Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Foydanilgan adabiyotlar: 
1.
M.G.Davletshin,S.M.To`ychiyeva.”Umumiy psixologiya”, -T.:2002. 
2.
N.V.Bordovskaya, S.I.Rozum.”Psixologiya va pedagogika”,2016. 
3.
R.Verderber, K.Verderber. “Umumiy psixologiya”.2003. 
4.
V.Karimova, O.Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. –T.:2007. 


233 
ФИО автора: 
Jasur Ro'zimurodov Hasanovich 
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Tarix fakulteti Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari, 
huquq ta'limi yo'nalishi 2-kurs talabasi 
Название публикации:
«ENG YAXSHI SAYLOV JARAYONLARI» 
Annotatsiya
: Har bir demokratik davlatlarda albatta turli lavozimlarga saylov 
jarayonlari o'tkaziladi. Davlatning oliy vakillik organlari, prezidentlik saylovlari, 
mahalliy saylovlar kabilar bunga misol bo'la oladi. saylov jarayoning bevosita 
ishtirokchisi yoki tashkilotchilar safidagi mutaxassislar albatta har ikki holatda ham 
saylov jarayonlari haqida to'la tushunchaga ega bo'lishlari zarur. Ushbu maqolada 
aynan, saylov jarayonlarini yaxshi o'rganish, saylovlarning o'tkzilish tartiblari 
shuningdek, saylovning mamlakat ravnaqida hamda xalq hayotidagi o'zgarishlarga 
ta'siri va ahamiyati haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so'zlar: 
Saylov, demokratiya, ochiqlik siyosati, yashirin ovoz berish, 
referendum, jarayon. 
Yangi Oʻzbekistonda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish, ularning davlat 
siyosatidagi demokratik ahamiyatini orttirish, fuqorolik huquq va erkinliklarini yaxshi 
anglagan holda, ijtimoiy siyosiy hayotda o'z pozitsiyalariga ega bo'lishlari aslida hozirgi 
davr hamda islohotlar talabiga aniqroq aytganda zaruratga aylanib ulgurdi desak 
adashmagan bo'lamiz. Ma'lumki, bugungi kunda fuqarolarning nafaqat islohotlarning 
faol ishtirokchisi, balki tashabbuskoriga aylayotgani quvonarli holat, albatta. Shu 
asnoda, saylov jarayonlari ham aynan mana shunday faol fuqarolik pozitsiyasini 
namoyon etishning muhim vositasi, demokratik tizimning ustunlaridan biri ekanligini 
unutmaslik lozim. Shu sababli, siyosiy partiyalar va Ommaviy axborot vositalari 
vakillari hamda mahalliy kengashlar deputatlarining saylov qonunchiligi va xalqaro 
standartlar boʻyicha bilimlarini tizimli asosda takomillashtirib borish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar, 
bundan tashqari hududlarda siyosiy partiyalar amalga oshirayotgan ishlarni


234 
yoritishga ixtisoslashgan Ommaviy axborot vositalari vakillari, hamda mahalliy 
kengashlardagi partiya jamoalari qatnashchilari, shuningdek, siyosiy partiyalarning 
a'zolariga oʻquv kurslari oʻtkazib borish orqali ularning saylov jarayonlari borasidagi 
bilimlarini oshirishda va saviyasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Aynan shu kabi harakatlar faol tarzda barcha tuman va shaharlarda ham olib borilsa 
albatta, aholi vakillari tasavvurida saylov tushunchasi xalq va davlat taqdirida yuksak 
ahamiyatga molik voqeiylik ekanligini anglab yetishlariga xizmat qiladi.
Ma'lumki, saylov bu — yashirin ovoz berish yo'li bilan davlat organlari, oʻzini 
oʻzi boshqarish mahalliy organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish va mansabdor 
vakillarni lavozimlarga saylashning odilona vositasi hisoblanadi. Fuqarolarning oʻz 
saylov huquqidan foydalanishlari — ularning davlatni boshqarishda shtirok etishining 
eng muhim shakllaridan biri. Saylovni oʻtkazish qoidalari va tartibi, ko'pincha, har bir 
davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviy huquqiy hujjatlarida belgilanadi. 
Shuningdek, savlovlar turli xildagi koʻrinishda boʻladi. Ularda aholi qatnashishi yoki 
ayrim vaziyatlarda ularning vakillari ularning o'rinlariga ishtirok etishlari mumkin 
bo'ladi. Bilamizki, saylovlar ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga 
oshiriladi. "O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik 
organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. 
Ovoz berish huquqi, o'z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan 
kafolatlanadi."
6
Qaysi davlat yoki vakillik organlariga saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki 
prezidentlikka saylov, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun oʻtkazilishiga qarab 
yalpi yoki qisman tarzda ham boʻlishi mumkin. Junladan: 

Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy tartibda; 

O'tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi;
6
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992-y. 8-dekabr, 23-bob, 117-modda 1-band.


235 

Bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz;

Muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod koʻrsatilsa);

Toʻgʻri yoki koʻp bosqichli;

Asosiy yoki qoʻshimcha saylov tarzida o'tkazilishi mumkin. 
Ma'lumki, biz yashayotgan davr IT texnologiyalar va aqlli gadgetlar davri deb 
bemalol ayta olamiz. Saylov tizimining ham boshqa davlat organlari qatori elektron 
tizimga o'tishi bir necha bosqichlarning qisqarishi va shaffoflik, shuningdek adolatning 
ta'minlanishida ustuvorlik qiladi. Saylov bo'yicha, unda amalga oshiriladigan ishlar 
bo'yicha aholi bilimlarini oshirish maqsadi texnologiyalaridan foydalanilish orqali 
ijtimoiy siyosiy muhim ahamiyatga molik video roliklarni sur'atga olish va ularning 
bilim darajasini orttirish orqali fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish mumkin. Bundan 
tashqari elektron tizim va nano texnologiyalar saylovlarning ochiqligi va shaffofligini 
ta'minlashda muhim omil deb baholanmoqda. So'nggi yillar davomida rivojlangan 
davlatlarning 
saylov 
jarayonlarida 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari 
imkoniyatlaridan salmoqli ishlatilinishi, saylovlarning shaffofligi va ochiqligini 
ta'minlashda eng katta faktor deb hisoblanayapti. Shuningdek, mamlakatimizda 
saylov jarayonlarini takomillashtirish hamda saylov jarayonlarini izchil boshqaruvchi, 
xalqaro tajribaga ega shaxslar ya'ni bilimli kadrlarga talab sezilarli darajada ortgan. 
Ularni tarbiyalashda esa ta'lim sohasida ixtisoslikka qaratilgan islohotlar qilinmoqda. 
Shuningdek, saylov tizimini rivojlantirish borasidagi ishlarning asoslardan biri, 
saylovlarda zamonaviy ommaviy axborot kommunikatsiya vositalari va 
texnologiyalarini tadbiq etish orqali ushbu tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga 
erishish mumkin. Bu esa yurtimizda saylov jarayonida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, joriy etilganlarini yangilash, 
tizimdagi kommunikatsion kamchiliklarni izchil bartaraf etishga e'tibor qaratilib, isloh 
etishni nazarda tutilgan. Bu ishlarning barchasi aslida ilmni, davlat ravnaqini qo'llab 
quvvatlashdir. Saylovchilarning bu tizim borasidagi ilmlarini oshirishda turli 


236 
kommunikatsion texnologiyalar, prezintatsiya va interaktiv savol javoblar tashkil 
etish, albatta zerikarli ma'ruza-yu leksiyalardanda ustun turadi. 
O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 117-moddasiga binoan: "Sud tomonidan 
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan 
mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda 
qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini 
to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita cheklashga yo'l qo'yilmaydi."
7
Agar siz yuqoridagilardan 
biri bo'lmasangiz bemalol saylovda o'z nomzodingizga ovoz berib, jamiyatda 
o'zingizning fuqarolik pozitsiyangizni bildirishingiz mumkin bo'ladi. Prezidentlik 
saylovi oldidan tayyorgarlikka puxta e'tibor qaratish va saylovchilar, mutaxassislar, 
mas'ul hodimlarning bilimlarini oshirish saylov jarayonini to'la tushunish, shuningdek, 
anglab yetishda muhim hisoblanadi. Saylovchilarning yagona elektron ro'yxatining 
asosiy vazifalaridan biri bu “bir saylovchi – bir ovoz” tamoyilini to'liq va bexato amalga 
oshirishdir.
Xulosa qilib aytganda, saylov jarayonlariga loyaqatsizlik bilan qarash yaramaydi. 
Bu har bir mamlakat ertasini belgilovchi qaror desak yanglishmagan bo'lamiz. Har bir 
fuqaroning o'z saylov huquqidan foydalanib, o'z nomzodini qo'llab quvvatlashi orqali, 
u demokratik jamiyatning bir bo'lagi ekanini anglashi mumkin. Bundan tashqari, aholi 
vakillarining saylov borasidagi bilim va ko'nikmalarini orttirish orqali fuqarolarning o'z 
pozitsiyalariga ega bo'lishlarida va siyosiy jarayonlarda ham yanada faol bo'lishlarida 
muhim ahamiyatga egadir. Saylov tizimida nano va IT texnologiyalaridan foydalanish, 
shuningdek, elektron tizimga bosqichma-bosqich o'tish orqali saylov jarayonlari 
yanada optimallashadi va saylovchilar uchun ham yanada ko'proq qulayliklar yaratilib, 
ularning saylov borasidagi bilimlari ortadi. 
7
O'sha manba. 


237 
Foydalanilga adabiyotlar ro'yxati: 
1.
M.Abdusalomov, O.Xusanov va boshqalar “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi to'g'risida”gi Qonuniga sharhlar. T.: “O'zbekiston”., 2007.
2.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992-y. 8-dekabr, 23-bob, 117-
modda 1-band. 
3.
Turg'unov O.K. Saylov huquqi. Darslik. –Toshkent: TDYU, 2016. – 24 -27-b. 
4.
Graeme Orr, David Schultz. Election Law, Politics, and Theory: Ritual and 
Rhythm in Electoral Systems. A Comparative Legal Account. Publisher: Taylor 
& Francis Ltd, 06 Apr 2015. 238 pages 
5.
O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 2019-y. https://lex.uz/docs/-
4386848 


238 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish