oliblariga esa o`zgacha
hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo`lishgan hamda ularning nomlari olimpiya
tog`iga zarhal xarflar bilan bitilib, haykallari antik davr xudolarining safidan ham joy
olishi mumkin bo`lgan. Gerakl haqidagi afsonalarning paydo bo`lishi ham aynan ushbu
odatning yorqin misolidir.
Xuddi mana shu o`rinda tomonlar o`rtasidagi kurashda
g`oliblik uchun manfaatlarning o`zaro to`qnashuvi vujudga kelishi atletlar orasida
g`ayriqonuniy usullarni va yo`llarni ishga solgan holda raqiblarini mag`lubiyatga
uchratishga urinishlar paydo bo`ldi. Aynan ushbu davrdagi biz fikr yuritayotgan
holatlar sportda dopingning vujudga kelishining boshlanish nuqtasi deb aytishimiz
257
mumkin. “Doping (ing. doping, dope — narkotiklar bermoq) — organizmning ruhiy
va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar. Sport oʻyinlari
natijalarini yaxshilash maqsadida qoʻllanilgan. Sportchilar orasida dopingdan
zaharlanish va oʻlim holatlari kuzatilganligi uchun 1967-yildan Xalqaro olimpiada
qoʻmitasi sport oʻyinlari chogʻida doping qabul qilishni man etgan va qatʼiy nazorat
oʻrnatgan. doping ishlatgan sportchilar oʻyindan chetlashtiriladi”
9
. Garchi Qadimgi
Yunonistonda dopingdan foydalanish rasman ta`qiqlanmagan bo`lsada, ammo
sportchilarning jismoniy holatini yaxshilovchi usul va vositalarning shakllanishi va
rivojlanishi aynan shu davrga borib taqaladi.
“Biroq, 1920 -yillarga kelib, jismoniy faoliyatni yaxshilash uchun giyohvand
moddalarni iste`mol qilish bilan bog`liq sog`liqni saqlash borasidagi hamda axloqiy
jihatdan xavotirlar kuchayib bordi va moddalarni iste`mol qilish nazoratdan chiqib
ketayapti degan fikr paydo bo`ldi; aynan o`sha paytda qonuniy cheklovlar zarur edi.
Bu borada tashkilotchilar, xususan xalqaro sport federatsiyalarining boshqaruv
organlari oldida sportchilarni moddiy rag`batlantirish ortidan ularning sog`liklariga
ziyon yetkazishi mumkinli xavfi turar edi. “1928 yilda Xalqaro yengil atletika
federatsiyasi assotsiatsiyasi samaradorlikni oshiruvchi dorilarni qo`llashni taqiqlagan
birinchi federatsiya bo`ldi”
10
. Ushbu ta`qiq dorilarga qarshi hech qanday testlarni o`z
ichiga olmagan, ammo u bundan keyin sportchilar o`z jismoniy imkoniyatlarini sun`iy
oshirishiga urinishlari qabul qilinmaydi va bu harakatlar musobaqa qoidalariga zid deb
topilishi haqidagi bayonot edi. Bir necha yildan so`ng, 1967-yilda Xalqaro Olimpiya
Qo`mitasi ham ushbu harakatga qo`shildi hamda bundan keyingi o`zining barcha
musobaqalarida dopingga qarshi kurash qoidalarini kirita boshladi. 1999-yilga kelib
esa ushbu g`oyalar rasman mustaqil harakat sifatida shakllanib, Xalqaro Olimpiya
Qo`mitasining tashabbusi bilan tuzilgan Butunjahon anti-doping agentligi (WADA)
tomonidan amalga oshiriladigan bo`ldi.
O`zbekiston ham xalqaro
hamjamiyatning teng huquqli a`zosi sifatida o`z hududida sport sohasini xalqaro
9
https://uz.wikipedia.org/wiki/Doping
. Oxirgi ko’rilgan sana 2021-yil 10-oktabr
10
https://shepwedd.com/knowledge/sports-law-history-and-development-anti-doping-rules
. Oxirgi ko’rilgan sana
2021-yil 10-oktabr
258
standardlar asosida rivojlantirish uchun ushbu harakatga qo`shildi hamda O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to`g`risida” 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son qarori asosida mamlakatda Milliy
anti-doping agentligi tashkil etildi. Bundan keyin ushbu tashkilotning huquqiy asosini
mustahkamlash sportchilarimizning doping majarolariga aralashib qolish xavfini
kamaytirishning yagona chorasi sifatida qabul qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |